Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə128/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

4.«Portfolio-kollektor». Bu portfolio talaba muallif bo‘lmagan materiallardan iborat bo‘ladi. Bunga o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlar, qo‘llanma va ko‘rsatmalar, elektron o‘quv adabiyotlari, o‘quv-vizual materiallar, maqolalar, lug‘atlar yoki talabaning o‘zi mustaqil topgan adabiyotlar hamda boshqa o‘quv materiallari kiradi.

5.«Jarayon portfoliosi» talaba tomonidan o‘quv, uslubiy, ilmiy-izlanish, ijodiy, axborot va ijtimoiy loyihalarni bajarish jarayonida erishgan bilimi va malakalarini mustaqil qo‘llash malakasini namoyish qiladi. Portfolio talabaning loyihalash jarayonidagi barcha bosqichlarni: muammoni aniqlash, loyihani ishlab chiqish, loyiha bo‘yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkil etish, texnologik bosqich (loyihani amalga oshirish), yakuniy bosqich, taqdimot va loyihani baholashni o‘z ichiga olishi kerak.

6.«Ko‘rsatkichlar portfoliosi» talabaning biror bir soha bo‘yicha mahoratini va ko‘rsatkichlarini jamlash hamda ko‘rsatish maqsadida yaratiladi. Unga talabaning o‘zi yoki ustozi tomonidan tanlagan eng yaxshi ijodiy ishlaridan namunalar qo‘yiladi.

7.«Baholash portfoliosi» talabaning olgan bilimlari va malakasini nazorat qilish maqsadida tuziladi va u turli xil nazorat materiallaridan: nazorat ishlari, testlar, sxemalar, krossvordlar va boshqa topshiriqlardan iborat bo‘ladi. Baholash portfoliosi o‘qituvchi tomonidan mustaqil tuziladi va uni rejalashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan natijaga erishish uchun o‘z vaqtida talabalarga taqdim etishi talab etiladi.
8. «Yutuqlar portfoliosi» talabaning o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi eng yaxshi ishlari va yutuqlarini ko‘rsatuvchi hujjatlardan tashkil topadi. Bu portfolioga talaba o‘z xohishi bilan o‘zining eng yaxshi loyihalarini, olgan tashakkurnomalari, maqtov yorliqlari, diplomlari, taqrizlar va o‘z faoliyatini namoyish qiluvchi rasmlarni kiritishi mumkin.


9. «Talabaning elektron portfoliosi» - e-Portfolio. Keyinga vaqtlarda rivojlangan davlatlarida e-Portfolio deb nomlanuvchi «Talabaning elektron portfoliosi» keng qo‘llanilmoqda. Bu oddiy Word formatidagi papka bo‘lmasdan, maxsus multimedia tizimida yaratilgan «portfolio» hisoblanadi. Talaba uni osonlik bilan to‘ldirishi, tahlil qilishi, yangi materiallarni joylashtirishi, o‘zi tanlagan axborotlarni boshqarishi mumkin.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin