33
e) Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
Bu bobda o’rganilgan
adabiyotlar, me`yoriy xujjatlar, ilmiy maqolalar,
patentlar va boshqa manbalardan to’plangan ma`lumotlar to’la taxlil
qnlinadi.
Ulardan olingan ma`lumotlarni qisqa va lo’nda qilib ifodalash zarur.
Talaba bu
bobni yozayotganda o’zi tuzgan adabiyotlar kartotekasidan foydalanish talab
etiladi.
Odatda asosiy qism 2-3 ta bobdan iborat bo’lib, olingan natijalar va ularnnng
muxokamasi yoritilishi lozim. Talaba tomonidan to’plangan materiallar,
statistik
ma`lumotlar, iqtisodiy ko’rsatkichlar taxlil qilinadi, olingan natijalar,
yangiliklar,
g`oya va fikrlar ilmiy jixatdan asoslanadi va adabiyotlarda oldin e`lon qilingan
manbalar bilan taqqoslanadi. Ayniqsa olingan natijalarning yangiligi va
ishonchlilik
darajasini yaqqol ko’rsatilishi zarurdir. Agar talaba mavzu bo’yicha
olgan natijalarni tanqidiy baholay olsa BMI ning qiymati yanada oshadi. Asosiy
qism boblarida rasmlar, chizmalar va
jadvallar matn ichida ham keltirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: