4. ATIB “Ipotekabank” bankining istiqboldagi rivojlanish yo`nalishlarini o’rganish. Bankning strategik maqsadi Respublika moliya bozoridagi yetakchilik mavqeini hamda yillar davomida to’plangan boy tajribani saqlab qolishga qaratilgan. 2016 yilda Ipoteka-bank o’z faoliyatini yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga, xizmatlar sifatini yuksaltirishga, taklif etila yotgan xizmat turlarini bank mijozlari uchun qulay va manfaatli tarzda kengaytirishga, ishlab chiqarishni modernizasya va diversifikasya qilish jara yonlarida faol ishtirok etishga yo’naltiradi.
Bank rivojlanish strategiyasi:
Xalqaro standartlarga muvofiq bankning kapitallashuv, barqarorlik va likvidlilik darajalarini yanada oshirish.
Bank aktivlari, jumladan kredit portfelini yanada o’stirish va sifatini yaxshilash, xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish.
Jozibador omonatlarni joriy qilish va doimiy ravishda yangilab borish orqali aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bo’sh pul mablag’larining bank depozitlariga jalb qilinishini rag’batlantirish.
Yangi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish, korxonalarni modyrnizaciya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo’yicha investiciya loyihalarini uzoq muddatli kreditlash mexanizmlarini, investiciya va kredit siyosatini yanada takomillashtirish.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash orqali “Sog’lom ona va bola yili” Davlat Dasturini amalga oshirishda ishtirok etish.
Strategik investorlarga sotish maqsadida Bank balansiga qabul qilingan iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash.
Aholi va xo’jalik sub’ektlariga ko’rsatilayotgan moliya-bank xizmatlari hajmi va turlarini kengaytirish.
Ipoteka -bank hisobi va hisobotini yuritish bo’yicha bankda zamonaviy texnologiyalar va uslublarni ishlab chiqish hamda amalga joriy qilish, moliya-bank va kredit axborotlari sifati darajasini oshirish, undan keng ommaning foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.
Ipoteka-bankning Respublika moliya sohasida eng jadal rivojlanayotgan muassasalardan biri sifatidagi maqomi saqlanib qolayotganligi va tobora mustahkamlanayotganligi, bank faoliyatining universalligi, keng mijozlar bazasi, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, filiallar tarmog’ining rivojlanganligi va kapitallashuv darajasining yuqoriligi – bularning barchasi tayanch tarmoqlar korxonalari va tadbirkorlar moliyaviy faoliyatini yanada yaxshilashga hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini to’liq bajarishga xizmat qiladi.
“Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki bugungi kunda 20 filiali va 39 ta mini-banki orqali mamlakatimizning barcha hududlarida yuridik va jismoniy shaxslarga keng koʻlamli xizmatlar koʻrsatib kelmoqda. Mijozlarga tezkor va qulay xizmatlar koʻlamini kengaytirish, eng avvalo, bank jozibadorligi va unga boʻlgan ishonchni oshirishga olib keladi. Bu borada “Ipoteka-bank” ATIB chakana xizmatlar bozorining eng jadal rivojlanayotgan segmenti, yaʼni plastik kartochkalar ommabopligini oshirish maqsadida, mijozlarga turli yechimlardagi kartalarni taklif etadi.
Jumladan, “Ipoteka-bank” ATIB 2019 yil boshidan NFC (kontaktsiz aloqa) tizimida ishlovchi “Mastercard” xalqaro plastik kartalarini toʻlaqonli emissiya qilishni boshladi. Shu turdagi kartalarga “IPOTEKA MOBILE” mobil ilovasi orqali cheklanmagan miqdorda xorijiy valyuta sotib olish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, “Ipoteka-bank” ATIBning barcha terminallari hamda 24/7 rejimida ishlovchi bankomatlari orqali naqd xorijiy valyutani yechib olish imkoniyati yaratilgan.
Shu bilan birga, “Mastercard” kartalarining keng imkoniyatlarini yetkazib berish maqsadida, “Mastercard Europe S.A.” kompaniyasi bilan hamkorlikda aksiyalar tashkillashtirilib kelinmoqda. Mazkur aksiyalar doirasida 7000 ga yaqin mijozlarga bepul Mastercard kartalari ochib berildi hamda 90 dan ziyod mijozlarga har xil turdagi maxsus sovgʻalar taqdim etildi. Hozirda asosiy sovgʻa Neksiya III yengil avtomobili oʻz egasini kutmoqda. Kelajakda “Mastercard Europe S.A.” kompaniyasi bilan hamkorlikda koʻplab shu turdagi aksiyalar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, “Ipoteka-bank” ATIB “Visa Classic”, “Visa Gold”, korporativ mijozlar uchun “Visa Business” kartalari hamda milliy valyutadagi “Humo” va “UzCard” kartalarini ham mijozlarga taklif etadi.
Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi hamkorlik ijobiy surʼatlar bilan rivojlanib bormoqda, jumladan, Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi (XSRIK) va Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (XISMK) kabi moliyaviy muassasalar bilan olib borilayotgan ishlarni taʼkidlash joiz. Yuqorida keltirilgan muassasalarning moliyalashtirishi hisobidan qurilish, qishloq xoʻjaligi, infratuzilma va transport sohasidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Mamlakat rahbariyati tomonidan respublika vazirliklari va idoralari, shu jumladan, tijorat banklariga istiqbolli loyihalarni keyinchalik moliyalashtirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish vazifasi yuklatilgan. Qoʻyilgan vazifalarni ijro etish maqsadida “Ipoteka-bank” ATIB tomonidan XSRIK va XISMK bilan birgalikda Murobaha tamoyili asosida moliyalashtirishni jalb etish maqsadida muayyan ishlar olib borildi.
“Ipoteka-bank” ATIB delegatsiyasining Jidda (Saudiya Arabistoni Qirolligi) shahriga rasmiy tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish uchun XSRIK bilan 10,0 mln. AQSH dollari va XISMK bilan 6,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi kelishuvlar imzolandi. XSRIK bilan kelishuv Oʻzbekiston Respublikasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga texnologik uskunalar va asosiy vositalarni xarid qilish uchun 5 yilgacha boʻlgan muddatga uzoq muddatli moliyalashtirishni jalb etish imkonini beradi.
XISMK bilan kelishuv Oʻzbekiston Respublikasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablagʻlarni toʻldirish (xomashyo va tovarlarni xarid qilish) uchun 1 yilgacha muddatga moliyalashtirishni jalb etish imkonini beradi. Bular “Ipoteka-bank” ATIBning toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha ilk bitimlari boʻlib, Bank boshqa moliya muassasalari bilan liniyalarni jalb etish yuzasidan ishlarni davom ettirmoqda.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va hamkorlik ruhida ijobiy surʼatlar bilan rivojlanib bormoqda. Shu oʻrinda, Xitoy Eksimbanki kredit liniyalarini jalb etish sohasidagi hamkorlikni alohida taʼkidlab oʻtish kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 02 maydagi “2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2947-sonli Qaroriga muvofiq 2017 yildan “Ipoteka-bank” ATIB tomonidan gidroelektrostansiyalar qurilishi va ularning modernizatsiya qilish boʻyicha jami 9ta loyihalarni moliyalashtirish maqsadida, Xitoy Eksimbankining umumiy qiymati 144,4 mln.AQSH dollariga teng kredit liniyalari jalb etildi.
Joriy yilda 2ta yangi KGES ishga tushirildi. (Tuyaboʻgʻiz suv ombori qoshida, KGES 2019 yil mart oyida ishga tushirildi, stansiya quvvati 12 MVT va yillik oʻrtacha elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 41,2 mln. kVt.s.ni tashkil etadi, Katta Fargʻona kanalidagi KGES kaskadi 2019 yil iyun oyida ishga tushirildi va yillik oʻrtacha elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 72,8 mln.kVt.s.ni tashkil qiladi) va 3ta yangi KGESlarni barpo etish va 4ta KGESlarni modernizatsiya qilish boʻyicha ishlar olib borilmoqda, ularning 2020 yil oxirigacha ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 maydagi 275-sonli hamda 276-sonli Qarorlari ijrosi doirasida Pekin shahrida oʻtkazilgan, Oʻzbekiston RespublikasiBosh vaziri A.N.Aripov boshchiligidagi hukumatlararo komissiya ishi jarayonida “Ipoteka-bank” ATIB va Xitoy Eksimbank oʻrtasida “Chirchiq GES kaskadi(GES-10)”UK, “Samarqand GES kaskadi(GES-2B)” UK va “Toshkent GES kaskadi(GES-1)” unitar korxonalarini modernizatsiya qilish,“Samarqand viloyati Dargʻom kanalida Shaudar kichikGES qurilishi, Dargʻom kanali 135+50 Piketida kichik GES qurilishi”loyihalarini moliyalashtirish uchun 65,5 mln. AQSH dollari miqdoridagi qarz kelishuvlari imzolandi.
Taʼkidlash joizki, yuqorida keltirilgan 5 ta gidroelekrostansiyalar qurilishi va modernizatsiya qilinishi boʻyicha moliyalashtirilayotgan loyixalar natijasida, stansiyalarning kelgusida yillik oʻrtacha elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 469,9 mln.kVt.s.ni tashkil qiladi.
Hozirgi kunda “Ipoteka-bank” ATIB, “Oʻzbekgidroenergo” AJ bilan hamkorlikda Respublikamizning Surxondaryo, Sirdaryo hamda Samarqand viloyatlarida gidroelektrostansiyalar qurish va modernizatsiya qilish loyihalariga 120,3 mln.AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni jalb qilish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Bugungi kunda “Ipoteka-bank” ATIB Surxondaryo filiali o’zida mijozlariga maksimal darajada keng ko’lamli moliyaviy xizmatlarni taklif etuvchi, ma’suliyatli hamda barqaror tashkilot degan nomga ega universal moliyaviy institutdir. Ko’p yillik mehnat tajribasi bankka mijozlarning salmoqli sonini shakllantirishga imkon berdi. So’nggi yillar davomida kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni, kasanachilikni, yosh oilalarni va kollej bitiruvchilarini qo’llab - quvvatlash bo’yicha davlat dasturlarida ishtirok etishning ijobiy tajribasi orttirildi. Bank biznes ko’lamini barqaror o’sishini namoyish etmoqda va aktivlar va mablag`lar hajmi va o’z moliyaviy natijalari va infratuzilmasining ko’lami bo’yicha mamlakatimizning yirik banklari qatoridan joy olishga muvaffaq bo’ldi. Ushbu o’sish O’zbekiston Respublikasi bank sohasining jadal rivojlanishi sharoitida ro’y berdi. Bugungi kunda bank o’zida mijozlariga keng ko’lamli xizmatlar taklif etuvchi universal moliyaviy institutni kasb etadi. Soha rivojlanishining ushbu bosqichida faqat an’anaviy bank mahsulotlari bilan amaliyot o’tkazish evaziga muvaffaqiyatga erishish ancha mushkul. Zamonaviy bank sohasida texnologiyalar va mijozlar istaklari tez sur’atlar bilan o’zgarmoqda, iqtisodiyot kundan-kunga narx-navoning o’zgaruvchanligiga va mavhumligiga duch kelyapti, banklar o’rtasidagi raqobat oldingiga nisbatan ancha kuchli, tartibga solishda talabchanlik ortmoqda, bank biznesining rentabelligi qisqarmoqda. Shu munosabat bilan, bank rahbariyati tomonidan, bankni zamonaviy yuqori texnologiyalarga asoslangan moliya institutga aylantirish bo’yicha ushbu strategik reja ishlab chiqilgan edi. Bozorda faoliyat yuritish mobaynida bank tomonidan o’tkazilgan ishlar: