Unitar korxona nima? J. o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot hisoblanadi.Unitar korxonaning mol-mulki bo‘linmasdir va u qo‘shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo‘yicha, shu jumladan korxona xodimlari o‘rtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas.
42. Bankrotlik alomatlari deb nimaga aytiladi? J. Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e'tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmaganligi
43. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida qancha miqdorini tashkil etadigan bo‘lsa, iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin? J. 300
44. Pul majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga kimlar ega? J. qarzdor, kreditor va prokuror
45. Majburiy to‘lovlar majburiyatini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga ega? J. qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar
46. Ikkitadan-toʼrtagacha xoʼjalik yurituvchi subʼekt faoliyat yuritayotgan bozor turi qanday nomlanadi? J. Oligopoliya.
47. Xususiy korxona nima? J. Xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakli bo‘lib, unda mulk egasi bitta shaxs yoki oila bo‘ladi va o‘z faoliyatidan kelgan daromadga to‘liq egalik qiladi.
48. Oʼzbeksiton Respublikasining amaldagi “Raqobat toʼgʼrisida”gi qonuni qachon qabul qilingan? J. 2012
49. Bozor iqtisodiyotida mahsulot(tovar) narxi oshib ketadi, agar: J. Talab taklifdan yuqori boʼlsa
50.