Biznes boshqaruv asoslari



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/168
tarix07.01.2024
ölçüsü8,69 Kb.
#209592
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   168
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

Ijtimoiy ehtiyojlar: 
• ijodiy mehnatga 
• oila va muhabbatga 
• bilim va axborotga 
• toat-ibodatga, jasoratga 
• zurriyotni davom ettirishga 
• tartib va barqarorlikka 
• bo‘sh vaqt va dam olishga 
• o‘zlikni anglashga 
2. 
Ijtimoiy ehtiyojlar: 
• barqarorlikka 
• ishonchga 
• mustaqil taraqqiyotga 
3. 
Rag‘bat va talablar: 
• moddiy 
• sotsial 
• estetik 
3. 
Rag‘bat va talablar: 
• zamonaviy ishlab chiqarishga 
• ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotga 
• rahm-shafqatga 


qondirilgan) kishi bu unumli (samarali ishlaydigan) kishi” emish. Bunday o‘ylash, albatta, 
noto‘g‘ri va soddaliqdir. 
Bu model 
Maslou
va 
Xesberg
yondoshuvlariga asoslangan bo‘lib, uzoq muddatli 
motivatsiyani ta’minlovchi omillar sifatida nafaqat ichki omillar, shuningdek, tashqi omillar 
ham muhim deb qaraladi. 
2.2. Qanday qilib firmalar ishdan qoniqishi va motivatsiyani ta’minlab beradilar? 
Motivlashtirish strategiyasini tanlashda uchta yondoshuv mavjud: 
1. Rag‘batlantirish va jazo 
strategiyasi: ya’ni, kishilar mukofot olish uchun ishlaydilar: 

kim ko‘p va yaxshi ishlasa, unga yaxshi haq to‘lanadi;

kim undan ko‘p ishlasa, shunchalik ko‘p haq to‘lanadi; 

kim sifatsiz ishlasa, u jazolanadi. 
2.
 
Ish orqali motivlashtirish:
xodimga uni qoniqtiradigan ishni bersangiz bas, ijro etish 
sifati yuqori bo‘ladi. 
3.
 
Menejerlar bilan doimiy aloqada bo‘lish
strategiyasi: bo‘ysunuvchilar bilan birga 
maqsadni aniqlab olish, unga 
ijobiy aks aloqa
ga imkon berish, hattoki u to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, 
yohud yanglishgan hollarda ham. Bu motivlashtirish modeli rahbar bilan xodim o‘rtasidagi 
munosabatni tahlil qilish va unga ustuvorlik berishga asoslanadi. 
Motivlashtirishning quyidagi usullari qo‘llaniladi: 

pulni rag‘batlantirish va mukofotlash sifatida ishlatish;

jazolash;

raqobatni kuchaytirish;

ish orqali motivlashtirish;

yutuqni tan olish va taqdirlash; 

xodimlarni o‘qitish va yuksaltirish;

salbiy ta’sirni cheklash va meyorlash;

guruh mehnatini mukofatlash va rag‘batlantirish;

xodimlarni boshqarish ishlariga jalb etish
va h.k. 
Amerikalik ruhshunos Abraxam Maslou XX asrning 40-yillarida o‘zining ehtiyojlar ustunligi 
nazariyasini yaratib, kishilar o‘z motivlari jarayonida ehtiyoj va qiziqishning 5 turiga tayanadilar 
dedi. Birinchi o‘rindagi ehtiyojlar - bu bazis ehtiyojlar, ya’ni yashashni ta’minlash uchun zarur 
bo‘lgan ehtiyojlar. A. Maslouning fikricha, inson, eng avvalo ana shu bazis ehtiyojlarini 
qondirish uchun ishlaydi. Bazis ehtiyojlar, ya’ni oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, uy-joyga, 
uyquga bo‘lgan ehtiyoj qondirilsa, boshqa darajadaga ehtiyojlar ham asta-sekin ahamiyat kasb 
etib boradi. Masalan, xavfsizlikka, ya’ni tinchlik, tartib, himoyaga bo‘lgan ehtiyoj ham 
birlamchi bosqichdagi ehtiyojning yangi darajasidagi zaruriyatdir. Biron ijtimoiy guruhda 
bo‘lish, boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji ierarxiyaning uchinchi bo‘g‘iniga 
kiradi. Bu guruhdagi ehtiyojlarni sotsial ehtiyojlar deb ham yuritiladi. Hurmatga bo‘lgan ehtiyoj 
ehtiyojlar piramidasining to‘rtinchi bo‘g‘inini tashkil qiladi. Bu ehtiyojlar kishining boshqalar 
tomonidan tan olinishiga bo‘lgan ehtiyoj, ya’ni mavqe, nufuz, shon-shuhrat, muvaffaqiyat, 
diqqat-e’tibor. O‘zligini isbotlash ehtiyoji, ya’ni Maslou ierarxiyasidagi eng yuqori daraja 
yashirin imkoniyatlarning haqiqatga aylanishi, nimaga erishish mumkin bo‘lsa, shunga erishish. 
Bu ehtiyojlar shaxsning o‘sishida o‘z aksini topadi. A. Maslou, odamlar - bu qonmagan 
ehtiyojlarini qondirishga intiluvchi “ochko‘z maxluq”lar, degan edi. 
Birlamchi ehtiyojlar qondirilgach, boshqa zaruriyatlar kishilarni yuqori darajadagi 
ehtiyojlarga qarab harakat qilishga majbur qiladi. Ho‘sh, bu ehtiyojlarni qondirish uchun rahbar 
qanday usul va yondoshuvlarni qo‘llashi kerak. Shularning ayrimlarini quyidagi jadvalda 
keltiramiz (3-jadval). Bu ehtiyojlarni hech qachon to‘la-to‘kis qondirish imkoniyati bo‘lmaydi. 
Shu sababli ehtiyojlarga asoslangan motivatsiya jarayoni cheksizdir. 

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin