Bitiruv malakaviy ishining


To‘rtlamchi davr yotqiziqlarining grunt suvlariga



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə4/26
tarix08.05.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#109545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bitiruv malakaviy ishining

To‘rtlamchi davr yotqiziqlarining grunt suvlariga Olmaliqsoy va Nakpaysoyning allyuvial, allyuvial-prolyuvial va delyuvial yotqiziqlariga taluqli. Olmaliqsoy vodiysining suvli gorizonti o‘q qismida 16-18 metrni tashkil etadi va vodiy bortiga tomon 0-1 metrgacha kamayadi. Nakpaysoy vodiysi suvli gorizonti qalinligi 5-6 m dan 12-13 metrgacha o‘zgaradi.
Olmaliq va Nakpay daryolari vodiysi grunt suvlari to‘yinishi poleozoy davri tog‘ jinslari darzli-grunt suvlarini drenaj qilish, yuzaki suvlarining sizib kirishi va atmosfera yog‘inlari hisobiga sodir bo‘ladi.
Paleozoy davrining darzli grunt suvlariga asoson intruziv jinslar, alohida holatlarda effuziv va cho‘kindi jinslar taluqli. Bu tog‘ jinslarida suvning ko‘p ozligi ularning darzlanganligi va faol darzlanganlik zonalari chuqur joylashishi yuzaga keltiradi. Ayniqsa suvko‘pligini – jadal darzlanganlikning yuqori zonasi (nurash zonasi) va yoriqlarning maydalanish zonasi, siqilmagan ishqalanish gili paydo qiladi. Chuqurlashgan sari kalsit, ba’zida kvars bilan darzlar qisman to‘lishi sababli tog‘ jinslari suvlanishi kamayadi. Shuning uchun darzli suv sathi yotish chuqurligi kon maydonioralig‘ida 14 dan 127 metrgacha o‘zgaradi.Darzli grunt suvlari to‘yinishi atmosfera yog‘inlarining sizib kirishi hisobiga, shuningdek gipsometrik yuqorida joylashgan suvli zona tomonidan yer osti oqimlari hisobiga sodir bo‘ladi. Yeo osti suvlarining asosiy xarakati shimol-shimoliy g‘arbga joyning relyefini umumiy qiyaligiga muofiq sodir bo‘ladi. Gruntli suvlar karyer tubida drenaj qilinadi, bortlarni suvga to‘lishi asosan polezoy davri darzli suvlari tabiiy zaxirasini bo‘shatish, Olmaliqsoy va Nakpaysoy vodiysi grunt suvlari va mavjud atmosfera yog‘inlari sabab bo‘ladi.Grunt suvlarining kimyoviy tarkibi bo‘yicha karyerni suv ko‘rinishi joylashgan qandaydir qismiga bog‘liqlikda farqlanadi. Janubda sulfat-gidrokorbonat-natriy-kalsiyli tarkib, karyer markazida sulfit-natriy-xlorit-kalsiyli, shimolda sulfat-magniy-xlorit-kalsiyli suvlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Karyerni janubida gurunt suvlari asosan Olmaliqsoy vodiysining zamonaviy yotqiziqlari tushiradi, shimoliy bortda va markazda Janubiy va Markziy yoriqlarga tegishli poleozoy davri darzli-gruntli suvlar tegishli.
Rejada Qalmoqir konining rudali shtokverki ellipssimon shaklda bo‘lib, 1,5 km eni bilan shimoliy-g‘arb yo‘nalishida 3,7 kmga cho‘zilib ketgan. Ruda chuqurlashuvi 850 metrgacha kuzatilgan. Karyerning o‘lchamlari: uzunligi – 4 km; eni - 2 km; o‘rtacha chuqurligi – 500 m.Konda ikkita tabiy turidagi ruda oksidlangan va sulfidli rudalarga ajratilgan, oksidlangan ruda deyarli to‘liq qazib olinib bo‘lingan.Birlamchi sulfidlangan rudalar 150 tadan ko‘proq mineral bilan ifodalangan bo‘lib, ulardan xalkopirit, pirit, xalkozin va molibdenitlar asosiylaridir. Oltin va kumush xalkopirit va qisman piritning kristall panjaralari bilan bog‘liq bo‘lib kichik qismi sof holdagi ko‘rinishga ega. Qolgan barcha yo‘ldosh komponentlar: oltingugurt, selen va tellurlar ham yuqorida qayd etilgan mineral bilan bog‘langan. Faqat molibden va ajratib olinadigan reniyning asosiy qismi molibdenit bilan bog‘liqdir.
Qalmoqir konining sulfidlangan rudalari yengil boyituvchan bo‘lib ulardan mis ajratib olish 75-80% tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda karyerda tog‘ jinslarini tashishda kombinatsiyalangan tizim qo‘llanilmoqda. Pastki qatlamlardan - tog‘ jinslari avtotransport orqali yuqoriga olib chiqilib temir yo‘l transportiga qayta ortiladi, ustki qatlamda - temir yo‘l transporti bilan tashiladi. Ruda temir yo‘l dumkarlari orqali 8 km uzoqlikda bo‘lgan boyitish fabrikasiga yetkazib beriladi. Qoplama jinslari temir yo‘l transportida otvalga olib chiqib tashlanadi. Karyerda kon massasini qazib-yuklash uchun 24 ta ekskavator, 18 ta burg‘ulash stanoklari (SBSH-250, MN-A-32), otvallarga 9 ta ekskvatorlar jalb qilingan.Konning rudalari boy tarkibli hisoblanadi. Mis va yo‘ldosh komponentlarning shtokverk shaklidagi rudali jism tarkibida taqsimlanishi notekis. Qalmoqir koni rudalarining sanoatdagi asosiy qiymatini oltin va mis tashkil etadi, rudaning tarkibidagi kumush, molibden, oltingugurt, selen, tellur, reniylar ham rudalar boyligini ko‘rsatadi.
Qalmoqir konining geologik zahiralari 01.01.2013 yil holatiga ko‘ra mis bo‘yicha 5,55 mln. tonna, molibden bo‘yicha 98,4 mln. tonnani tashkil etadi.
Karyerning yilik unumdorligi:

  • kon massasi bo‘yicha 971 mln . m3;

  • qoplama jinslar bo‘yicha 535mln. m3;

  • ruda qazib olish bo‘yicha 1136,5mln. t;

  • ochish koeffitsiyenti 1.8 m3/m3

Ishchi hodimlar soni:
ITX-146 ta

  • ishchilar -956ta

  • ekskavator mashinist-168ta

  • ekskavator mashinist rdamchisi-63ta

  • burg‘ulash stanogi mashinisti -38ta

  • burg‘ulash stanogi mashinisti yordamchisi-38ta

  • temir yo‘l montyor -99 ta

  • qurilmalar bo‘yicha tamirlovchi navbatchi chilangarlar-81ta

  • qurilmalar bo‘yicha tamirlovchi navbatchi elektr- chilangarlar-103ta


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin