11
1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUG’URTA BOZORINI
RIVOJLANISHINING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI
1.1. Sug’urtaning maqsadi va vazifalari
Sug`urta o`z mohiyati jihatidan faoliyatning alohida sohasidir. Baxtsiz hodisa,
tabiiy ofat, ish bilan shug`ullangan kishilarning ehtiyot choralarini ko`rmaganligi va
boshqa sabablar tufayli ziyon ko`rilishi mumkin. Bu hilda ziyon ko`rilganda
muhofaza qilishning ancha samarali va zarur shakli bor, bu - sug`urtadir. Sug`urta
iqtisodiy munosabatlar tarkibiga kiradi hamda maxsus mablag` fondini yaratish
tadbirlarini o`z ichiga oladi. Mazkur mablag` fondidan esa turli voqеalar yuz
berganda, agar bu voqеalar xususida sug`urta shartnomasida o`zaro kеlishib olingan
bo`linsa, yеtkazilgan zararning o`rnini qoplash va ziyon ko`rgan tomonga yordam
berish maqsadida foydalaniladi.
Biz sug’urta haqida biron nima deyishdan oldin sug’utaning o’ziga to’g’ri tarif
berib olishimiz zarur, bunda avvalo uning tarixiy kelib chiqishiga nazar tashlash
maqsadga muvofiq bo’lardi.Sug‘urta jamiyat qurilishining ilk davrlaridan yuzaga
kelib, asta-sekin ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas xamroxiga aylandi. Sug‘urta
iborasining birlamchi ma’nosi "qo‘rquv" ("strax") so‘zi bilan bog‘liqdir. Mulk
egalari bir-birlari bilan ishlab chiqarish munosabatlariga kirishar ekanlar, mulkning
saqlanishiga, tabiiy ofatlar, yong‘in, o‘g‘irlik va ijtimoiy xayotning boshqa ko‘zda
tutilmagan xavf xatarlari natijasida yakson bo‘lishi yoki yo‘qotilishiga nisbatan
qo‘rquv xis etganlar. Ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri bu mulk
egasi va tovar ishlab chiqaruvchining moddiy farovonligi uchun xavotirlanishning
asosiy sababchisidir. Shu asosda moddiy zararni manfaatdor mulk egalari o‘rtasida
birgalikda qoplash g‘oyasi yuzaga keldi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlashda
va aholini ko‘ngilsiz hodisalardan himoya qilishda sug‘urtaning o‘ziga xos muhim
o‘rni bor. Sug‘urta ishlab chiqarishning zarur unsurlaridan biri sifatida bozor
12
iqtisodiyotiga o‘tishning muhim iqtisodiy dastaklaridan hisoblanadi. Sug‘urta bozori
mulkchilikning deyarli barcha shakllarini tabiiy ofatlardan saqlashda, xilma-xil
falokatlar natijasida odamlarga yetkazilgan zararlarni qoplashda moddiy jihatdan
yordam beradi. Sug’urta ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elementidir.U
ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan
bog‘liqdir.Normal takror ishlab chiqarish jarayonining muhim sharti uning
uzluksizligi va to‘xtovsizligi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning doimiy yangilanib
borishi insonlarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda, shu jumladan
rivojlangan jamiyatda ham mavjud ehtiyojlarini qondirish uchun zarurdir.
Agarda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tabiiy ofatlar yoki boshqa favqulodda
hodisalarning (yong‘inlar, portlashlar, epidemiyalar va b.) salbiy oqibatlari ta’sirida
to‘xtasa yoki buzilsa, u holda jamiyat avvalo turli oldini olish tadbirlarini amalga
oshirishga, mabodo ular ko‘zlangan natijani bermasa, u holda yetkazilgan moddiy
zararni qoplashga, ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning normal sharoitlarini
qayta tiklashga majbur bo‘ladi.
Inson va tabiiy ofatlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan asoslangan ijtimoiy
ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri, birinchi navbatda, tabiiy va boshqa
ofatlarning salbiy oqibatlarini oldini olish, bartaraf qilish hamda yetkazilgan zararni
so‘zsiz qoplash bo‘yicha insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni yuzaga keltiradi. Bu
obyektiv munosabatlar insonlarning erishgan hayot darajasini saqlab qolishga
bo‘lgan real va mavjud ehtiyojini aks ettiradi. Mazkur munosabatlarni alohida
xususiyatlar ajratib turadi va ularning yig‘indisi ijtimoiy ishlab chiqarishni
sug‘urtaviy himoyalash iqtisodiy kategoriyasini tashkil etadi.
Sug‘urta iqtisodiy kategoriya sifatida moliya kategoriyasining tarkibiy qismi
hisoblanadi. Ammo, moliya to‘laligicha daromadlarni taqsimlash bilan bog‘liq
bo‘lsa, sug‘urta esa faqatgina qayta taqsimlash munosabatlarinigina qamrab oladi.
Sug‘urtaning xususiyatlarini ochib beruvchi belgilarini quyidagicha keltirishimiz
mumkin:
1. Sug‘urtada to‘satdan, oldindan ko‘zda tutilmagan va yengib bo‘lmaydigan
13
holatlar, ya’ni sug‘urta holatlari ehtimoli mavjudligi bilan asoslanuvchi qayta
taqsimlash pul munosabatlari yuzaga keladi.
2.
Sug‘urtada
ko‘rilgan
zararni
sug‘urta
ishtirokchilari,
ya’ni
sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida qoplash amalga oshiriladi. Zararni bunday qoplash
usuli zarar ko‘ruvchi xo‘jaliklar soni doimo sug‘urta ishtirokchilari sonidan kam
bo‘lish ehtimolligiga asoslanadi, ayniqsa ishtirokchilar soni yetarlicha katta
bo‘lganda.
3. Zararni bunday qoplashni tashkil qilish uchun maqsadga yo‘naltirilgan
sug‘urta fondi tashkil qilinadi. Bu fond sug‘urta ishtirokchilarining badallari
hisobidan shakllantiriladi.Sug‘urta fondining mablag‘lari faqatgina uni tashkil
qilganlar o‘rtasida ishlatiladi, sug‘urta badalining hajmi esa har bir qatnashchining
zararni qoplashdagi ulushini bildiradi.Shuning uchun, sug‘urta qatnashchilarining
doirasi qanchalik keng bo‘lsa, sug‘urta badalining hajmi shunchalik oz va sug‘urta
ham samarali bo‘ladi. Agarda sug‘urtada millionlab sug‘urtalanuvchilar ishtirok etsa
va yuz millionlab obyektlar sug‘urtalansa, u holda minimal badallar hisobiga
maksimal zararlarni qoplash imkoni paydo bo‘ladi.
4. Sug‘urta zararlarni qoplashni hududiy birlik va ma’lum vaqt davomida
amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Bunda yil davomida sug‘urtalanuvchi xo‘jaliklar
o‘rtasida sug‘urta fondini hududlar bo‘yicha samarali qayta taqsimlash uchun
yetarlicha katta hudud va anchagina sug‘urtalashga tegishli obyektlar talab qilinadi.
Faqatgina mazkur shartga rioya qilish bilangina katta hududlarni qamrab oluvchi
tabiiy ofatlar yetkazgan zararlarni qoplash imkoni bo‘ladi.Zararni sug‘urta
yordamida qoplash ma’lum vaqt davomida amalga oshiriladi, chunki ixtiyoriy
sug‘urta doimo muddat bilan chegaralanadi.
Sug‘urta – bu ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan
maqsadli sug‘urta fondlarini uning qatnashchilari o‘rtasida badallar hisobidan
shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan qayta taqsimlash munosabatlari yig‘indisi.
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 3-
moddasida sug‘urtaga quyidagicha ta’rif berilgan: Sug‘urta deganda yuridik yoki
14
jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul
fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu
shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini)
to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish
1
tushuniladi».
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotga, moliyaga, pul
muomalasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, iqtisodiy qarashlarda ijobiy fikrlarning
shakllanishiga sabab bo‘ldi. Endilikda har bir xo‘jalik obyektining tashkilotchisi o‘z
ixtiyoridagi mol-mulkdan samarali foydalanish uchun fidokorona harakat qilish
bilan cheklanib qolmay, favqulodda va tasodifiy zararlarning natijasida yetkazilishi
mumkin bo‘lgan kamomadlarni tiklash, ularning oldini olish tadbirlarini ko‘rishga
ham intilmoqda. Shuning natijasida bozor iqtisodiyoti sharoitida sug‘urtaga bo‘lgan
talab kuchaya boshladi.
Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari bilan bevosita
bog‘langan. Shunday ekan ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatgan tabiiy ofatlar bozor
iqtisodiyoti yo‘nalishlarini chetlab o‘ta olmaydi. Sug‘urta ko‘p tarmoqli
xo‘jaliklarning mol-mulkini saqlashda va tiklashda alohida ahamiyat kasb etadi.
Inson va tabiiy ofatlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan asoslangan ijtimoiy ishlab
chiqarishning tavakkalchilik xarakteri, birinchi navbatda, tabiiy va boshqa
ofatlarning salbiy oqibatlarini oldini olish, bartaraf qilish va lokalizatsiya qilish,
hamda yetkazilgan zararni so’zsiz qoplash bo‘yicha insonlar o‘rtasidagi
munosabatlarni yuzaga keltiradi. Bu obyektiv munosabatlar insonlarning erishgan
hayot darajasini saqlab qolishga bo‘lgan real va mavjud ehtiyojini aks ettiradi.
Mazkur munosabatlarni alohida xususiyatlar ajratib turadi va ularning yigindisi
ijtimoiy ishlab chiqarishni sug‘urtaviy himoyalash iqtisodiy kategoriyasini tashkil
etadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va mustaqillik talablari asosida sug‘urta sohasida
quyidagi sifat o‘zgarishlari sodir bo‘ldi.Birinchidan, sug‘urtani boshqarishda
1
O'zbekiston Respublikasi”Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonuni 2002 y
15
markazlashgan tartib o‘rniga markazlashmagan tartib joriy qilindi. Mustaqil sug‘urta
tizimi barpo qilindi. Sug‘urtani boshqarish respublika miqyosida amalga
oshiriladigan bo‘ldi. Ikkinchidan, alohida sug‘urta haqida qonun qabul qilinib, unda
respublikamizning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olindi.Uchinchidan, xorijiy
mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlari bilan hamkorlik qilish kuchaydi, ular
ishtirokida qo‘shma sug‘urta kompaniyalari barpo qilindi.Respublika sug‘urta
tashkilotlari jahon sug‘urta tashkilotlari qatoridan joy oldi. To‘rtinchidan.Sug‘urta
mablag‘laridan investitsiya maqsadlarida foydalanish asosida ularning moliyaviy
ahvoli yaxshilandi. Xorijiy mamlakatlar mablag‘laridan investitsiya maqsadlarida
foydalanishda sug‘urta tashkilotlarining vositachilik roli vujudga keldi.
Beshinchidan, sug‘urta tashkilotlari bilan kredit muassasalarining hamkorligi
kuchaydi. Korxonalar tomonidan bankdan olingan qarzlarni o‘z vaqtida qaytarishga
qaratilgan sug‘urta faoliyati kengaya borib, u qishloq xo‘jaligi korxonalariga
nisbatan ham joriy qilindi. Oltinchidan, oldingi yillarga nisbatan majburiy sug‘urta
doirasi qisqarib. Ixtiyoriy sug‘urta tadbirlari kengaydi. Qishloq xo‘jaligida majburiy
sug‘urta qayta qurilib, sug‘urtalashda kreditning roli kuchaydi. Yettinchidan,
sug‘urtaning xalq farovonligini yaxshilashdagi roliga alohida ahamiyat berila
boshlandi. Shu munosabat bilan indeksatsiya tadbirlari o‘tkazildi. Ixtiyoriy shaxsiy
sug‘urtaning shartlari ko‘pchilik hollarda qaytadan ko‘rib chiqildi, turar joy, uy-
ro‘zg‘or, qo‘shimcha pensiya, tomorqa sug‘urtasi va boshqa sug‘urta xillari
o‘zgartirildi va yangilari joriy qilindi. Sakkizinchidan, bozor iqtisodiyotini amalga
oshirishda tadbirkorlikning muhim ahamiyatiga alohida e’tibor berilib, sug‘urtaning
yangi xillarini amalga oshirishga kirishildi. To‘qqizinchidan, mustaqillik yillarida
javobgarlik sug‘urtasining ayrim xillari joriy qilindi, shuningdek garovga qo‘yilgan
mol-mulk sug‘urtasi haqida alohida dasturi amallar qabul qilindi.O‘ninchidan,
sug‘urta faoliyati bilan qimmatli qog‘ozlar o‘rtasida tegishli munosabat o‘rnatildi.
Sug‘urta tashkilotlari ham o‘z qimmatli qog‘ozlarini tarqatish huquqiga ega
bo‘ldilar va shu asosda aksiyadorlarning huquqlari belgilanib, ularning idora qilish
usullari aniqlandi.
16
Sug‘urta munosabatlarining taqsimlash xarakteriga ega ekanligi. Moliya
tushunchasi kabi, sug‘urta ham yalpi ichki mahsulotni va milliy daromadni qayta
taqsimlashda ishtirok etadi.Sug‘urtada zararlarni hududlar bo‘yicha va muayyan bir
vaqtda taqsimlanishi. Bu sug‘urtaning asosiy belgisi bo‘lib, hududlar bo‘yicha
sug‘urta fondini sug‘urtalangan xo‘jaliklar o‘rtasida taqsimlash uchun katta hudud
va ko‘plab sug‘urtalanishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar zarur bo‘lishi talab etiladi.
Zararlarni ma’lum bir vaqtda taqsimlanishi sug‘urta hodisalarini tasodifiy ro‘y
berish xarakteriga ega ekanligidan kelib chiqadi. Qator yillar mobaynida favqulodda
hodisalar ehtimol ro‘y bermasligi mumkin. Bu holat sug‘urta hodisalari sodir
bo‘lmagan vaqtda tegishli miqdorda sug‘urta zahiralarini tashkil etishni talab
qiladi.Sug‘urta fondlariga jalb etilgan sug‘urta mukofotlarini qaytarib
berish.Sug‘urta mukofotlari sug‘urta tarifi asosida aniqlanadi. Sug‘urta tarifi ikki
qismdan iborat bo‘lib, netto-stavka (sug‘urta hodisalari ro‘y berganda zararlarni
qoplashga ishlatiladi) va netto-stavkaga ustamalardir (sug‘urta kompaniyasi ishini
tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar qoplanadi). Netto-stavka, asosan, sug‘urta
hodisasi ro‘y berganda sug‘urtalanuvchiga qaytarib beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq, majburiy sug‘urta
turlariga doir sug‘urta shartlari qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi. Ixtiyoriy
sug‘urtalashga doir sug‘urta tariflarining miqdori tomonlarning kelishuviga muvofiq
belgilanadi.
Sug‘urta fondi mablag‘larining, faqat, shu fondni tashkil etishda qatnashgan
sub’ektlar o‘rtasida taqsimlanishi.
Sug‘urta munosabatlarida quyidagi tomonlar qatnashadilar:
Sug‘urtalovchi – sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan va tegishli
lisenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar. Tadbirkorlik faoliyatining muhim bo‘g‘ini.
O‘zbekiston Respublikasining "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuniga ko‘ra,
sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga
oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb hisoblanadi.
17
Sug‘urtalovchilar turli mulk shakliga ega bo‘lishi mumkin (davlat sug‘urta
tashkilotlari, aksionerlik sug‘urta tashkilotlari hamda o‘zaro sug‘urtalash
jamiyatlari). Sug‘urta faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar davlat organlarining
tegishli lisenziyasiga ega bo‘lishi zarur.
Sug‘urtalanuvchi – sug‘urtalovchi bilan aniq sug‘urta munosabati o‘rnatgan va
tegishli sug‘urta mukofotlarini to‘lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Sug‘urta vositachilari – sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida
vositachilik vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. Maqomi bo‘yicha vositachi
sug‘urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Ko‘rsatgan xizmatlari uchun
vositachi sug‘urtalanuvchidan emas, balki sug‘urta kompaniyasidan tegishli
vositachilik haqini oladi.
Bozor munosabatlari takomillashuvi iqtisodiy infratuzilmaning qaror topishi
bilan birgalikda kechadigan jarayondir.Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning
ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi
tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‘urta
risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot sub’ektlari manfaatlarining himoyasini
ham o‘z zimmasiga oladi.
Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish,
ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini
qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. Shunday
anglanilgan zarurat aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari
yuzaga keldi.Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’i
nazar, sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta’kidlash
lozimki, sug‘urta munosabatlari murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik
iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart-
sharoit majmuasi mavjudligi ham muhimdir.
O‘zbekistonda tadbirkorlikning rivoj topishi jarayonida turli risklarning yuz
berishi ehtimoli mavjudligi, shuningdek, ijtimoiy hayotning o‘zida namoyon
bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar sub’ektlarning sug‘urta faoliyatiga,
18
xususan, risklar transferiga bo‘lgan munosabatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirdi.
Sug‘urta faoliyati bozor munosabatlarining eng muhim unsuriga aylandi.
“Sug‘urta faoliyati deganda sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining
sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati tushuniladi”. “Shu narsa aniqki,
bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar... sug‘urta tizimisiz samarali ishlash,
investisiya faoliyati bilan shug‘ullanish, kredit olish imkoniyatiga ega emas” .
Shu o‘rinda, ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)da uzluksizlikni
ta’minlash imkoniyatini yaratish maqsadiga yo‘naltirilgan, mulkchilik shakllariga
ko‘ra, maxsus qayta taqsimlash munosabatlari tizimi mavjudligi iqtisodiyot
sub’ektlari ravnaqiga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda ularning mulkka egalik qilish,
undan foydalanish hamda daromad olishlari kabi manfaatlari yuzaga chiqadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda sug‘urta faoliyatida talab darajasidagi risk
transferi shakllanishi va rivojlanishi hamda uni ilmiy asosda o‘rganish muhim
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot sub’ektlarining
erkinliklari kengayib borayotgan, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ish
bajarish, xizmat ko‘rsatish)ning yangi turlari o‘zlashtirilishi sug‘urta faoliyatida risk
transferining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish va takomillashtirishga bo‘lgan
ehtiyojni orttirmoqda.
Sug‘urta faoliyatida o‘z mohiyati nuqtai nazaridan, aynan “xizmat”
tushunchasi fundamental hisoblanadi.Sug‘urtachi tomonidan taklif etilayotgan
“xizmat” o‘zida dastlab moddiylikni aks ettirmaydi, ya’ni u o‘z mijoziga faqat
“va’dani sotadi”. Shu nuqtai nazardan xalqaro savdoda unga “ko‘rinmaydigan
faoliyat”1 deb ham tasnif beriladi. Sug‘urtalanuvchiga shartnoma tuzilganligini
tasdiqlovchi dalil-hujjat sifatida “polis”2 beriladi xolos. Sug‘urta shartnomasida
sug‘urtalanuvchiga sug‘urta voqeasiga ko‘ra, ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararining
ekvivalent qiymatidagi pul to‘lovi (ayrim hollarda mol-mulk ko‘rinishida)
ta’minlanishi nazarda tutiladi. Shartnomaning bajarilishi unda qayd etilgan ma’lum
davr oralig‘ida amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda bosqichma - bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va
19
rivojlanishi, iqtisodiyot sub’ektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi,
erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi
kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va doimiy takrorlanib
turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya’ni o‘ziga xos bo‘lgan maxsus xizmat bilan
sug‘urta shug‘ullanadi.
Ma`lumki, sug`urta moliya munosabatlarining bir turidir. Buning daromad
manbai sug`urtalangan aholi va xo`jaliklarning pul manbaidan iborat bo`lib,
mahsulot qiymati taqsimotida bir qismini sug`urtaga ajratish tufayli pul fondi,
sug`urta fondi paydo bo`ladi. Sug`urtalash shu fondni tashkil etish, taqsimlash va
ishlatish kabi jarayonlarni o`z ichiga oladi.
Sug`urtalash tub mazmuni bilan zararni qoplash maqsadida zarar ehtimoli
asosida yuzaga keladi. Sug`urta obyekti xilma-xildir. Shunga ko`ra u ikkiga
bo`linishi mumkin: mol-mulk sug`urtasi va ijtimoiy sug`urta. Mol-mulkka boylik
turlarini sug`urtalash kirsa, ijtimoiy sug`urtaga hayotiy, turmush xotirjamligi kiradi.
Tadbirkorlik xavf-xatarini sug`urtalash ham paydo bo`lib, kengaymoqda.
Ijtimoiy sug`urtaning ahamiyati ortib bormoqda, bunga ajratiladigan pul
resurslari ko`paymoqda. Buning uch manbai mavjud: davlat, korxona va tashkilot
hamda shaxsiy mablag`lar. Bular jamiyat a`zolarining mehnatga yaroqsiz, o`zini
ta`minlay olmaydigan qismlari uchun ishlatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tibbiy sug`urta ham kengaymoqda. Bundan
maqsad insonlar sog`lig`ini saqlash bo`lib, pirovardida barchaga minimal tibbiy
yordam berishni tashkil etish, sug`urtalanganlarning salomatligini ta`minlash bilan
bog`iq harajatlarni qoplashdan iboratdir. Bu sug`urta fondi ham davlat, korxona,
firmalarning majburan ajratadigan va fuqarolarning o`z xohishlari bilan ajratadigan
pul mablag`laridan tarkib topadi.
Tadbirkorlik sug`urtasi tadbirkorning faoliyatini kafolatlashda ahamiyatlidir.
Bunda foydani kam olish yoki olmaslik xavfi, pul tushumining o`z vaqtida
bo`lmasligi, savdo-sotiqdagi noxush hodisalar kabilar sug`urtalanadi. Bu sug`urta
tadbirkorning ishonch bilan ish boshlashiga yordam qiladi, uni sinish holatidan
20
asraydi, faoliyatiga dalda bo`ladi.
Sug`urtalar ham oldi-sotdi obyekti bo`lib, o`z bozorlarini tashkil etadi.
Sug`urta resurslaridan kapital sifatida keng foydalaniladi, ayniqsa, ishlab
chiqarishga keng jalb etishda qo`l keladi.
Sug`urta inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo`ladigan tabiiy ofatlar,
favqulotda hodisa va boshka voqealarr natijasida yetkazilgan zarar va talafotlarning
oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yuridik va jismoniy shaxslar mablag`lari
hisobidan pul resurslari fondini tashkil qilish va ulardan foydalanishda vujudga
keladigan moliyaviy munosabatlardan iborat ,deb ta`rif bergan edik.
Umumiy tarzda berilgan bu ta`rif uning mohiyatini to`la ochib berolmaydi,
buning uchun sug`urta tushunchasiga iqtisodiy jihatdan yondashish talab qilinadi.
Ma`lumki, sug`urta kategoriyasining iktisodiy mazmuni uning funksiyalarida
ifodalanadi. Funksiya haqida gap borganda ko`pchilik uni vazifa deb tushuntiradi.
Vazifani bajarish vaqtinchalik harakterga ega, u bajarilgandan keyin boshkasini
bajarishga o`tiladi. Funksiya deganda esa doimiy takrorlanib turadigan vazifalar
tushuniladi .Bu vazifalar bajarilgandan keyin kelgusi yili yana takrorlanadi. Sug`urta
tushunchasi moliya va kredit tushunchalari bilan bog`langanligi sababli ularning
taqsimlash va nazorat funksiyalarini amalga oshirishda sug`urta ishtirok etadi , ya`ni
bu funksiyalar sug`urtaning ham funksiyalari qatoriga kiradi. Shu bilan birga,
sug`urtaning o`ziga xos quyidagi funksiyalari bor:
- xavf-xatar;
- ogohlantirish;
- investitsiya;
- omonat;
- axborot.
Qadim zamonlardan buyon insoniyat tabiiy ofatlarning favqulodda
vayronagarchilik, ulkan zarar keltirish qirralarini, buning ishlab chiqarishga
ko`rsatgan ta`sirini boshidan kechirgan. Mahsulot, mablag`, urug`lik, yoqilg`i va
moddiy ne`matlardan zaxira hosil qilgan, bu fond xisobidan ofat oqibatlarini
21
tugatish uchun muhtojlarga yordam bergan. Zilzila, toshqin, yong`in oqibatlari
sug`urtaning anna shu funksiyasi amal qilishi natijasida hosil qilingan fondlar
asosida tugatilgan.
Sug`urtaning ogohlantirish funksiyasining mazmuni bu xavf-xatar funksiyasi
bilan bog`langan. Irrigatsiya va tabiatni muhofaza qilish kabi tadbirlar ko`p mablag`
talab qilgani uchun budjet hisobidan ta`minlanadi. Mahalliy axamiyatga ega bo`lgan
ogohlantirish xavfini oldini olish tadbirlari sug`urta to`lovlarining umumiy
tushumidan ajratma sifatida beriladigan mablag`lar xisobiga qoplanadi. Bu
mablag`lardan asosan uch yo`nalishda foydalaniladi:
1).Yong`indan ogoxlantirish va yong`inga qarshi kurash tadbirlarini amalga
oshirishga.
2).Qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligini kamayishiga qarshi tadbirlarga.
3).Chorva mollarida uchraydigan kasalliklarning oldini olish va ularni qirilib
ketmaslik tadbirlarini bajarishga.
Sug`urtaning ogohlantirish tadbirlariga sarflash uchun ajratiladigan mablag`lar
favqulodda zararlarning va uning oqibatlarini kamaytirishda katta ahamiyat kasb
etadi. Ajratilgan mablag`lardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
Sug`urta badallarining yig`ilishi va ular hisobidan zararning qoplanishi bir
vaqtda emas, balki turli muddatlarda sodir bo`ladi. Ishlatilmay bo`sh turgan
mablag`lar hisobidan zahira fondlari tashkil qilinadi va ularning bo`sh turgan
qismidan tijorat maqsadlari uchun foydalaniladi. Masalan, “Intertrans” sug`urta
tashkiloti bo`sh turgan mablag`larni aksiya, obligatsiya va boshka qimmatli
qog`ozlar sotib olib shular hisobidan qo’shimcha daromad oladi, undan foydalanish
uchun sanoat chakana savdo sohalari bilan hamkorlik qiladi.
Sug`urtaning investitsiya funksiyasi bo`sh turgan mablag`lardan samarali
foydalanib, sug`urta tashkilotining moliyaviy ahvolini yaxshilashga yordam beradi.
Sug`urtaning omonat funksiyasi omonat kassalarida omonatlarga ma`lum
muddatlarda saqlangan davrga nisbatan foiz olish huquqi beriladi. Shaxsiy Sug`urta
va uning boshqa xillarida, mulk sug`urtasida sug`urtalangan ma`lum muddatda
22
badallarni to`laydi, bu badallar sug`urta tashkiloti ixtiyorida bo`ladi. Agar sug`urta
davrida biror sug`urta hodisasi ro`y bersa sug`urta tashkiloti yetkazilgan zararni o`z
hisobidan qoplaydi, omonat kassalarida esa bunday xususiyatlar mavjud emas.
Sug`urtaning axborot funksiyasi sug`urtaning yangi funksiyasidir. Ilgari,
sug`urta monopoliyasi borligida bunday funksiya mavjud bo`lmagan, chunki faqat
davlat sug`urta tashkiloti xukmronlik qilgan. Bu funksiyaning vujudga kelishiga
sabab shundan iboratki, O`zbekiston sug`urta hududida o’nlab yangi sug`urta
kompaniyalari, agentliklari, firmalari vujudga keldi, ularning har biri o`ziga xos
Sug`urta obyektlari va shartlariga ega bo`ldi. Ko`pchiligi mol-mulkni sug`urta qilish
bilan shug`ullanadi, mavjud tibbiyot, transport va boshqa sug`urta kompaniyalari
xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Sug`urta faoliyatini
rivojlantirish sug`urtalanuvchilarga har bir tashkilot haqida axborot berishni talab
qiladi. Buning uchun ma`lumotnomalarni shakllantirishi, o`zlariga ajratilgan
xonalarda sug`urta tashkilotlari birgalikda sug`urta bozorini tashkil qilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |