Barcha talabalarga bir xil qiyinchilikdagi savollar berilib, bir xil sharoitlar yaratiladi.
Ayrim hollarda tavsiya etilgan testlarni 100 foiz to’g’ri bajarish talab etiladi.
Yangi mavzuni o’tishdan avval ta’lim oluvchining shu mavzuni o’rganishga tayyorligi hamda emotsional va psixomotor holatini aniqlashda, shuningdek, ularni o’qitish uchun guruhlashda mezonga ko’ra o’tkaziladigan testlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Standartlashtirilgan testlar ma’lum standart talablari qo’yilgan dastur asosida tuzilib, ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakasini aniqlashga mo’ljallanadi. Ularning erishilgan darajani, qobiliyatlarni (qiziqishlarni ham) aniqlovchi hamda tashxislovchi turlari mavjud.
Ta’lim beruvchilar ko’proq erishilgan darajani va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar bilan ishlaydi.
Erishilgan darajani aniqlovchi testlar ta’lim oluvchi ma’lum sohada o’zlashtirgan bilimlar miqdorini o’lchaydigan standartlashtirilgan testlardir. Bu kabi testlarni butun guruhga yoki individual ravishda ishlatish, natijalarni hisoblashda turlicha ball tizimi qo’llanilishi mumkin.
Nazorat jarayonini faolashtirish, kam vaqt ichida ko‘p sonli talabalarni nazorat qilish uchun bir qancha ratsional uslublar, jumladan, texnik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Pedagigik test vositasida baholashning yaxshi tomonlari:
Yaxshi tuzilgan pedagogik test talabaning bilim o‘zgartirish sifati va darajasini aniq o‘lchash, obyektiv baholash instrument bo‘lib, uning natijasi nazorat o‘tkazuvchi baho qo‘yuvchi odamga bog’liq bo‘lmaydi;
Pedagogik test fan dasturi bo‘yicha o‘quv materiali mazmunini to‘liq qamrab olish mumkin, ta’lim natijasini test usulida o‘lchaganda hamma talabalarga nisbatan bir xil oldindan belgilangan shkalaga asosan baho qo‘yiladi;
Test yo‘li bilan baholashda ta’limning texnik vositalarini ishlatish qo‘lay bu usul ma’lum o‘quv materialni yoki butun bir fanni, nisbatan oz vaqt kam kuch sarflab, hamma talabalarning bilimini nazorat qilishga imkon beradi;
Pedagogik test usulida baholashning kompyuter vositasida avtomatlashtirish mumkin.