Toshkent moliya instituti “Kredit-iqtisod” fakultetining talabasi, 1982-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, “Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati” a’zosi A.Obidovga TAVSIFNOMA
A.Obidov 2008-yilda Toshkent moliya institutining Kredit-iqtisod fakultetiga 1-kursga o‘qishga kirdi. Institutda tahsil olish davrida u intizomli, ziyrak va zukko talaba sifatida o‘zini ko‘rsatdi. O‘quv mashg‘ulotlariga jiddiy yondashadi va ularni qunt bilan o‘rganishga harakat qiladi. A.Obidov “Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati” a’zosi sifatida jamoat ishlarida ham faol qatnashadi va ilmiy anjumanlarda ishtirok etadi. A.Obidov aql-zakovat, bilimdonlik talab etiladigan har qanday ishda o‘zini ko‘rsata oladi va dadillik bilan harakat qiladi. U kamtarin va to‘g‘ri so‘z, do‘stlariga nisbatan doim g‘amxo‘r, mehribon bo‘lganligi uchun ham hamkurslari unga hurmat va ehtirom bilan qaraydilar. Tavsifnoma Toshkent moliya instituti Kredit-iqtisod fakulteti tomonidan O‘zbekiston Milliy Bankiga taqdim qilish uchun berildi.
Fakultet dekani N.Oblomurodov
5-topshiriq. Ma`lumotlardan foydalanib bankda ishlashingiz haqida ma’lumotnoma yozing.
Ma’lumotnoma: ma’lumotnoma rahbarlar ko‘rsatmasi yoki fuqarolar talabiga ko‘ra beriladi. Shaxsiy ma’lumotnomaning zaruriy qismlari: tashkilot nomi, berilgan sana, tartib raqami, ma’lumotnoma berilayotgan kishining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning mazmunini tashkil etuvchi qisqa matn, qayerga taqdim etilayotganligi, tashkilot rahbarining imzosi, familiyasi va tashkilot muhri bo‘lishi kerak.