Bitiruv malakaviy ishining


II BOB. KARYER MAYDONINI OCHISH USULI



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə6/26
tarix08.05.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#109545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bitiruv malakaviy ishining

II BOB. KARYER MAYDONINI OCHISH USULI
Karyer maydonini ochish yer yuzidan karyer ishchi gorizontlariga transport vositalarini yetib borishini, qazib olingan qoplama jinslarni atvallarga, foydali qazilmalarni qabul qilish punktlariga (boyitish fabrikasi yoki omborlarga) tashib berishni ta’minlaydigan ochiq kon laxmlari orqali amalga oshiriladi.
Qalmoqir konini kon yonbag‘rida joylashganligi uni ochish sxemasini tanlab olishni osonlashtiradi. Tanlab olingan ochish sxemasiga ko‘ra karyer maydonining yuqori qismi +660 metr belgigacha mustaqil yarim transheyalar joylashgan temir yo‘l stansiyalari bilan tutashadi. +805 balandlik belgisidan yuqorida joylashgan pog‘onalardan qazib olingan qoplama jinslar avtomobil transporti yordamida karyerning sharqiy bortida joylashgan maxsus avtomobil otvaliga tashiladi.
+805 m dan +640 metr balandliklar belgisiga joylashgan pog‘onalar “Nakpay” stansiyasi bilan tutashadi, +715 m dan +692 m gacha bo‘lgan balandlik belgilarida joylashgan pog‘onalar esa, “Otvalnaya” stansiyasi bilan tutashadi. +670 m dan +640 m gacha balandlik belgilarida joylashgan pog‘onalar “668 metr” posti bilan +625 m balandlik belgisidan pastga joylashgan pog‘onalar esa, - “Razvedka” posti bilan tutashadilar.
“Razvedka” postidan boshlab +335 metr balandlikkacha bo‘lgan kon gorizontlari 4 yo‘lli spiral shaklidagi temir yo‘l syezdlari orqali ochilgan. Spiral syezdlarni soat strelkasi harakati yo‘nalishi bo‘yicha rivojlantirish karyerdagi qabul qilingan qazish tartibini buzmasdan uni cheklanmagan miqdorda kengaytirishga imkon beradi. +335 m balandlik belgisidan pastda joylashgan pog‘onalar ikki yo‘lli spiral syezdlar bilan ochiladi.
III BOB.KONNI QAZIB OLISH TIZIMI
Qalmaqir karyerida loyiha bo‘yicha transportli qazish tizimi qabul qilingan bo‘lib, qazib olingan qoplama jinslar transport vositasida tashqi otvalga tashiladi. Karyer ish fronti surilishi parallel, doimiy spiral syezdlarda esa, yelpig‘ichsimon. Bunda pog‘ona yo‘llari syezd transheyalarida transport vositasi burilishi uchun burilish punktlari hosil qilingan.
Qalmaqir karyer maydonining sharqiy qismida kengayishi tufayli noksimon shaklga egadir. +680 m balandlik belgisidan yuqoridagi gorizontlar G simon shaklga ega bo‘lib, kavjoylarining surilishi parallel, +680 m dan pastdagi gorizontlar P simon shaklga ega.
Hozirgi vaqtda karyerda 25 ta pog‘ona hosil qilingan bo‘lib, ulardan 16-17 tasida doimo qazish ishlari olib boriladi. Ishchi pog‘onalarning balandligi 15-22,5 m ni tashkil qiladi. Pog‘ona ishchi maydoni minimal kengligi 40-60 m. Ekskavator ish frontining uzunligi: yuqori gorizontlarda 800-1000 m, pastki gorizontlarda esa 600-800 m. Karyer yer yuzasidan +670 m balandlik belgisigacha joylashgan pog‘onalar balandligi 22,5 m, bulardan pastdagi pog‘onalar balandligi esa - 15 m ni tashkil qiladi. Pog‘onalar balandligi qo‘llaniladigan qazib yuklash mashinalari ishchi parametrlari bo‘yicha aniqlangan.
Xozirgi vaqtda karyerning yillik chuqurlanish tezligi 5-6 m ni, ish frontining surilish tezligi esa 9
0-100 m ni tashkil qilmoqda. Temir yo‘l transporti bilan yuklarni tashishning o‘rtacha masofasi: ruda bo‘yicha 10 km, qoplama jins bo‘yicha 8 km.
Qazib olinadigan kon massasidagi har bir kategoriyaga tegishli kon jinslari va foydali qazilmalarning ulushi quyidagicha:
I – kategoriya – 10%;
II – kategorya – 45%;
III – kategoriya – 45%.
So‘ngi yillarda “Qalmaqir” karyerida unumdorligi yuqori va ishchi parametrlari katta bo‘lgan EKG-12,5, EKG-15, EKG-20 rusumli ekskavatorlarning qo‘llanishi natijasida qoplama jins pog‘onlarining balandligi 15 m dan 22,5 m gacha, ekskavator kirmalarining eni 18-20 m dan 28-30 m gacha ko‘paygan. Natijada karyerdagi pog‘onalar soni kamayib, transport kommunikatsiyalarining uzunligi 12,5 km ga qisqargan.
Biroq, 1980-2005 yillar davomida bajarilgan-qazib yuklash ishlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu davr ichida qazib-yuklash ishlarida yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan ekskavatorlardan foydalanilgan bo‘lsada, 1 m3 ekskavator cho‘michiga to‘g‘ri keladigan unumdorlik kamayish ananasiga ega bo‘lgan (1-jadval).

1-jadval


Yillar


1 m3 cho‘mich xajmiga to‘g‘ri keladigan unumdorlik, t/m3

Yillar


1 m3 cho‘mich xajmiga to‘g‘ri keladigan unumdorlik, t/m3


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin