“Biz yer sayyorasidanmiz” mavzusida yozilgan o’tkir zehnlilar bahs-munozara senariysi.
Sahnaga 6 ta materik (o’quvchilar) chiqadi.
1.Afrika (o’quvchi)
Tabiatim juda boy,
O’ta issiq havom bor,
Yashasangiz bag’rimda,
Qoralikdan qilmang or.
Fil, begimot, karkidon,
Quvalashib suvga tushar,
Odamsimon maymunlar,
Tinmay halunchak uchar.
2.Avstraliya (o’quvchi).
Bilasizmi bolalar,
Dunyoning bir chetida,
Paydo bo’lgan ajib joy,
O’rmonlarning ortida.
Chor tarafi orol-u,
Qurshaydi cheksiz ummon,
Shakli ham bu qit’aning,
O’yilgan yurakmsimon.
3.Antarktida (o’quvchi).
Ko’l va daryolarim yo’q meni,
Derlar dunyoning oq materigi,
Zim-ziyo, qora, sirli nomimni,
Esga olmaydilar, muz konimni.
4.Janubiy Amerika(o’quvchi)
Panama bo’yni chog’lar,
Doo’stim meni chog’lar,
Qirg’oqdan eng yosh ummon,
Qirg’oq bo’yin so’roqlar.
Shaklim meni uchburchak,
And tog’im quchgan falak,
Mo’jizakor tabiatim,
Go’yo quruq bir ertak.
5.Shimoliy Amerika(o’quvchi)
Maydon kattaligida,
Uchinchidan turaman,
Sayyoh yashar nomimda,
Davru-davron suraman.
Tabiatim qoshimga,
Shaklim do’stimga o’xshar,
Sayyohlar kashf etibdi,
Izlab mendan oltin-zar.
6.Yevrosiyo(o’quvchi)
Menman Yevrosiyo barcha biladi,
Qirg’og’im to’rtala okean yuvadi,
Egri-bugri qirg’og’im – g’arbiy qismim.
Mo’jizakor asli, bu mening jismim.
Kurrada eng katta materik o’zim,
Shimolni yaxshiroq ko’radi ko’zim.
Yevropa va Osiyoni birlashtiraman,
Ummon-u tog’larni sirlashtiraman.
II-sahnaga “Globus” guruhi chiqadi, tabrik so’zlarini aytadi va o’zini tanishtiradi.
1-o’quvchi. Globusda aks etgan,
Ona zaminni shakli.
Jahonga dong’i ketgan,
O’zbekistonning asli.
2-o’quvchi. Geografiyani bilsaangiz,
Siz olamni billasiz.
Ming xil o’simliklarning
Turlarin o’rganasiz.
3-o’quvchi. Yer haqida bizga geografiya
Dunyo sirlaridan beradi saboq.
Bir kunda olamda ne bo’lar zohir
Tabiatning og’riqlarin etadi ogoh.
4-o’quvchi. Globusni yaratgan Beruniydir, bobomiz
Bilimlarni egallab biz ham dono bo’lamiz
(o’quvchilar bilan)
Bir kurrada olti materik
Oltovi ham aka-ukadek
Bularning kattasi Yevrosiyodir
Qalayi, volfram, oltinga boydir.
Ikkinchi o’rinda Afrika borar
Unda Nil doimo xayqirib turar.
Uchinchi o’rinda Shimoliy Amerika
Uni o’rab turar Tinch, Atlantika.
Janubiy Amerika to’rtinchim o’rinda
Mis va qo’rg’oshini bor konida.
Antarktidani muz qoplab yotar
Mixail Lazarev aylanib o’tar.
Oltinchi o’rinda Avstraliya
Shimoliy-sharqida bor okeaniya
Bular orasida 4 ta okean
Juda ko’p olimlar ta’kidlab o’tgan.
(O’quvchilar qutlov va tilaklar bildiradilar).
So’ngra sahnaga “Beruniy” guruhi chiqadi va sahnaga Beruniy o’quvchisi chiqadi.
“Beruniy” Men Beruniy tug’ildim Xorazmda
Dunyo ko’rdim Keshdek shahri azimda
973-yil 4-sentabrda
Bilsangiz hozirgi Qoraqalpog’istonda
Yoshligimdan ilmga chanqoq edim
Katta bo’lam bir zo’r olim bo’lay dedim
Umr bo’yi ilm o’rganib odam bo’ldim
Yillar o’tdi el tanigan olim bo’ldim
Yashash joylar iqlimini bo’lib ko’tdim
Kengligi va uzunligin o’lchab ko’rdim
Bu ishlarim bir kun kelib ayon bo’lar
Olimlar ham bu ishlardan xayrat olar
Men faqat geografiya fanin emas
Filologiya, Falakiyotga ham qo’ydim ixlos,
Fanlar taraqqiyoti xalqlar urf-odatin
Barcha xalqlarning o’rgandim etnografiyasin
Bu haqda men asar yozib qo’lim toldirdim
Asarimki “Hindiston” deb nomlab qoldirdim
Kelajak avlodlarim o’qib yursin G’ururiy
O’zim tanishtirdim Abu Rayxon Beruniy
1-o’quvchi. Bobomiz Beruniy sevgan edi bu fanni
Tayyor edi xalq uchun berishga jonni
Geografiya sirini o’rgangandir bobomiz
Eng birinchi globusni yaratgandir bobomiz
Bu globus tufayli tanildilar dunyoga
Biz ham shu nomni oqlab tanilgaymiz sizlarga
2-o’quvchi. Beruniydan so’z ketsa tugamaydi so’zlarim
Beruniyni eslasam, olg’a boshlar do’stlarim
Men yershunos bo’laman, tekshiraman yer sharing
Bir kun aytib beraman, uning hamma dardlarin
Mehribon ona deya bag’riga qo’l solaman
Bir kichik farzand bo’lib, ko’ngillarni olaman.
3-o’quvchi. Istagim yer shariga yetmagan zot bo’lmasin
Biz uni e’zozlaylik, yerimiz hech tolmasin
Mana dardingga shifo, yerjon ingrama deyman
Istimalab hech qachon, og’rib tebranma deyman.
4-o’quvchi. Olg’a yuramiz har on
Qaytmagaymiz begumon
Safarimiz olisda
Tugamaydi ilm-u fan
Al-Beruniy bobomiz
Saqlagay o’z nomini
Biz ham ularga o’xshab
Oqlagaymiz nomini
So’ngra o’quvchilar bilan savol-javob qilinadi. She’r, raqs va qo’shiqlar ijro etiladi va bahs-munozara yakunlanib, o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: |