1. Biznes – bu: J: ruxsat etilgan, jamiyat a`zolariga naf keltiruvchi faoliyat bilan shug’ullanib, pul, daromad topishni bildiradi;
2. Tadbirkorlik – bu: J; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish) yo`li bilan tavakkal qilib, o`z mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati;
3. Biznesmen – bu: J; biznes bilan shug’ullanuvchi shaxs
4. Tadbirkor – bu: J. yuridik shaxs bo`lmasdan doimiy asosda tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxs
5. Biznes qilishdan maqsad: J. xarajatdan ko`ra ko`proq daromad olishdir vafoyda olish va uni muttasil oshirib borishdir
6. Quyida qayd qilinganlarning qaysi biri biznes qilishning g’ayri qonuniy usullari hisoblanadi? j. poraxo`rlik va o`g’rilik, narkotik moddalar bilan shug’ullanib pul toppish, qalloblik va tovlamachilik.
7. Quyida qayd qilinganlarning qaysi biri tadbirkorlik tamoyillari bo`lib hisoblanadi? j. iqtisodiy erkinlik va mas`uliyat. iqtisodiy tavakkalchilik.mulk sohibi bo`lish.
8. Tadbirkorlik siri deganda tadbirkorning: j. yangi texnologiyani qo`llashni mahfiy tutishi tushuniladi
9. Tadbirkorlik nufuzi deganda tadbirkorlikning: j. tadbirkorlik doirasida obro`-e`tiborli bo`lish tushuniladi
10. Quyida qayd qilingan pul topish yo`llarining qaysi biri tadbirkorlikka kirmaydi? j. yerni ijaraga berib, renta orqali pul toppish. pulni bankka qo`yib, foiz orqali pul toppish. yollanib ishlash orqali pul topish
11. Yuridik shaxs – bu: j. o`z mulki, balansi, muhri, nomi, ta`sischilari, ustaviga ega bo`lgan korxona
12. Mulk shakllariga qarab korxona quyidagi turlarga bo`linadi: j. xususiy korxona, jamoa korxonalar, davlat korxonalari, aralash korxonalar
13. Ish ko`lamiga qarab korxonalar quyidagi turlarga bo`linadi: j. yirik korxonalar, o`rta korxonalar, kichik korxonalar
14. Faoliyat sohasi va ixtisoslashuviga qarab korxonalar quyidagi turlarga bo`linadi:
j. qishloq xo`jaligi korxonalari, sanoat korxonalari, qurilish korxonalari, xizmat ko`rsatish korxonalari
15. Xolding kompaniyasi – bu: j. Mulk egalari tomonidan bir nechta mustaqil aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilishi maqsadida tashkil etilgan xissadorlik jamiyatidir
16. Konsalting firma deganda: j. ishlab chiqarishga ish yuzasidan maslahat xizmati ko`rsatish va texnikaviy loyihalarni ekspertiza qilish bilan shug’ullanuvchi korxonalari tushuniladi
17. Tadbirkorlik subyektlari to’g’ri ko’rastilgan qatorni toping