Biznes asoslari fanidan ii-kurslar uchun



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə55/150
tarix16.12.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#181713
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   150
Biznes asoslari to\'PLAM

19-MAVZU: : “Start-up” loyihalari va ularning ahamiyati

REJA:



1.Start-up” loyihalarining mazmuni, tayyorlash jarayoni.
2.“Start-up” loyihalarining muvaffaqiyatga erishish shartlari.
3.Xorijiy mamlakatlar va O’zbekistondagi muvaffaqiyatli “start-up” loyihalari tajribalari.


STARTAP NIMA?
Biznes loyihalardan biri – startapdir. Hozirga qadar dunyoda muvaffaqiyatli amalga oshgan yirik startaplarga «Hewlett-Packard» (asoschilari – Devid Pakkard va Uilyam Xyulett), «Microsoft» (asoschilari – Bill Geyts va Pol Allen), «Apple Computer inc.» (asoschilari – Stiv Jobs va Stiv Voznyak), «Google» (asoschilari – Lerri Peyj va Sergey Brin)ni misol keltirish mumkin.
Startap (ingl. startup company, startup – harakatni boshlayotgan) – o‘z faoliyatini innovatsion g‘oyalar yoki texnologiyalarga asoslangan holda yurituvchi yangi tashkil etilgan kompaniya, firma yoki biznes loyiha.
Startaplarning yaratilishi, muvaffaqiyatli rivojlanishi va faoliyatining davom etishi sabablaridan biri – yirik korporatsiyalarning kamharakatligi va sustkashligidir. Chunki ular o‘zlari yo‘lga qo‘ygan mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan band bo‘lib, yangi mahsulotlarni yaratish bilan shug‘ullanmaydilar. Startapni yaratishda yangi g‘oya asosiy resurs hisoblanadi.
Bu g‘oyaning muvaffaqiyat omili – uning foydaliligidir. Startapning muvaffaqiyatiga
uning tashkilotchilarining yoshi, g‘oya va ish bilan qiziqishi hamda mashaqqatli mehnati ham ta’sir ko‘rsatadi. Loyihani amalga oshirish uchun moliyaviy mablag‘larning yetishmasligi hamda kompaniyaning hali bozorda mustahkam bo‘lmagan holati startapning xususiyatli jihatlari hisoblanadi.
STARTAPNI MOLIYALASHTIRISH MANBALARI
Startapni moliyalashtirish manbalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
– biznes-angellar;
– venchur fondlar;
– tanishlar va qarindoshlar.
Biznes-angellar (ingl. angel, business angel, angel investor va boshqalar) – biznesga, odatda, g‘oyaning shakllanishi bosqichidan boshlab investitsiya kirituvchi xususiy shaxslar. Ular kompaniyaning ishiga aralashmaydilar, o‘zlari kiritgan mablag‘larni ham zudlik bilan qaytarilishini talab etmaydilar. Kompaniya startapiga qo‘yilgan investitsiya biznes-angellarning asosiy daromad manbai emas. Shunga ko‘ra, ularning maqsadi uzoq muddatli istiqbolda foyda olish hisoblanadi.

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin