Empirik psixologiyadagi idealizm O‘z-o‘zini ko’zatish metodi empirik psixologiyaning asosiy metodi edi. Ob’ektiv ko’zatish va eksperiment metodlari esa ikkinchi darajali o‘rin egallardi: ular faqat psixologiyadagi asosiy metod - o’z-o’zini ko’zatish natijalarini aniqlashga yordam beruvchi metodlar deb hisoblanardi. Shuning uchun ham «ong hodisasi», «ichki tajriba» (nnsonning sub’ektiv kechirik)larini o‘z ob’ekta deb bilgan empirik psixologiya ko‘pincha o‘z-o‘zini ko’zatish metodidan foydalangan, shu sababli yana «sub’ektiv psixologiya» deb nom olgan. Shu jihatdan empirik psixologiyaning uning sub’ektivizmi bilan bog‘langan eng muhim kamchiliklaridan biri idealizm va dualizm edi.
Empirik psixologiyaning vakillari bu oqim paydo bo‘lgandan boshlaboq, ruhning o‘zini ilmiy o‘rganish predmeti sifatida olishni rad qildilar va ruhning asli mohiyati haqida fikr yuritishdan, bu masalani hal qilishdan bosh tortdilar. Lekin, «ruhiy hodisalarni», «ong hodisalarini» o‘rganishni asosiy vazifa qilib olgan psixologlar o‘z ishlari jarayonida taqozo qilingan: bu ruhiy hodisalarning o‘zi nima, ularning fizik hodisalardan farqi nimada va ular inson organnzmidagi fiziologik jarayonlar bilan qanday munosabatda bo‘ladilar, degan savollar bilan to‘qnash keldilar va bu savollarga javob berishga majbur bo‘lib qoldilar.
Empiriklar sub’ektiv metod (o‘z-o‘zini ko’zatish)dan olingan natijalarga asoslanib, psixik hodisalarni tasvirlab va analiz qilib, bu hodisalarni fizik hamda fiziologik hodisalar bilan taqqoslaydilar. Bu taqqoslashlar natijasida ular odatda, tahminan quyidagicha xulosalar chiqaradilar.
Psixik hodisalar o‘z xususiyatlariga ko‘ra fizik hamda fiziologik hodisalardan farq qiladi, masalan, psixik hodisalar fazoviy jismlar emas (ya’ni ularning uchburchak, kvadrat kabi geometrik shakllari bo‘lmaydi);ular og‘irlik, rang singari boshqa fizik xususiyatlarga ham ega emas, shunga asoslanib, empirik psixologiyaning vakillari psixik hodisalar fizik va fiziologik jarayonlardan tubdan farq qiladi, deb hisobladilar. Psixik hodisalar moddiy emas, balki ruhiydirlar. Modomiki, psixik hodisalar o‘z tabiatiga ko‘ra moddiy emas ekan, u holda ularning negizida qandaydir moddiy bo‘lmagan alohida substansiya bo‘lsa kerak, dedilar, ya’ni alohida moddiy bo ‘lmagan substansiyadan iborat bo‘lgan ruhning mavjudligiga ishonadilar. Masalan, Djems empirik psixologiya vakillari haqida gapirar ekan (uning o‘zi ham shularga mansub edi), ular ongni o‘rgatayotganlarida, ruhning o‘zini emas, balki sochilgan substansiya ruhdan tarqalgan aks-sadoni go‘yo uning zohirini o’zoqdan ovlayaptilar deb e’tirof etadi. Vundt materiya tabiatshunoslikning yordamchi tushunchasi bo‘lgan materiya singari, ruh ham psixologiyaning yordamchn tushunchasidir, deb hisobladi, Vundt faqat ruhning substansionalligini dolzarblik bilan almashtiradi, xolos.
Shunday qilib, empirik psixologiya dastlab ruhni o‘rganish ob’ekti sifatida olishni rad qilgan bo‘lsa ham, lekin keyinchalik uning eng yirik vakillari oqibat-natijada o‘z nazariy mulohazalariga asosan ruhni tan olishgacha bordilar. Empirik psixologiyaning vakillari ongni uning moddiy asosidan, inson faoliyatidan ajratib qo‘ydilar.
Bu psixologiya vakillarining psixik hodisalarni qanday bo‘lmasin materialistik talqin qilishdan chetlashishga intilganliklari, materializmga har qanday yaqinlik shubhasidan tashqarida bo‘lishga intilganliklari (masalan, Djems) empirik psixologiyaning tamomila idealistik maqsadlarni ko‘zlaganidan dalolat beradi. Ularning har biri hattoki psixologiyaning vazifasi materializm bilan kurashdan iborat deb bilganlar.
Rossiyada ham empirik psixologiya idealizm bilan sug‘orilgan edi. Rus psixologiyasidagi bu yo‘nalishning vakillari N. Ya. Grot, A.N.Vvedenskiy, Lopatin, Losskiy, Frank va boshqalar edilar.
Ayniqsa o‘sha vaqtda katta eksperimental ishlarni amalga oshirgan eng yirik psixologiya institutining tashkilotchisi prof. G.I.Chelpanov nomi shuhrat qozongan edi.
Empirik psixologiyadan asosan idealistik filosofiyani asoslash va materializm bilan kurash uchun foydalanilardi. Oliy, o‘rta va pedagogik o‘quv yurtlarida psixologiya o‘qitish ishlari ham idealistik ruhda olib borilardi.
To‘g‘ri, empirik va eksperimental psixologiyaning bir qancha namoyandalari (masalan, N.N.Lange, A.F.Lazurskiy) psixologiyani hech qanday falsafiy nazariyalar bilan bog‘lamasdan, psixologik tajriba dalillaridan hech qanday falsafiy xulosalar chiqarmasdan oyoqqa turg‘izishga urindilar; boshqalari esa (masalan, A.P.Nechaev) empirik psixologiya dalillarini bevosita pedagogik amaliyot bilan bog‘lashga intildilar. Aslida esa ularning hammasi idealizmni targ‘ib qildilar.
Empirik psixologiya psixik hodisalarni tasvirlash va analiz qilish asosida materializmning yaroqsizligini isbotlashga, shunday qilib idealistik filosofiyani fanga o‘xshatib asoslashga urindilar