Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə126/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

2.«Ishlar portfoliosi» - talabaning turli, jumladan ijodiy, loyihaviy, ilmiy-izlanish va boshqa sohalardagi ishlari, uning o‘quv va ijodiy faoliyatining asosiy shakl va yo‘nalishlari, ilmiy anjumanlar, tanlovlar, o‘quv oromgohlari, turli kurslardagi ishtiroki, turli amaliyotlar, sport va badiiy sohalardagi muvaffaqiyatlari aks etadi. Bunday portfolio talabaning ijodiy kitobi sifatida yuritiladi va talabaning turli sohalardagi ishlarining namunalari matn ko‘rinishida, elektron versiyalar, rasmlar, video yozuvlar shaklida ilova qilinadi.

Afzalliklari: Bunday tipdagi portfolio talabaning o‘quv va ijodiy faolligi dinamikasi, uning qiziqish yo‘nalishi, kasbga tayyorgarlik xarakteri to‘g‘risida keng tasavvur beradi.

Cheklanishlari, kamchiliklari: Portfolioning sifat jihatidan baholanishi yakuniy attestatsiya natijalarini to‘ldiradi, lekin talabaning umumiy ta’lim reytingida asosiy tashkil etuvchi bo‘lib hisoblanmaydi.

«Ishlar portfoliosi»ni to‘ldirishning namunaviy varianti


  • Loyiha ishlari. Loyihaning mavzusi, qisqa mazmuni hamda ilova sifatida rasmlar, ishning bosma yoki elektron variantlardagi matnlari keltiriladi.


  • Tadqiqot ishlari va referatlar. Referat mavzusi, hajmi (necha bet), illyustratsiyalar va b.


  • Texnik ijod. Model, maket, asboblar. Aniq ishlar va ularning mazmuni (tuzilishi, ish prinsipi, texnik tavsifi) bayon etiladi.


  • Ijodiy faollikning boshqa shaklllari.


  • Elektiv kurs va fakultetlardagi ishtiroki. Kurs nomi, muddati va o‘qish shakli ko‘rsatiladi.


  • Turli xil amaliyotlar. Mehnat, ijtimoiy, til o‘rganish, pedagogik, malakaviy va b. Amaliyot nomi, joyi va davri yoziladi.


  • Qo‘shimcha ta’lim muassasalari va turli xil o‘quv kurslaridagi mashg‘ulotlar. Ta’lim muassasasi yoki tashkilot nomi, o‘qish muddati va natijalari keltiriladi.



  • Yüklə 0,91 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin