Bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/39
tarix20.06.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#61854
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
BMI yozilish tartibi

Xulosa va takliflar qismi malakaviy ishning umumiy hajmining 5-7 foizini 
tashkil etadi. Unda ish mazmuni bo’yicha ishlab chiqilgan xulosalar va aniq 
takliflar, erishilgan natijalar mujassamlashtiriladi. Malakaviy ish ayrim boblardagi 


36 
xulosalar va takliflar bilan ham tugallanishi mumkin, ammo undan eng muhimlari 
ishning oxirida, ya`ni xulosa bo’limida aks ettirilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishning xulosa qismida olib borilgan tadqiqot natijalari 
keltiriladi, umumlashtirilgan holda malakaviy ish maqsadi va vazifalarida 
ifodalangan masalani o’rganilganlik xulosalari bayon etiladi, mavzuning 
istiqboldagi ishlab chiqilishi mo’ljallanadi.
Bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida talaba tugallangan kasbiy 
topshiriqni echadi. YA`ni u bitiruv malakaviy ishning xulosa qismidagi asosiy 
masalalarda o’z nuqtai nazarlarini asosli tarzda bayon etishi lozim.
BMI ning xulosa qismida ish bo’yicha chiqarilgan xulosa va takliflar 
yoritiladi. Xulosa va takliflar aniq, lo’nda va tushinarlik kilib bayon kilinishi kerak. 
Davlat attestatsiya komissiyasi BMI ni baholayotganda uning xulosa kismida 
ishlab chiqarishga aniq amaliy taklif va tavsiyalar bergilganligiga aloxida ball 
berishlarini talaba xisobga olishi zarur. Amaliy taklif va tavsiyalar bevosita ishlab 
chikarishda, ijtimoiy (ta`lim, atrof - muxitki ximoya qilish, ma`naviy — ma`rifiy, 
sog`liqni saqlash, xizmat ko’rsatash), iqtisodiyot, fan, muxandislik, sanoat va 
qishloq xo’jaligi soxalarida qo’llashga taklif qilinadi. 
Bu qismda ko’rilayotgan masalaning hozirgi ahvoli tahlil qilinadi, amaliyot 
davrida to’plangan statistik materiallar asosida tadqiqot ob`ektida mavjud 
kamchiliklarni yo’qotishga qaratilgan takliflar va tavsiyalari asoslanishi kerak. 
Tajriba orttirish vaqtida yig`ilgan hamda tadqiqot jarayonida tahlil qilingan 
meteriallar hal qilinmagan masalalar, muammolarni aniqlash va shunga muvofiq 
xulosalar keltiriladi. Muammoni o’rganish uslub va uslubiyati yoritiladi. Bu 
malakaviy ish mazmunining asosiy g`oyasini ifodalaydi. 
Xulosa yangi ma`lumotlar, dalillar, belgilarni o’z ichiga olmasligi, balki 
xulosalar ishning asosiy matnidan mantiqiy kelib chiqishi zarur. Xulosaning 
taxminiy hajmi 3-5 varaqdan oshmasligi kerak. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin