Biznes muloqot va akademik yozuv


-mavzu. Matn yaratishning o



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə155/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

7-mavzu. Matn yaratishning oziga xos xususiyatlari.
Quyidagi maqollardagi iqtisodiy so`zlarning ma`nosini va qo`llanishini tahlil qiling. Tahrir haqidagi matnni o`qib chiqing, mazmuniga mos 6 ta savol tuzing. Tahrir jarayonida aniqlik va haqqoniylikning ahamiyati, o`rniga e`tibor bering, amaliyotda undan foydalanishga harakat qiling. Matnni uning asosiy mazmunini saqlagan holda qisqartiring. Matnning tushirib qoldirilgan o‘rinlarini o‘z so‘zlaringiz bilan to‘ldiring.


8-mavzu. Iqtisodiy hujjatlarni yaratish va yozish
Qoliplashgan tuzilmalarni qo‘llab gaplarni to`ldiring. Xizmat yozishmalarida qoliplashgan so‘zlardan foydalanib gaplarni to`ldiring: Tavsifnoma haqidagi ma’lumotlardan foydalanib do`stingizga tafsifnoma yozing. Shartnoma haqidagi ma’lumotlardan foydalanib bank va firma o‘rtasida shartnoma tuzing.


9-mavzu. Iqtisodiyotda ilmiy matnlar yaratish
Ilmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntiring. Gazeta va jurnaldan ta’lim yoki madaniyat mavzusidagi maqolani o‘qing. Til xususiyatiga ko‘ra boshqa nutq uslubidan farqlanishini izohlang va daftaringizga yozing. Badiiy adabiyot va kundalik matbuot sahifalaridan gap bo‘laklari tartibi buzilgan jumlalarni ko‘chiring. Ularning uslubiy bo‘yog‘ini aniqlang. O‘zingiz o‘qiyotgan darsliklardan biriga taqriz yozing.

Mustaqil ta’limnining shakl va mazmuni
“Biznes muloqot va akademik yozuv” fani bo‘yicha talabaning mustaqil ishi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida pedagog-xodimlarning ma’ruzasini tinglaydilar, topshiriqlar bajaradilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha professor o‘qituvchi tomonidan berilgan mustaqil ish va testlarni yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.

“Biznes muloqot va akademik yozuv” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan.




Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin