8
KIRISH
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini barpo etish jarayonida sug‘urta
tizimini izchil rivojlantirish, ushbu
faoliyat bilan shug‘ullanuvchi subyektlarga yaratilgan kafolatlar tufayli ularning
iqtisodiyotimizdagi o‘rni va roli tobora oshib bormoqda. Prezidentimiz Islom
Karimov ta’kidlaganidek, “iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish
jarayonini tegishli
bozor infratuzilmasi, ya’ni bank-moliya tizimi, lizing, auditorlik, sug‘urta, injiniring
va boshqa tuzilmalarni rivojlantirmasdan turib amalga oshirish mumkin emas”.
Keyingi yillarda mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirish va tizimni
takomillashtirish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. O‘zbekistonda sug‘urta
xizmati bozorini rivojlantirish, shuningdek aholining keng qatlamlari va xo‘jalik
subyektlarini sug‘urtada ishtiroklarini rag‘batlantirish maqsadida sug‘urta
kompaniyalari va iste’molchilarga qulay sharoitlar, soliq to‘lashda
imtiyoz
yaratilgan. Sohaga bo‘lgan e’tibor tarmoqda faoliyat olib borayotgan kompaniyalar
soni o‘sib borayotganida ham namoyon bo‘lmoqda. Ayni paytda O‘zbekistonda
30dan ortiq sug‘urta kompaniyalari faoliyat olib borayotgani va aholiga 200 dan
ortiq sug‘urta xizmatlarini taklif etayotgani bunga yaqqol dalildir.
Sug‘urta faoliyati bozor iqtisodiyoti moliyaviy infratuzilmasining ajralmas
tarkibiy qismi bo‘lib, iqtisodiyotning yaxlitlikda barqaror rivojlanishini
taominlovchi muhim omillardandir.
Ushbu bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi shundaki,
bugungi kunda bozor
iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni o’sishida sug’urta tizimining o’rni va roli
beqiyos. Shu nuqtai nazardan sug’urta bozorini rivojlantirish aholi, tadbirkor va
ishbilarmonlar uchun turli xildagi xizmat turlarini joriy etish va ulari sodir bo’lish
ehtimol bo’lgan zarar va baxtsiz hodisalardan himoyasini ta’minlash
bugungi
kunning dolzarb masalalaridan biriga aylandi.
Bitiruv malakaviy ishi maqsadi-O’zbekiston sug’urta bozori va OAJ
“ALSKOM” SK faoliyatini tahlil qilish asosida sug’urta bozorini rivojlantirishga
9
oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari.
Bitiruv malakaviy ishi oldiga qo’ygan
maqsadga erishish uchun ushbu ishda quyidagi vazifalarni belgilab olindi:
Sug’urtaning maqsadi va vazifalarini keng yoritib berish;
Sug’urta bozorini tashkillashtirishning iqtisodiy zaruratini yoritib berish;
O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan sug’urta kompaniyalari faoliyatini tahlil
qilish;
OAJ “ALSKOM” SKning faoliyatini tahlil qilish;
O’zbekiston Respublikasida sug’urta bozorini rivojlantirish
yo’llarini yoritib
berish;
Sug’urta bozorini rivojlantirishda xorij tajriblarini qo’llash.
Bitiruv malakaviy ishi predmeti. O’zbekiston sug’urta bozori tarkibini
o’rganish, sug’urta
xizmatlari milliy bozori, sug’urta bozoriga samarali yo’llarini
o’rganish va mavjud muammolari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishi ob'ekti sifatida OAJ “ALSKOM” sug’urta kompaniyasi
olingan.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy asoslari. O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimovning iqtisodiyot sohasidagi asarlari, iqtisodiyotni isloh qilish,
uni faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha Prezidentimiz ma'ruzalari, sug’urta
faoliyati
to’g’risidagi qonunchilik hujjatlari, xorijlik va mamlakatimiz olimlarining sug’urta
bozorini iqtisodiyot sohasidagi o'rni xususida e'lon qilingan ilmiy maqolalari va
monograflari ushbu bitiruv malakaviy ishini yozishda dasturiamal vazifasini bajardi.
Shuningdek tadqiqot ishida O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi Sug’urta
Nazorati Davlat Inspeksiyasining statistik ma'lumotlaridan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, to'rt bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar
ro'yxatidan iborat.
Ishning kirish qismida ilmiy ish mavzusining dolzarbligi asoslab beriladi,
mavzuning ilmiy jihatdan tadqiq etilganlik darajasi aniqlanadi, ilmiy ishning asosiy
maqsadi va vazifalari,
uslubiy asoslari, ilmiy jihatdan yangiligi, amaliy ahamiyati
10
belgilangan.Bitiruv malakaviy ishining birinchi qismida O’zbekiston
Respublikasida sug’urta bozorini rivojlanishining nazariy va huquqiy asoslari
yoritilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi qismida O’zbekistonda sug’urta bozorini
hozirgi holati ko’rsatkichlari (OAJ “ALSKOM” SK misolida) ko’rsatilgan. Aniq
raqamlar
va
ma’lumotlar asosida sug’urta
kompaniyasining moliyaviy
ko’rsatkichlari tarkibi ko’rib chiqilgan.
Bitiruv malakaviy ishining uchinchi qismida esa O’zbekiston Respublikasida
sug’urta bozorini takomillashtirish yo’llari ko’rsatilgan.
To'rtinchi bobda hayot faoliyati xavfsizligi bo'yicha ilmiy va amaliy
ko'nikmalarni mustahkamlashga doir muammolar o'rganilgan.
Ishning xulosa qismida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlarning umumiy bayoni
keltirilgan, amaliy ahamiyatga molik bo'lgan tavsiyalar va takliflar ifodalangan.
Dostları ilə paylaş: