Yog‘ ishlab chiqaruvchilar maqsadi: mahsulot hajminikamaytirish va jahonda narxlarni oshirish.
Kichik oilalarning ko‘rsatkichi oxirgi o‘n yillik ichida tezkor ravishda ko‘tarildi.
9-topshiriq.Matnni o‘qing. Iqtisodiy atamalarni daftaringizga yozing va izohlang.
Bozor iqtisodiyoti G‘arbda bozor iqtisodiyoti deganda, iqtisodiy yechimlar asosan markazlashmagan tarzda qabul qilinadigan iqtisodiyot tushuniladi. Bozor iqtisodiyotining faoliyat ko‘rsatishi asosan bozor mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. G‘arb adabiyotida bozorning ko‘pgina ta’riflari mavjud. Lekin ularning hammasi shundan iboratki, bozor mustaqil ravishda qarorlar qabul qiluvchi alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, aloqalar shakli hisoblanadi. Har doim ham bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin bozor bo‘lmay, balki raqobatli bozor o‘z faoliytini ko‘rsatadi. Uning faoliyat ko‘rsatishi uchun dastavval mulkchilikning xilma-xil shakllarini (xususiy, kooperativ, aksiyadorlik, davlat va boshqalarni) ro‘yobga chiqarishini va bozor infrastrukturasini vujudga keltirishini talab etadi.