TAVSIYALAR Mazkur bitiruv ishimizning yakunlari bo‘yicha o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanayotgan o‘qituvchilarga, ota onalarga, maktab psixologlariga, qo‘yidagicha tavsiyalarni berishni lozim deb bildik:
O‘quvchining bilimga bo‘lgan motivlarining tarkib topishini asosiy sharti o‘qish ishtiyoqi, muvaffaqiyatga erishish bolaning o‘qituvchiga bo‘lgan ijobiy munosabati bilan belgilangani uchun o‘quv jarayonini to‘g’ri tashkil etish zarurdir.
Oquvchining maktabgacha bo‘lgan davrdan kichik maktab yoshi davriga o‘tish paytida o‘quv faoliyati samarasini belgilovchi asosiy psixik hosilalarni nihoyasiga yetkazish uchun ham psixologik o‘yinlardan foydalanish kerak.
O‘quv faoliyatidan har bir o‘quvchi ijobiy shaxsiy tajriba bilan chiqishi uchun dars yakunidagi ijobiy ustanovka o‘quv faoliyati rivojiga imkon qoldirsin.
Aksariyat hollarda o‘quvchilarning o‘quv motivlarini yaxshi shakllanmaganligi ularning bilimsizligi yoki o‘quvsizligi sababli emas, balki psixik jarayonlarining to‘liq shakllanmaganligi bilan belgilanishi mumkin. Psixologik o‘yinlar orqali psixik jarayonlarni tukis shakllantirish bilan o‘quv motivlarini kuchaytirsa bo‘ladi.
O‘quvchilarni baholashda ularning bahoga intilish motivlaridan me’yorda foydalanishlari zarur, aks holda o‘quvchilarda tashqi motivatsiya kuchayib, bilimga intilish motivlari o‘z ustuvorligini yuqotishi mumkin.
Dars jarayonida berilayotgan nazariy bilimlarni ko‘proq amaliyot bilan bog’lab olib borishga harakat qilish kerak.
«Bilim olishga intilish» metodikasi (N.A.Kurdyukovoy, ye.P.Ilin)
Ko‘rsatma. Bir qator savollarga juft javoblar berilgan. Ikkita javobdan birini tanlash kerak. «a» yoki «b» harfi siz tanlagan javob hisoblanadi.
Savollar.
Yomon baho olib uyga kelgandan so‘ng;
darrov darsga o‘tirasan va yomon javob bergan mavzuni qaytarasan.
javob berilmagan predmet bir kundan so‘ng bo‘lishini o‘ylab, televizor ko‘rishga yoki kompyuter o‘ynashga o‘tirasan.
Yaxshi baho olgandan so‘ng;
keyingi darsga tayyorlanishni boshlaysan.
sendan so‘ramasligini bilganing uchun sen yaxshi tayyorgarlik ko‘rmaysan. 3.O‘zingni bahoingdan emas, bergan javobingdan qoniqmagan payting bo‘ladimi?
ha
yo‘q
Seningcha o‘qishni ahamiyati nimadan iborat?
yangilikni bilish
malol keladigan fanlarni o‘qish
Darsga qanday tayyorgarligik ko‘rishing baholaringga ta’sir qiladimi?
ha
yo'q
Yomon b aho olganingdan so'ng qaerda xato qildim deb, o'ylab qolasanmi?
ha
yo‘q
O‘qituvchilarni qo‘ygan bahosi senda uy vazifasini bajarishga xoxish o‘yg’otadimi?
ha
yo'q
Ta’tildan so'ng o'qishga oson kirisha olasanmi?
ha
yo'q
O'ituvchining kasalligi sababli dars bo'lmayotganiga achinasanmi?
ha
yo'q
Sinfdan - sinfga o'tganingda, yangi kitoblar olganingda, bu kitoblar mazmuni bilan qiziqasanmi?
ha
yo'q
Seningcha- o'qish yoki kasal bo'lish qaysi biri yaxshi deb hisoblaysan.
o'qish
kasal bo'lish
Sen uchun qaysi biri zarur? Bahomi yoki bilim olishmi?
baho
bilim Xulosa
1,2,3,4,5, 6, 8,9,10, 11 savollarning «a» varianta uchun 1 balldan
savollarning «b» varianta uchun ham 1 balldan beriladi. Har bir javob kalitiga qarab 1 ball beriladi. To‘plangan ballar qanchalik yuqori bo‘lsa, bilim olishga intilish motivi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.