4.2. Texnogen, tabiiy va ekologiktusdagi favquloddavaziyatlar
Favqulodda vaziyatlar ularning vujudga kelish sabablariga ko‘ra tasnif kilinadi
va ular ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga
va ko‘lamlariga qarab lokal, maxalliy, respublika va transchegara turlarga bo‘linadi.
69
1.Transport avariyalari va xalokatlari:
Ekipaj a’zolari va yolovchilarning o‘limiga, havo kemalarining to‘liq
parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya–qidiruv
ishlarini talab qiladigan avia halokatlar;
Yong‘inga, portlashga, xarakatlanuvchi tarkibning buzilishiga sabab bo‘lgan va
temir yo‘l xodimlarining, xalokat hodisadagi temir yo‘l platformalarida, vokzal
binolarida va shaxar imoratlarida bo’lgan odamlar o‘limiga, shuningdek
tashilayotgan kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi zaxarli moddalar bilan (KTKZM) halokat
joyiga tutash xududning zaxarlanishiga olib kelgan temir yo‘l transportidagi
halokatlar va avariyalar.
Favqulodda vaziyat – bu muayyan xududda o‘zidan so‘ng odamlarning qurbon
bo‘lishi, odamlar sog‘lig‘i yoki atrof-muhitga ziyon yetkazishi, kishilarning hayot
faoliyatiga kattagina moddiy zarar hamda uning buzilishiga olib kelishi mumkin
bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, xalokat, stixiyali ofat, epidemiyalar, epizootiyalar
natijasida yuzaga kelgan xolatdir.
Portlashlarga, yong‘inlarga, transport vositalarining parchalanishiga,
tashilayotgan KTKZMlarning zararli xossalari namoyon bo‘lishiga va odamlar
o‘limiga sabab bo‘ladigan avtomobil transportning halokati va avariyalari, shu
jumladan yo‘l transport hodisalari;
Odamlarning o‘limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten
poezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunellardagi
xalokatlar, avariyalar, yong‘inlar;
Gaz, neft va neft mahsulotlarining otilib chiqishiga, ochiq neft va gaz
favvoralarining yonib ketishiga sabab bo‘ladigan magistral quvurlardagi avariyalar.
2. Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar:
Atrof – tabiiy muxiti kuchli ta’sir kiluvchi zaxarli moddalarning otilib
chikishiga va shikastlovchi omillarning odamlar, xayvonlar va o‘simliklarning
ko‘plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan darajada, yo‘l
qo‘yilgan chegaraviy konsentrasiyalardan ancha ortiq miqdorda sanitariya – himoya
70
hududidan chetga chiqishga sabab bo‘ladigan kimyoviy xavfli ob’ektlardagi
avariyalar, yong‘in va portlashlar.
3. Yong‘in – portlash xavfi mavjud bo‘lgan ob’ektlardagi avariyalar:
Texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa
yong‘in uchun xavfli moddalar va materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan
ob’ektlardagi, odamlarning mexanik va termik shikastlanishiga, zaxarlanishiga va
o‘limiga, asosiy ishlab chiqarish fondlarining nobud bo‘lishiga, favqulodda
vaziyatlar hududlarida ishlab chiqarish siklining va odamlar hayotining buzilishiga
olib keladigan avariyalar, yong‘inlar va portlashlar;
Odamlarning shikastlanishiga, zaxarlanishiga va o‘limiga olib kelgan hamda
qidirish – qutqarish ishlarini o‘tkazishni nafas olish organlarini muhofaza qilishning
maxsus anjomlarini va xalatlarini qo‘llanishni talab qiluvchi ko‘mir shaxlaridagi va
ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bog‘liq avariya – yong‘inlar va jinslar
qo‘porilishi.
4.Energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar:
Sanoat va qishloq xo‘jaligi mas’ul iste’molchilarining avariya tufayli energiya
ta’minotisiz qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan GES,
GRES, TESlardagi, ulkan issiqlik markazlaridagi, elektr tarmoqlaridagi bug‘qozon
bo‘lmalaridagi, kompressor va gaz taqsimlash shaxobchalaridagi va boshqa energiya
ta’minoti ob’ektlaridagi avariyalar va yong‘inlar.
Aholi hayot faoliyatining buzilishiga va salomatligiga xavf olib kelgan gaz
quvurlaridagi, suv chiqarish inshootlaridagi, suv quvurlaridagi, kanalizatsiya va
boshqa kommunal ob’ektlardagi avariyalar.
Atmosfera, tuproq, yer osti va yer usti suvlarining odamlar salomatligiga xavf
tug‘diruvchi darajada konsentrasiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab
bo‘lgan gaz tozalash qurilmalaridagi, biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi
avariyalar.
5.Odamlar o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan va zudlik bilan avariya – qutqaruv
o‘tkazalishini hamda zarar ko‘rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini
71
talab qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy
yo‘nalishdagi ob’ektlar, shuningdek uy–joy sektori binolari konstruksiyalarining
to‘satdan buzilishi, yong‘inlar, gaz portlashi va boshqa xodisalar.
6. Gidrotehnik halokatlar va avariyalar.
Suv omborlarida, daryo va kanallardai buzilishlar, baland tog‘lardagi
ko‘llardan suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan xamda suv bosgan xududlarda
odamlar o‘limiga sanoat va qishloq xujaligi ob’ektlari ishining, aholi hayot
faoliyatining buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlarini talab
qiladigan xalokatli suv bosishlari.
|