3.2. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urtalash turining jahon tajribasi
Ayrim davlatlar iqtisodchilarining majburiy sug‘urta umuman sug‘urta
faoliyatining rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligi to‘g‘risida fikrlar
bildirishadi. Ammo har doim ham bunday emas, misol uchun Italiyaning sug‘urta
54
bozori aynan transport vositalari egalarining majburiy sug‘urtalashni joriy etishdan
boshlangan. Majburiy sug‘urta orqali tajriba va moliyaviy quvvat olgan
kompaniyalar aktiv ravishda ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta turlarini
kengaytirishdi va bugungi kungacha italiya sug‘urta bozorida yuqori pog‘onalarni
egallab kelishmoqda.
MDH mamlakatlari sug‘urta tizimi o‘zaro o‘xshash xususiyatlarga ega:
bozordagi ulushning va aholi daromadining yuqori emasligi, past darajadagi
sug‘urta madaniyati, qonunchilik bazasining takomillashmaganligi va boshq.
Bundan tashqari bir qator mamlakatlar sug‘urta kompaniyalari ma’lumotlarining
ochiq emasiligi va soliqjamg‘armasi sxemasi darajasining yuqoriligi bilan ham
xususiyatlanadilar. Lekin ijobiy tendensiyalar ham kuzatilmoqda. Rossiya va
Ukrainada soliqjamg‘armasi sxemasiga qarshi olib borilgan islohatlar o‘z natijasini
berdi: umumiy sug‘urta mukofotlarida jismoniy shaxslar ulushi ko‘paymoqda. Shu
bilan birgalikda MDHning ko‘pgina sug‘urta kompaniyalarining aktivlari va ustav
kapitallarining
oshishi
ham
ijobiy
holat
hisoblanadi.
Ayrim
MDH
mamalakatlarining transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urtalash bozori bilan tanishib chiqamiz.
Rossiyada “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urtalash” Qonuni 2003 yil 1 iyulda kuchga kirgan. 2007 yilda avtofuqarolik
javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha 157 sug’urta kompaniyalar faoliyat ko‘rsatib
ulardan eng yetakchilari: “Rosgosstrax” tizimining guruh kompaniyalari, “RESO-
Garantiya”, OSAO “Ingosstrax”, “ROSNO”, “Straxovoy dom v sug’urta
kompaniya” yig‘ilgan jami sug‘urta mukofotining 46-49% to‘g‘ri keladi. 2007 yil 9
oyida sug’urta kompaniyalar tomonidan avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash
bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari (52.753 mlrd. rubl) o‘tgan davrga nisbatan
19,6%ga, sug‘urta to‘lovlari (29,128 mlrd. rubl) esa 29,0 %ga o‘sdi. Sug‘urta
to‘lovlarining sug‘urta mukofotlariga nisbati 55,2% darajasida bo‘ldi. Ushbu
davrda sotilgan sug‘urta polislari soni 25,2 mln (2006y. 9 oyiga nisabatan 11,5% ga
ko‘p)tani, sug‘urta hodisa to‘g‘risidagi kelib tushgan arizalar soni - 1,255 mln.tani
55
va bartaraf etilgan da’vo soni - 1,208 mln.tani tashkil etdi. Sug‘urta to‘lovlari hajmi
27,7 mlrd rubl b-b, o‘tgan y.ga nisbatan 24,5%ga ko‘pdir. To‘lov darajasi 54,7%
(2006y 9 oiyda 49%)ni tashkil etdi. Aytish lozimki majburiy sug‘urta turi bo‘yicha
to‘plangan jami sug‘urta mukofotlarining asosiy qismi 77,1% Rossiya hudud
(region)lariga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bilan birgalikda sug‘urta bozorida sug’urta
kompaniyalarning zararlilik darajasini kuzatib borish ham muhim ahamiyatga ega.
Rossiyada
avtofuqarolik
javobgarligini
sug‘urtalash
bo‘yicha
sug’urta
kompaniyalarning xavfsiz faoliyati uchun zararlilik darajasi 77% (10-77%) va ushbu
sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta portfelining yarmidan ko‘p bo‘lmagan qismidan
iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Rossiyaning 7 ta hududida ushbu ko‘rsatgich 70%, 22 hududida 60% bo‘lsa,
boshqa 8 ta hududida (Yakutiya -81,4%, Vologodsug’urta kompaniyaaya 78,4, Resp
Altay- 74,9%, Murmansug’urta kompaniyaaya obl 74,0%, Severnaya Osetiya -
73,5%, Resp Ingushetiya 66,8%, Tombovsug’urta kompaniyaaya obl -66,2,
Kemerovsug’urta kompaniyaga obl 67%) zararlilik darajasi o‘ta xavfli holatda.
Bugungi kunga qadar Rossiyaning “Transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urtalash” qonuniga bir qancha o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritilgan. Kiritilayotgan qo‘shimchalar sug’urta kompaniyalardan bir
qancha tashkiliy ishlarni va moliyaviy qo‘yilmalarni talab etmoqda. So‘nggi
o‘zgartirishlar 2008 yil 01 martdan kuchga kirib, unga muvofiq o‘tgan yilning
1 iyulidan avtofuqarolik javobgarli sug‘urtasi bo‘yicha yetkazilgan zararni
to‘g‘ridan to‘g‘ri bartaraf etish tizimi kuchga kiradi. Rossiya xaydovchilari o‘z
xoxishiga ko‘ra avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta qoplamasi
uchun o‘zining sug’urta kompaniyasiga murojaat qilishi mumkin.
Zararni to‘g‘ridan to‘g‘ri bartaraf etish jarayoni albatta sug‘urta bozori
ishtirokchilari uchun oson kechmasligi aniq, chunki jabrlanuvchi aybdorning
sug’urta kompaniyasiga emas balki o‘zining sug‘urtalovchisiga murojaat qiladi. Bu
hol hodisaning tezkor bartaraf etilishi va xizmat ko‘rsatish darajasining
56
yaxshilanishiga olib keladi, ammo bunday holat sug‘urta firibgarligining kuchayib
ketishiga ham asos bo‘lishi aniq.
Bugungi kunda Rossiyada sug‘urta qoplamalarining 15% firibgarlarning
hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Rossiyaliklarni so‘roq qilish natijasida ularning 28%
sug’urta kompaniyalarni aldashni jinoyat o‘rnida ko‘rmasliklarini bildirishgan.
Bunday holatlarni oldini olish uchun sug’urta kompaniyalar sug‘urta hodisalarini
bartaraf etish texnologiyasini takomillashtirilishi (call centre, avariya komissarlari,
operativ maslahat) ko‘zda tutilmoqda. Yana bir usul bu markazlashgan ma’lumotlar
bazasini yaratish, bonus malus koeffisentini qo‘llash, sug‘urtalanuvchilar tarixini
shakllantirish hisoblanadi.
1 dekabrdan YTH (yo‘l tarnsport hodisasi) vaqtidagi hujjatlashtirish jarayoni
osonlashtirildi (evropa protokoli). YTH ishtirokchilari quyidagi shartlar bajarilgan
holda hodisani o‘zaro DANsiz rasmiylashtirishlari mumkin:
Insonnlarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetmaganligi;
YTHda 2 tadan ortiq bo‘lmagan mashinalarning ishtiroki;
YTH ishtirokchilarining mulkga yetkazilgan zarar 25 ming rubldan
oshmasligiga o‘zaro roziligi;
Ikki ishtirokchi ham ular tomonidan YTH to‘g‘risida tayyorlangan
ogohlantirishida mashinalarning joylashishi to‘g‘ri belgilanganligiga roziligi.
Ilgarigi qonunda har bir jabrlanuvchining sog‘lig‘i va hayoti yetkazilgan
zararning yuqori chegarasi 160 ming rubl, ammo barcha jabrlanuvchilarga 240 ming
rubldan ko‘p bo‘lmagan miqdorida bo‘lgan bo‘lsa, yangi qonunchilik b-cha yuqori
chegara bekor qilinib, jabrlanuvchining o‘limi holatida to‘lanadigan kafolatlangan
160 ming rubl o‘rnatildi, ulardan 135 ming rubl qarindoshlari, qolgan 25 ming rubl
ko‘mish marosimlariga o‘rnatilgan.
Avtofuqarolik
javobgarligi
sug‘urtasi
rivojlanishi
bilan
sug’urta
kompaniyalarning zimmasiga tushayotgan sug‘urta qoplamalari hajmi ham oshib
bormoqda. Bu albatta katta bo‘lmagan sug’urta kompaniyalarning moliyaviy
barqarorligi ta’sir etmasligi mumkin emas.
57
Avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasi amal qilishi davri ichida Rossiya sug‘urta
bozorini 15 tadan ortiq sug’urta kompaniyalar tark etdi.
2005 yilda Rossiyada agentlarga sug‘urta mukofotlarini yuqori to‘layotgan va
faqat avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasi hisobidan yashovchi sug‘urta
kompaniyalari soni ko‘payib ketdi. Ushbu holat ayrim sug‘urta kompaniyalari
lisenziyalarini qaytarib olinishiga, ayrimlarining esa bonkrotlikka uchrashiga olib
keldi. 2006 ga qadar RF ning “Transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urtalash” Qonuni faqatgina sug’urta kompaniyalarning
bankrotlik holatidagi kompensasiya to‘lovini nazarda tutgan edi, ammo 2007 yil
sentyabr oyidan Rosiiya avtosug‘urtalovchilar ittifoqi (RAT) lisenzisi qaytarib
olingan kompaniyalar uchun ham sug‘urta to‘lovini amalga oishrishni boshladi.
RATda 2 ta fond mavjud bo‘lib: kafolat rezervi (1%) va joriy kompensasion
to‘lovlar(2%), ular sug’urta kompaniyalarning brutto muokofotidan olinadigan
chegirmalardan shakllanadi. Kafolat rezervi - sug’urta kompaniyaning bankrot yoki
lisenziyasi qaytarib olinishi holatida jabralanuvchining hayoti - sog‘lig‘i va mulkiga
yetkazilgan zararni qoplash, joriy kompensasion to‘lov esa zarar yetkazuvchi shaxs
noma’lum bo‘lgan yoki aybdor shaxsda avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasi polisi
mavjud bo‘lmagan taqdirda jabralanuvchining hayoti va sog‘lig‘i yetkazilgan
zararni qoplash uchun mo‘ljallangan.
2007 yil 9 oyida RAT lisenziyasi qaytarib olingan sug’urta kompaniya polislari
bo’yicha 500 ming rubl sug‘urta qoplamasini to‘lab berdi. RAT tomonidan
to‘langan kompensatsiya to‘lovining o‘rtacha miqdori 37,5 ming rublni tashkil etdi.
Ukraina sug‘urta bozori oxirgi yillardagi rivojlanish tempiga qaramasdan
hamon sug‘urta bozori kam rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirmoqda. Ukrainada
10%dan yuqori bo‘lgan risug’urta kompaniyalar sug‘urtalangan.
Eng rivojlangan sug‘urta klassi bu ixtiyoriy mulk sug‘urtasi hisoblanib,
umumiy sug‘urta tushumlaridagi ulushi 80%ni tashkil etadi.
2012 yil 1 yanvaridan Ukrainada “Transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urtalash” qonuni kuchga kirdi.
58
Majburiy avtofuqarolik javobgarligi Ukrainada 1996 yil Sug‘urta to‘g‘risidagi
qonunchiligi bilan belgilangan edi. Ammo xaydovchida polisining yo‘qligi uchun
hech qanday jarima ko‘zda tutilmagan. Ukrainada sotilayotgan avtofuqarolik
javobgarligi sug‘urtasi polislari jami ro‘yxatdan o‘tgan avtomashinalarning
15%nigina takshil etadi.
Rasmiy statistikaga ko‘ra Ukrainada xar yili 50 ming YTH yuz berib,
haqiqatda ushbu ko‘rsatgich 200 mingtaga yetadi. O‘rtacha avtofuqarolik
javobgarligi sug‘urtasi polisning bazaviy narxi Ukrainada 55-60$ga to‘g‘ri keladi, 1
guruh nogironlari, urush qatnashchilariga bepul, 2 guruh nogironlari va
nafaqaxo‘rlarga 50% lik chegirma qo‘llaniladi.
2012 yil 01 yanvaridan Ukraina avtoinspektorlari IIB buyrug‘iga muvofiq har
qanday atotrasnport egalaridan avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasi polislarini
taqdim etishlarini talab qilishlari mumkin. Polis taqdim etilmagan holatda esa 3$
miqdoridagi jarima o‘rnatilgan.
2011 yilda Ukraina avtosug‘urtalovchilari tomonidan agrressiv demping va
avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasi limitlarini ko‘paytirish hollari kuzatildi. Ayrim
sug’urta kompaniyalar iste’molchilarga polislarni KASKO haridi vaqtida bonus
sifatida harid qilmoqdalar. Ushbu holat Ukraina sug‘urta tashkilotlari Ligasini
xavotirlanishiga olib keldi, chunki avtokredit sug‘urtasi rivojlanishi jarayonida
ko‘pgina sug‘urta tashkilotlari portfelining katta qismini atotrasnport risug’urta
kompaniyalari egallashi ularning zaiflashishining sababiga aylanishi aniq edi.
Ukrainaning Davlat moliya xizmati sug‘urta bozorini samarali nazorat qila
olmayotganligi sabali Liga Davlat moliya xizmatidan sug‘urtalovchilar faoliyatining
asosiy ko‘rsatkichlarini oshkora etishini taklif etdi, ammo u qondirilmaganligi
sababli Liga sug’urta kompaniyalar tomonidan ixtiyoriy ravishda Ligaga taqdim
etiladigan jadvalni ishlab chiqishga qaror qildi. Bundan tashqari Liga Davlat moliya
xizmati tarkibida o‘zining qo‘mita a’zolaridan iborat avtotsug‘urta bozorini nazorat
qiluvchi ishchi guruhini tashkil qilish tashshabusini bildirmoqda.
59
Belarussiya sug‘urta bozori rivojlanishi o‘ta sust kechmoqda, jami sug‘urta
badallarining mamlakat YAImdagi ulushi 0,8% atrofida, sug‘urta bozori qamrovi
ham past darajada-5 % sug’urta kompaniyalargina sug‘urtalangan.
Sug‘urta bozorida turli mulkchilik shaklidagi korxonalarning huquqlari
tengmasligi sababli to‘liq talabga javob beradigan bozor munosabatlari mavjud
emas. Shunday tarzda, sug‘urta bozorining asosi hisoblanmish majburiy sug‘urtani
faqatgina davlat sug’urta kompaniyalari amalga oshira oladilar. Shuning uchun ham
sug‘urta bozorining asosiy ulushi 60 % “Belgosstrax” davlat sug’urta
kompaniyasiga to‘g‘ri keladi.
2011 yilning yarim yilligida mamlakat sug’urta kompaniyalari tomonidan
308,861 mlrd rubl sug‘urta mukofoti to‘plangan bo‘lib, ulardan 21,6 %
avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasiga to‘g‘ri keladi.
Yaqin kelajakda Belorussiya yana bir qator majburiy sug‘urta turlarini joriy
etishni rejalashtirmoqda. Ammo ixtiyoriy sug‘urtani rivojlantirishga hali
kutilayotgani yo‘q. Belorussiyada sug‘urta harajatlari tannarxga olib borilishi tufayli
korxonalar tomonidan sug‘uratga etibori yuqori emas.
Bundan tashqari mamlakat hududiga horijiy sug‘urtalovchilar kirishiga va
faoliyat yuritishiga cheklovlar mavjud.
Bugunda Moldovaning sug‘urta bozorida 30 tadan ortiq sug’urta kompaniyalar
faoliyat ko‘rsatmoqda. sug’urta kompaniyalar sug‘urta portfelining 30 %dan
ortiqroq qismini ixtiyoriy fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi, huddi shunchaga yaqin
ixtiyoriy mulk sug‘urtasi, 10% dan ko‘proq shaxsiy sug‘urta turi egaallagan.
Majburiy sug‘urtaning sug‘urta portfelidagi ulushi esa 20%dan ortiqroq
Moldovaning hozirdagi qonunchilik aktlari sug‘urta sohasini tartibga solishga
deyarli e’tibor qaratmagan. Avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash haqida esa
amaldagi “Sug‘urta to‘g‘risida”gi qonunining bir qismida aytib o‘tilgan bo‘lib,
mahalliy sug‘urtalovchilar ana shu me’yor asosida ishlamoqdalar.
Gruziyada sug‘urta faoliyati kam rivojlangan bo‘lib, jami to‘plangan sug‘urta
badallari ixtiyoriy mulk sug‘urtasi ulushiga to‘g‘ri keladi – 25-30%.
60
Gruziyada avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash Sobiq soyuz davlatlari
ichida birinchilardan bo‘lib 1997 yilda paydo bo‘lgan. U yerda ham O‘zbekiston
singari avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash polislari avtotransportlar texnik
ko‘rikdan o‘tayotganda taqdim etilishi tartibi o‘rnatilgan. Ushbu tartib yo‘ldagi
xavfsizlikni yaratish va sug‘urta bozorini rivojlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan
edi. Ammo haqiqatda esa avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash Gruziyada
korrupsiya va poraxo‘rlikning rivojlanishiga olib keldi. Ushbu sug‘urta turining
mamlakatda rivojlangan davri 1999 yil bo‘lgan bo‘lsa, 2009 yilga kelib sug‘urta
mukofotlari hajmi 1998 yilga nisbatan 75%ga tushgan, sug‘urta to‘lovlari hajmi esa
4,5 martaga oshib ketgan. Bu holat avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash
turining sug’urta kompaniya o‘zgarishiga va ayrim avtoto‘lovlar uchun umuman
bekor qilinishiga olib keldi. Ya’ni 2007 yilning sentyabridan 2011 yilning
yanvarigacha Gruziyada o‘z avtofuqarolik javobgarliklarini taksi, 3 tonnadan yuqori
yuk mashinalari va xalqaro yuk tashuvchi avtotrasnportlardan tashqari faqatgina
jamoa transporti egalari sug‘urtab keldi. Bugunda majburiy sug‘urtaning ushbu turi
bo‘yicha Gruziyada yana islohotlar olib borilmoqda.
Armaniston sug‘urta bozori MDH mamlakatlari ichida eng sust rivojlangani
hisoblanadi. Jami to‘plangan sug‘urta badallarining YAIMdagi ulushi 0,2 %
atrofida. Hozirda Armanistonda faqatgina ixtiyoriy sug‘urta turi mavjud. Hozirda
mamlakat sug‘urta bozirini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida sug‘urta
faoliyatiga bog‘liq qonunchilik bazasini islohatlashtirishi yo‘lida amaliy ishlar olib
bormoqda: sug‘urta to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritilmoqda, sug’urta kompaniyalar ustav fondining eng kam miqdoriga qo‘yilgan
talablar kuchaytirilmoqda.
Azerbaydjon sug‘urta bozori o‘zining qo‘shni hududlari bo‘lmish Armaniston
va Gruziyani oldinlab o‘tib, so‘nggi paytlarda barqaror rivojlanmoqda, jami
to‘plangan sug‘urta badallarining mamlakat YAIMdagi ulushi ortib bormoqda.
Ixtiyoriy sug‘urtaning sug‘urta badallaridagi ulushi 90-95% atrofida. Respublikada
61
majburiy sug‘urtaning 9ta turi mavjud, jumladan avtofuqarolik javobgarligini
sug‘urtalash.
Qozog‘iston sug‘urta bozori eng dinamik rivojlanuvchi hisoblanib, so‘nggi
yillarda sug‘urta bozori ko‘rsatkichlari bir necha barobarga oshdi. Bundan tashqari
sug’urtalovchilar aktivlarining(pul mablag‘lari, bank qo‘yilmalari, qimmatbaho
qog‘ozlari) sifati yaxshilandi.
2007 yilning 11 oyida Qozog‘iston sug’urta kompaniyalari o‘tgan davrga
nisbatan 22,3%ga ko‘p sug‘urta badallarini to‘pladilar (133 mlrd.601,1 mln tenge).
Jumladan majburiy sug‘urta ham 10,2%ga ko‘payib 18 mlrd 130,2 mln tengeni
tashkil etdi. Sug‘urta to‘lovlari 3,7 martaga oshgan (43 mlrd 18,6 mln tenge),
jumaldan majburiy sug‘uta bo‘yicha 20,3% ko‘paygan (5 mlrd 158,2 mln tenge).
Qozog‘iston sug‘urta bozorida 41 sug’urta kompaniyalar mavjud bo‘lib,
ulardan 28 tasida avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalashga lisenziyasi mavjud.
Bundan tashqari 7 ta hayot sug‘urtasi bilan shug‘ullanuvchi sug’urta kompaniyalar,
14 ta brokerlik va 43 ta aktuariy kompaniyalari faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda.
Bugungi kunda Qozog‘istonda majburiy sug‘urtaning 9 ta turi mavjud bo‘lib
eng ommaviylashgani bu avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash hisoblanadi.
Ushbu sug‘urta turi mamlakatda 1996 yildan amalga oshiril kelinishiga qaramasdan
avtosug‘urtalovchilar o‘rtasida bu turga raqobat o‘ta past. Ko‘pgina sug’urta
kompaniyalari esa zararlilik darajasi yuqoriligi tufayli avtofuqarolik javobgarligi
sug‘urtasi
shartnomalarini
rasmiylashtirishdan
bosh
tortadilar.
Hozirda
Qozog‘istonning 28 sug’urta kompaniyalarida avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasi
b-n shug‘ullanishga lisenziyalari mavjud. 2007 yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha
avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari
43,6 mln $ga yetgan.
Litvaning 2004 yilning may oyidan Yevroittifoqga e’zo bo‘lishi b-n ko‘pgina
qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritildi va asosiy voqea sug’urta kompaniyalarning
xorijiy investorlar tomonidan sotib olinishi bo‘ldi.
62
2002 yilda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urtalash qonuni qabul qilinishi bilan sug‘urta mukofoti hajmi sezilarli ravishda
oshdi. Avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasi jami majburiy sug‘urta turining 30%ini
tashkil etadi.
(2005y. yarim yilligida avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash bo’yicha
60,164mln $ sug‘urta badallari yig‘ilgan, ya’ni jami to‘plangan sug‘urta
badallaridan (151 mln$) 39,8%. Kasug’urta kompaniyao bo‘yicha 39,77 mln doll -
26, 3%, mulk sug‘urtasi - 14,3%, boshqa sug‘urta turilari 20%). Yuqorida
keltirilgan mamlakatlarni tajribasini yuqori darajada o’rganib chiqib, bu
tajribalardan oqilona foydalanish mamlakatimiz sug’urta bozorini rivojlantirishga
xizmat qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |