Biznes muloqot va akademik yozuv


-MAVZU: IQTISODIY HUJJATLARNI YARATISH VA YOZISH



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə113/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

8-MAVZU: IQTISODIY HUJJATLARNI YARATISH VA YOZISH
1-topshiriq. Quyidagi arizalarga namunalar yozing:
a) ishga joylashish to`g`risida;
b) ishdan bo`shash to`g`risida;
v) o`quv (akadem) ta’til berilishi to`g`risida;
g) moddiy yordam so`rash to`g`risida
2-topshiriq. Tarjimai holning tuzilishiga e’tibor bering va tarjimai holingizni yozing. Tarjimai holingizdagi atoqli otlar (antroponim va toponim)ning ma’nosini izohlang.
Tarjimai hol qo‘lyozma holida bo`lib, unda quyidagi ma’lumotlar qamrab olinadi: muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, kuni, oyi va joyi, ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari, ma’lumoti, mutaxassisligi, o‘qigan, ishlagan joylari, jamoat ishlari, oilaviy ahvoli (turmush o‘rtog‘i, farzandlari) haqidagi ma’lumotlar, yashash manzili, yozilgan sana va imzo.

3-topshiriq. Ariza haqidagi ma’lumotlardan foydalanib, ishga kirish haqida ariza yozing.
Arizaning turlari: ishga kirish, ishdan bo‘shash, mehnat ta’tiliga chiqish, o‘z hisobidan ta’til so‘rash, moddiy yordam, davolanish yoki dam olish uchun yo‘llanma, farzandini bog‘chaga, maktabga berish uchun yoki shikoyat mazmunida yoziladigan hujjatlardir. Arizaning zaruriy qismlari: ariza yo‘llanayotgan tashkilot, rahbar familiyasi, ismi, otasining ismi, ariza matni, ilova hujjatlar ro‘yxati, ariza yozgan shaxsning imzosi, familiyasi va sanasi yozib ko‘rsatiladi.

4-topshiriq. Tavsifnoma haqidagi ma’lumotlardan foydalanib do‘stingizga tafsifnoma yozing.
Tavsifnoma korxona yoki o‘quv yurti ma’muriyati tomonidan beriladigan rasmiy hujjatdir. Unda tavsiflanuvchining ish, o‘qish, jamoatchilik faoliyati, ma’naviy-axloqiy fazilatlari aks etadi. Unda qayd etiladigan zaruriy ma’lumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, kuni, oyi va joyi, ma’lumoti, ishlagan lavozimlari, ish yoki o‘qish faoliyati davridagi yutuqlari, tashabbuskor va ijodkorligi, atrofdagilarga munosabati, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hujjatni tasdiqlovchilarning imzolari, familiyalari va lavozimlari, muhr va tasdiqlangan sana keltiriladi.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin