Biznes boshqaruvi va statistika


“Ipoteka-bank” ATIBning O’zbekiston iqtisodiyotidagi o’rni. “Ipoteka-bank” ATIB Surxondaryo filialining tashkiliy strukturasi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/12
tarix19.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#117810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
HISOBOT

1. “Ipoteka-bank” ATIBning O’zbekiston iqtisodiyotidagi o’rni. “Ipoteka-bank” ATIB Surxondaryo filialining tashkiliy strukturasi.
“Ipoteka-bank” ATIB aksiyadorlik tijorat banki 2005-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda “Ipoteka-bank” ATIB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi6.
Soha parametrlari bo‘yicha mijozlar bazasining diversifikatsiya qilingan tuzilmasini shakllantirish, tarif siyosatining o‘rtacha bozor darajasiga yo‘naltirilganligi, uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va mijoz biznesini samarali qo‘llab-quvvatlash – mijozlar borasida bank olib boradigan siyosatning asosiy yo‘nalishidir.
Bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha hududiy tarmoqni kengaytirish bank faoliyatining mintaqaviy ekspansiyasi strategiyasida muhim omil sanaladi. “Ipoteka-bank” ATIBning barcha filiallari bank xizmatlari sonini ko‘paytirib, yangi mijozlarni jalb qilgan holda mintaqaviy bozorlarda faol ishlamoqda. Qayerda joylashganligidan qat'iy nazar bankning barcha ofislarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari imkon qadar yuqori bo‘lishi va zamon talablariga to‘liq darajada javob berishi yo‘lida bank o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bank tizimida tatbiq etilgan zamonaviy axborot texnologiyalari filiallarda mijozlar Bank taqdim etadigan barcha xizmatlardan foydalanishlari uchun keng imkoniyat yaratadi.
Bank xizmatlari ko‘rsatishning yagona standartlari tatbiq etilgan, bankning joriy faoliyati va xizmatlari to‘g‘risida axborot muntazam chop etib boriladi, shuningdek bank xalqaro va milliy ko‘rgazma va anjumanlarning faol ishtirokchisidir. Bankning turli assotsiatsiya, birja va kliring markazlariga a'zoligi unga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish, yangi va innovatsion bank xizmatlarini tatbiq etish jarayonlarida, shuningdek bank xodimlarining malakasini oshirish dasturlarida ishtirok etish imkonini beradi.
Bankning o‘z obro‘-e'tibori va mavqeini oshirishga intilishi so‘nggi yillardagi faol marketing va reklama faoliyatida namoyon bo‘lmoqda.
“Ipoteka-bank” ATIB bozor munosabatlari sub’ekti sifatida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ularning o‘rni quyidagi holatlarda yaqqol nomoyon bo‘ladi:
1. “Ipoteka-bank” ATIB iqtisodiyotni kreditlash faoliyati bilan shug‘ullanadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hajmi oshadi. Bu esa pirovard natijasida mamlakatning iqtisodiyotining rivojlanish ko‘rsatkichi bo‘lmish YAIM ning kengayishiga olib keladi.
2. “Ipoteka-bank” ATIB iqtisodiyot sub’ektlari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
3. “Ipoteka-bank” ATIB davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirishda faol ishtirok etadi.
4. “Ipoteka-bank” ATIB boshqa banklar qatori Markaziy bankning pul – kredit siyosatini amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi.
“Ipoteka-bank” ATIBning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko‘pqirrali bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:

  • jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etadi;

  • qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoji mavjud xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga qaytarishlik, to‘lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida mablag‘lar beradi;

  • milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi;

  • pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi;

  • iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o‘rtasida hisob – kitob va to‘lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi;

  • bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini amalga oshiradi;

  • aholiga va mijozlarga depozitar xizmatlarini taklif etadi.

“Ipoteka-bank” ATIBning iqtisodiyotdagi o’rniga ta’sir qiluvchi omillar:
1. Aholi va mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchining mustahkamligi. Ipoteka bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib o‘tilgan qisqa davrda yig‘ilgan tajribalarning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining asosiy o‘zagi asosan o‘zaro ishonch va halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni aholi va mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchi yo‘qolishi bilan bog‘lab ko‘radigan bo‘lsak, banklarga nisbatan ishonch yo‘qolishi oqibatida ularning jamiyatdagi rolini pasayishiga olib keladi.
Aholi va mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchining zaifligiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:

  • bankning mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasa;

  • aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa naqd pulga bo‘lgan talabi to‘liq va o‘z vaqtida qondirilmasa;

  • mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha mablag‘lar qoldig‘i va aylanmalari haqida bank siri ta’minlanmasa;

  • mijozlarning pul o‘tkazmalarini istalgan paytda va zarur miqdorda tegishli manzilga o‘tkazilmasa;

  • bankda omonatlarni saqlashning iqtisodiy manfaatdorligi pasayib ketishi va boshqalar.

Mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va bozor mexanizmlari samaradorligini oshirish lozim. “Ipoteka-bank” ATIBning xo‘jalik sub’ektlariga kreditlarni berishda, mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini qondirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bularning barchasi bankning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish lozimligidan dalolat beradi.
Bankning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning sayi harakatlari, balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va raqobatbardoshligi bevosita ta’sir qiladi. Chunki, bank milliy iqtisodiyotdan ajralgan holda, alohida sub’ekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas.
Bankning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini, ya’ni ularning rolini real sektorni kreditlash munosabatlari misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Mamlakat real sektori ishtirokchilari bank kreditiga nisbatan doimiy ravishda ehtiyoji mavjud bo‘lib, ushbu ehtiyoj ayniqsa, iqtisodiy inqiroz sharoitida ortib ketadi. Inqiroz sharoitida iste’mol tovarlarga nisbatan talabning hamda tovar va xizmatlar bahosining pasayishi, davlat buyurtmalari hajmining qisqarishi, debitorlarning to‘lovga layoqatsizligi korxonalarda qo‘shimcha moliyaviy resurslarga bo‘lgan kuchli talabni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Albatta, ushbu talab to‘lig‘icha banklarning kreditlari hisobidan qondirilishi, birinchidan, maqsadga muvofiq emas. Ikkinchidan, banklarda iqtisodiy inqiroz sharoitida ushbu ehtiyojni qondirish uchun yetarli moliyaviy resurslarning taqchilligi paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, eng muhimi bank tomonidan berilgan kreditlarning to‘liq qaytmaslik xavfi, ya’ni kredit riski vujudga keladi. Shu bois, iqtisodiy inqiroz sharoitida banklarning kreditiga talab yuqori bo‘lsada, banklar kredit quyilmalari hajmini oshirishga moyillik sezishmaydi. Bu bankning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga emas, balki bank ham tijorat muassasa sifatida asosiy e’tiborini iqtisodiy manfaatdorlik olishga qaratishini, eng muhimi bank risk asosida kredit sifatida beradigan mablag‘lari o‘z mablag‘lari emas, balki chetdan jalb qilingan boshqa shaxslarning mablag‘lari hisobiga faoliyat yuritayotganligini unutmaslik lozim.
O‘z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishi va raqobatbardoshligi mamlakatda barqaror va samarali bank tizimining tashkil etilganligi bilan bevosita bog‘liqdir. Bir so‘z bilan aytganda, banklar va milliy iqtisodiyot bir – biridan ayri holda rivojlanishining imkoniyati mavjud emas. Ular biri – birini to‘ldirgan holda, bir – biriga o‘zaro hamoxang tarzda rivojlanib va takomillashib boradigan iqtisodiy– moliyaviy sub’ektlar hisoblanadi.
Bank Kengashining bankni boshqarish vazifasini yanada samaraliroq amalga oshirish maqsadlari hamda bank faoliyatini nazorat qilish majburiyatlarini bajarish uchun bank Kengashi huzurida uning vakolatlariga kiruvchi eng muhim masalalarni ko‘rib chiqadigan va tavsiyalarni ishlab chiqadigan bo’limlar faoliyat ko‘rsatadi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin