Bitiruv malakaviy ishining



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə7/26
tarix08.05.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#109545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bitiruv malakaviy ishining

1

2

3

4

1980

160,9

1997

76,8

1983

128,9

1998

73,3

1985

140,8

1999

88,7

1987

142,0

2000

78,6

1989

142,2

2001

86,9

1991

98,6

2002

76,8

1993

110,5

2003

85,5

1995

83,6

2004

92,5

1996

94,8

2005

96.6

Bizning fikrimizcha bunday holatning asosiy sababi, cho‘mich hajmi katta bo‘lgan ekskavatorlarni qo‘llanishiga qaramay ekskavator birligiga to‘g‘ri keladigan unumdorlikning avvalgi darajasida qolganligidir. Chunki “Qalmaqir” karyeri sharoitida ekskavator unumdorligiga qator omillar ta’sir etadi, ulardan asosiylari:

  • foydali qazilma pog‘onalarida rudani navlar bo‘yicha saralab qazib olib, transport vositalariga yuklash;

  • foydali qazilmani karyer chuqur gorizontlarida joylashganligi tufayli qazib olingan rudani yuqori gorizontda (kapital transheyada) joylashgan qayta yuklash punktigacha tashib chiqish;

  • avtomobil va temir yo‘l transporti sostavlarining turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida yuklash punktlariga (ekskavator kavjoylariga) yetkazib berilmasligi.

Karyerdagi qazib-yuklash ishlarining samaradorligini oshirish va yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish ko‘p jixatdan karyerda siklli potok va potok texnologiyalarini qo‘llashni taqazo etadi.
Xozirgi vaqtda “Qalmoqir” karyerida qazib olingan qoplama jins va rudalarni qabul qilish punktlariga yetkazib berishda temir yo‘l va avtomobil transporti qo‘llanadi. Qoplama jins va rudalarni tashish elektrlashtirilgan temir yo‘l transporti yordamida amalga oshiriladi. Ilashish og‘irligi (ssepnoy ves) 360 t bo‘lgan PE-2m rusumli elektrovozlarning har biriga yuk ko‘tarish qobiliyati 105 t VS-105 rusumli dumkarlardan 12 tasi tirkalgan lokomotiv sostavlar qoplama jinslarni otvallarga, rudalarni esa boyitish fabrikasiga tashib beradi. Lokamativ sostavlar karyerda ochiq siklda, ya’ni muayyan ekskavatorga bog‘lanmagan xolda ishlaydi. Har bir ishchi gorizontga alohida temir yo‘l joylashtirilgan bo‘lib, u gorizontdan faqat bitta chiqish yo‘liga ega. Karyer temir yo‘l transportining umumiy uzunligi 60 km ga yaqin bo‘lib, undan 45 km karyer ichida, 15 km esa otvallarda joylashgan. Temir yo‘l bilan yuk tashishning o‘rtacha uzunligi: ruda bo‘yicha – 12,7 km, qoplama jins bo‘yicha – 7,2 km.
Qoplama jinslar ikki gurux atvalga joylashtiriladi: Nakpay va Olmaliq atval guruhlariga. Nakpay atvali karyerdan 8 km, Olmaliq atvali esa, 6-10 km masofada joylashgan. Karyer bilan boyitish fabrikasi o‘rtasidagi masofa esa 8,6 km ni tashkil qiladi.
Yuqori gorizotlardan (+782 m va undan baland) qazib olingan qoplama jinslar qayta yuklash uzellariga avtomobil transporti yordamida tashiladi. Karyerda har bir smenada 8-10 ta yuk ko‘tarish qobiliyati 130 t “BelAZ” 75313 rusumli avtomobillar ishlaydi. Avtomobil atvaligacha bo‘lgan o‘rtacha tashish masofasi 1,6 km, qayta yuklash uzeligacha bo‘lgan o‘rtacha tashish masofasi esa, 3,3 km ni tashkil qiladi.
2007-2012 yillarda karyerning o‘rtacha yillik yuk aylanmasi 30-35 mln.m3 ni tashkil qilgan, undan 20-26 mln.m3 rudaga, 10-12 mln.m3 qoplama jinslarga to‘g‘ri keladi.
Nakpay otvallar guruhi karyer shimoliy-sharqiy bortidan 8 km masofada joylashgan bo‘lib, to‘rtta atval tupikidan tashkil topgan. Uchta atval tupiki +740 m balandlik belgisiga, to‘rtinchisi esa undan 30 m balandga - +770 m balandlik belgisiga joylashgan. Nakpay atvallarining yillik yuk qabul qilish imkoniyati 3400-3500 ming m3 ga teng bo‘lib, unda har bir temir yo‘l tupigida bitta EKG-8I, jami 4 ta ekskavator ishlaydi.
Olmaliq otvallar guruhi karyer g‘arbiy bortidan 10 km masofada joylashgan. Bu guruhda ham 4 ta temir yo‘l tupigi faoliyat ko‘rsatadi. Har bir tupikda bittadan, jami 4 ta EKG-8I ekskavatori ishlaydi. Uchta otval tupigi +655, to‘rinchisi esa +710 m balandlik belgisiga joylashgan.



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin