Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – iqtisodiyot sohasida bilimli, zukko, og‘zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda iqtisodiy til bilimlarini – soʻz va terminlarni qoʻllash, gap va matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish, nutqiy etiketni va notiqlik mahorati boʻyicha bilim, koʻnikma va malakani shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarni turli masalalarni tahlil etishga, mustaqil fikrlashga, notiqlik, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqiy etiket, nutq tuzish usullari, notiqlik masalalarini, shuningdek, so‘z va atamalarni tanlash, matn tuzish va matnni tahrir qilish, matn va hujjatlarni to‘g‘ri yozishni o‘rganish uchun tayyorlashdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko‘nikma va malakalariga
qo‘yiladigan talablar
“Biznes muloqot va akademik yozuv” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
biznes muloqot shakllari va nutqiy faoliyat, muloqot jarayoni va muhokama, oʻzbek iqtisodiyot tilining shakllanishi va rivojlanish xususiyatlari, nutq odobi,nutq turlari, nutqiy faoliyat, lotin yozuviga asoslangan alifboni va imlo qoidalari, savodxonlik masalalari to‘grisida tasavvurga ega bo‘lishi kerak;
mutaxasislikka oid matn, maqolalarni mazmunli va xatosiz yozish, - matnlarning turlari va tuzilishini puxta bilishi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llashni, tadqiqotga taqriz yozishni, iqtisodiy terminlarning yasalishi va qoʻllanish usullarini, iqtisodiy so‘zlar va birikmalarni toʻgʻri tanlashni, iqtisodiy matnlar tuzishni bilishi va ulardan foydalana olishi lozim;
ilmiy, rasmiy, publisistik, so‘zlashuv uslublariga xos nutqiy faoliyat va etiketni amalga oshirish koʻ nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
nutqning tarkibiy qismlari va nutq tuzish usullaridan xabardor bo‘lish, aniq, to‘g‘ri, mantiqiy va ta’sirli nutq tuza bilish, notiqlik mahoratini puxta egallash, nutqning kommunikativ sifatlarini to‘g‘ri qo’llay olish, notiqlik maktabi va nutq sirlaridan voqif bo`lish, nutqning noverbal vositalarini puxta egallash malakalariga ega boʻlishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |