Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə109/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

2




3




4





1 Bozor va turizm manzillarini targ`ib qilish uchun, turistlarning munosabati, xatti-harakati va talabini o`rganish muhimdir. Levit, Kotler va Armstronlarning tadqiqotlari(1986) shuni ko`rsatadiki, iste’molchilarning xatti-harakatini tushunish turizm marketingida marketing rejalashtirish jarayoniga yordam berishi mumkin. Iste`molchilar xatti-harakati tadqiqoti turizm mahsulotlarini sotish, rag`batlantirish, rivojlantirishni olib boradigan barcha marketing faoliyatlarining tayanchidir(Swarbrooke and Horner,1999; Asad,2005). Shuning uchun, iste’molchi xatti-harakati tadqiqoti turizm marketingi uchun ahamiyatli bo`lib kelmoqda.

2 Romantik sayohatlar meni har doim hayranlantiradi va bizning Tailandga yaqinda bo`lgan sayohatimiz kutganimdek bo`ldi. Biz Dubaydan uchdik va zavqli parvozdan so`ng Bankokka endigina quyosh chiqayotgan paytda yetib keldik. Tog`li regionlarda yashaydigan mahalliy qabilalarga borishni rejalashtirayotgan Chang Mai tepaligiga yo`l olgunimizga qadar biz shaharda atigi 2 kun turdik. Biz yetib kelganimizda ob-havo dilni xira qilardi, lekin 1 kundan so`ng qattiq yomg`ir ochiq charaqlab turgan quyoshga yo`l berdi.

3 Antarktikaga ta’til sayohatlari so`nggi 10 yillikda 4 barobar ko`paydi va oxirgi yilda 46000 dan ziyod odamlar tashrif buyurishdi. Lekin, odamlarda nafis muz landshaftidagi xavfsizlik qo`rquvi va tashvishlari o`sib bormoqda va Antarktika Bitimi(28 mamlakat o`rtasidagi bitim) a’zolari hozirda turizmni boshqarish yo`llarini muhokama qilishga yig`ilishmoqda.

Britaniya rasmiylari Janubiy Qutb bo`ylab “Turizm uchun strategic kelishuv”ni joriy qilishga urinishmoqda. Agar muvaffaqiyatli kechsa, u bitim a’zolariga turist sayohatlarining xavfsizligini takomillashtiradigan yangi o`lchovlarni tanishtiradi va o`z navbatida,atrof-muhitning tashrif buyuruvchilarga ta’sirini kamaytiradi. Qoidalar tizimi kemalar sonini cheklaydi, qirg`oqqa yaqin kelishini cheklaydi, turistlarga qulay binolar va qit’ada mehmonxonalarni taqiqlaydi va kemalardan chiqayotgan chiqindilarni tartib soladi.

4Shu bilan birga, siyosiy istiqbol tomondan, mamlakat tabiati va turizm siyosati siyosiy-iqtisodiy tizim va ustuvor siyosiy ideologiyaga bog`liq, bozor va bozor va markazlashgan iqtisodiyot o`rtasida bo`ladigan solishtirish bilan birgalikda bo`ladi. Masalan, 1980-yilgi neo-liberalizmni ruhlantirgan Tetcher – Rigan va ko`plab G`arb mamlakatlarida bozorga va xususiylashtirishga berilgan keyingi e’tibor sobiq Sharqiy Yevropadagi markazlashgan turizm sektoridan to`laligicha farq qiladi(Buckley and Witt, 1990; Hall, 1991). Shu bilan birga,albatta, bir mamlakat bilan boshqa birining siyosiy-iqtisodiy aloqalari yoki kengroq xalqaro jamiyatlar turizmni rivojlantirishga ahamiyatli ta’sirko`rsatishi anchadan beri tan olinmoqda. Shunday qilib, muxtasar aytganda, manzilgohlarda turizmni rivojlantirish va rejalashtirish ham mamlakatning tuzumi va siyosiy idealogiyasida, ham uning xalqaro siyosiy-iqtisodiy aloqalarida aks etadi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin