Bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/39
tarix20.06.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#61854
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
BMI yozilish tartibi

Pedagogik - metodik qismni tashkil etuvchi bo’limlar: 
Pedagogik-metodik qismning paragraflarini soni va mazmuni ishni turiga 
qarab belgilanadi. Odatda birinchi bobda tadqiqot olib borilgan ob`ekt bo’yicha 
qisqacha ma`lumot berish bilan birga mavzuning umumiy nazariy masalalari 
bo’yicha mazkur tadqiqot natijalarining amaliyotda tadbiq etilishi mumkin bo’lgan 
muassasaning qisqacha tavsifnomasi berilishi lozim. Mazkur bobda quyidagi 
paragraflar o’zaro mantiqiy izchillikda beriladi: 
- biologiya ta`limi jarayonlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik va axborot 
texnologiyalarning ahamiyati; 

biologiya ta`lim jarayoni bo’yicha fan rivoji va istiqbollarini o’qitishda 
elektron darsliklarning axamiyati;
- biologiya ta`limi muassasalarida ta`lim tarbiya jarayoniga qo’yiladigan 
talablar;
- texnologik jarayonlar va zamonaviy texnikalarning ishlash mexanizmi 
bo’yicha o’quvchi-talabalarni mustaqil ijodiy faoliyatining tashkil etishi; 


34 
- kasb-hunar kollejlarida ta`lim-tarbiya jarayonining tug`ri tashkil etiluvchisi 
va ularda integratsiyalashuv jarayonining amalga oshishi;
- kasb-hunar kollejlarida o’qitish jarayonida baholashning reyting tizimi; 
- kasb-hunar kollejlarida ta`lim jarayonlarni boshqarish bo’yicha tashkil 
etiladigan mustaqil ta`lim mazmuni; 
- kasb-hunar kollejlarida o’qitishning umumiy printsiplari va metodlari;
- atrof-muhit va insonni fizik, kimyoviy va biologik hodisalar zararli ta`siridan 
himoyalash vositalari va usullarini aniqlashi;
- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida dars o’tish 
metodikasi; 
- darsni to’g`ri tashkil etish rejasi va unda taqdim etiladigan axborotlarni 
integratsiyalash;
- darsning texnologik xaritasi, professiogrammalarga qo’yiladigan talablar;
- muammoli ta`lim va uni amalga oshirishning o’ziga xos xususiyatlari; 
- pedagogik madaniyat va kasbiy mahorati; 
- pedagogik, psixologik va kasbiy yo’nalishlarda tashkil etiladigan fakultativ 
va qo’shimcha mashg`ulotlar mazmuni; 
- o’quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish maqsadida 
seminar, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlarida foydalaniladigan muammoli 
topshiriqlar mazmuni; 
- pedagogik, psixologik va kasbiy yo’nalishlarda tashkil etiladigan mustaqil 
ta`lim mazmuni; 
- o’qitish jarayonida qo’llaniladigan pedagogik-psixologik usullar; 
- elektron darsliklar asosida texnologik jarayonlarni o’qitish tamoyillari va 
metodlari (mavzuni yoritish jarayonida elektron darsliklar imkoniyatlari yordamida 
taqdimotlar namoyish etish hamda ulardan samarali foydalanishning yo’l-
yo’riqlari);
- kasbiy fanlarni o’qitishning umumiy tamoyillari va metodlari;
- kasbiy ta`lim jarayonida masofadan o’qitish metodlari; 


35 
- o’quv jarayonida qo’llaniladigan interfaol metodlarni aniqlashi va ularni 
qo’llashi; 
- dars uchun zarur bo’ladigan o’quv va uslubiy materiallar ishlab chiqishi;
- amaliy mashg`ulotlar hamda laboratoriya mashg`ulotlar jarayonida 
o’quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etuvchi muammoli 
topshiriqlar yaratishi; 
- o’quvchi-talabalarning loyihachilik qobiliyatini shakllantirishga xizmat 
qiluvchi topshiriqlar to’plamini ishlab chiqishi; 
- darsga oid asosiy va yordamchi vositalar(tarqatma materiallar, ko’rgazmali 
qurollar, audio, video, texnologiyalar)ni tayyorlay olishi va darsning texnologik 
xaritasini tuzishi; 
- o’quvchilar faoliyatini baholashning reyting tizimini ishlab chiqishi; 
- mavzuni yoritish jarayonida elektron darsliklardan samarali foydalanishning 
yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqishi; 
- kasbiy ta`lim jarayonida masofadan o’qitishni tashkil etishda o’qitish 
metodlarini tahlil qilib, ularni qo’llash uchun metodik tavsiyalarni ishlab chiqishi 
ko’zlanadi.
SHuningdek, bu qismda muallif tomonidan o’rganib chiqilgan materiallar 
tahlili asosida erishilgan natijalar, yangiliklari, ixtirolar, me`yoriy ko’rsatkichlar, 
tavsiya etilayotgan texnologik jarayonlar asoslab beriladi, shunga mos jadvallar 
tavsiya etiladi, taklif etilayotgan ob`ektni takomillashtirish yo’llari, iqtisodiy 
samaradorligi aniqlanadi, ilgari surilayotgan g`oya va takliflar ilmiy jihatdan 
asoslanadi.
Taxlilning dastlabki materiallari talaba tomonidan pedagogik amaliyot 
jarayonida o’rganilgan o’quv muassasasining ish rejasi yoki ularning bir qismi, 
yillik xisoboti, moliyaviy va statistik hisobot materiallari va boshqa hujjatlar 
bo’lishi mumkin. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin