Biznes muloqot va akademik yozuv


Fanning boshqa fanlar bilan o



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə149/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

Fanning boshqa fanlar bilan ozaro bogliqligi va uzviyligi
“Biznes muloqot va akademik yozuv” fani asosiy ixtisoslik fanlari – menejment, moliya, bank ishi, soliqlar va soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va audit, sugʻurta ishi, pensiya ishi, baholash ishi, iqtisodiyot nazariyasi fanlari bilan uzviy bog‘langan boʻlib, soʻz va terminlarning, gap va matnlarning yuzaga kelish, yasalish va qoʻllanish, dastlabki ilmiy ishlarni yozish usullarini oʻrgatadi. Biznes muloqot oʻquv rejasidagi iqtisodiy fanlar bilan ham oʻzaro bogʻlangan.

Asosiy qismda (ma’ruza) fanning mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishi kerak. Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohatlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.


Fanning Ta`lim-fan-ishlab chiqarishintegratsiyasi va innovatsiyon rivojlanishdagi o’rni
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunda jahon andozalari darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk iqtisodchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bakalavriat talabalari o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda biznes muloqot tili va uslubi, iqtisodiy terminologiya, iqtisodiy hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lishi kerak. U o‘z fikrini zamonaviy bozor iqtisodi sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq, to‘g‘ri, izchil, mantiqli, ta’sirli va ravshan ifoda etishi lozim. Shunga ko‘ra, bo‘lajak iqtisodchilar biznes muloqotning o‘ziga xos xususiyatlarini, nutq turlari va nutqiy faoliyatni, nutq tuzish usullari va notiqlik mahoratini yaxshi egallashi zarur.


“Biznes muloqot va akademik yozuv” fanining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, bakalavriat talabalarida mutaxassislik tili bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, mutaxassisligiga doir ilmiy ishlar va hujjatlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishni, to‘g‘ri va mantiqli so‘zlashni, notiqlik mahoratini egallashni nazarda tutadi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin