Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə158/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

Qoshimchа аdаbiyotlаr:
18. Jumayev N. Istiqlol va ona tilimiz: til, imlo, notiqlik san’ati, matn va matnshunoslik. -T. : “Sharq”, 1998, 136 b.
19. Jumaniyozov R., Nutqiy mahorat .-T.: “Adolat”, 2005, 90 b.
20. Ona tili –davlat tili. -T: “Adolat”, 2004, 80 b.
21. Mahmudov N., O‘qituvchi nutqi madaniyati. -T.: “O‘zbekiston milliy kutubxonasi”, 2009,188b.

Internet saytlari:
www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.
www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.
www.mf.uz – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti.
www.cbu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti.
www.soliq.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi rasmiy sayti.
www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasining rasmiy sayti.
www.lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi);
www.tfi.uz (Toshkent moliya institutining rasmiy sayti)
www.ziyonet.uz (ZiyoNet ta’lim portali)
www.akademnashr.uz ( nashriyot matbaa markazi)
www.tfi.uz/Issues/Jmoliya (Toshkent moliya institutining jurnali).


TARQATMA MATERIALLAR

1-topshiriq: Tadbirkorlik va hayot qonunlari

Har qanday tadbirkor o’z ishini boshlar ekan, u tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli yuritish uchun o’zidagi bor bilim, saviya, tajriba va pul mablag’larini ishlatadi. Bunda u ko’pincha o’zining xayot tajribasiga, o’qigan o’quv muassasasida olgan bilimlariga, ota-onasidan yoki yaqin insonlaridan bilib olgan bilimlar majmuasiga va qandaydir etik qoidalarga rioya qiladi. Lekin ko’pincha tadbirkorning ishi hozirgi paytdan ko’ra muvaffaqiyatli bo’lishi va yanada rivojlanishi uchun buning o’zi aslo etarli bo’lmaydi. Haqiqatan ham bizga ma’lum bo’lgan olti ming yil davomidagi insoniyat tarixida barcha insonlar o’z ota-onalaridan va ustozlaridan turli xil bilim hamda ko’rsatmalar olganlar va buning natijasida hayot tajribasiga ega bo’lganlar, oldilariga juda katta niyat va orzular qo’yganlar hamda juda katta narsalarni orzu qilganlar. Ammo, ming afsuski, ularning tug’ilganliklari va orzulari haqida qabr toshidan boshqa hech nima qolmagan. Muvaffaqiyatga erishish yo’l-yo’riqlari haqida juda ko’p kitoblar yozilgan, anjumanlar va seminarlar o’tkazilgan, unda katta muvaffaqiyatga erishgan insonlar o’zlari haqida to’lqinlanib gapirganlar, lekin biznesda muvaffaqiyatga erishishning qandaydir tayyor qoidalari yoki qandaydir retsepti hali yozib chiqilmagan. Ba’zilar muvaffaqiyatga o’z do’stlaridan va oilalaridan ajralish hisobiga, kimdir esa o’z hayotini garovga qo’ygan xolda erishadilar. Ba’zilar uchun esa muvaffaqiyatga erishish va boylik orttirish orzusi umr davomida ezgu va shirin orzuligicha qolib ketaveradi. Ba’zilar esa boy bo’lishadi, lekin oldingi kambag’al paytlaridagi oilaviy baxtni va xotirjamlikni topa olishmaydi. Biz Sizga muvaffaqiyatga erishish yoki boylik orttirish kaliti tayyor xolda taqdim etilmaymiz, balki unda bu yo’lda tadbirkor qilishi lozim bo’lgan ishlar qanday bo’lishi kerakligini ko’rsatib o’tamiz. Agar bu maslahatlarga amal qilinsa, Siz muvaffaqiyat kalitini qanday qilib topish mumkinligini o’zingiz bilib olasiz, so’ngra esa bu sehrli kalitdan foydalanib, muvaffaqiyatga eltadigan eshikni topishingiz va uni ochishingiz kerak bo’ladi. Kitob hayotimizdagi voqea- hodisalarga ob’ektiv nazar tashlashga, maqsadlarni aniqlashga, ularga erishish yo’llarini chamalashga bo’lgan bir urinish bo’lib, ularni baholash Sizga havola. Agarda bu muammolarga har kim ham aniq va ravshan javoblar topa olsa, bu albatta juda ajoyib holat bo’lib, hayot yanada go’zal bo’lar edi. Lekin bir kimsa uchun muvaffaqiyatga erishish yo’li bo’lgan echimlar ikkinchi kimsa uchun batamom muvaffaqiyatsizlikka eltadigan yo’l bo’lishi ham mumkin. Chunki har bir inson o’zicha tanho, aqli, shart-sharoitlari va hayot tarzi ham qaytarilmas bo’lib yaratilgandir. Demak, bizning asosiy maqsadimiz - har bir insondagi ichki imkoniyatlarni uyg’otishga harakat qilish va unda muvaffaqiyatga erishish kalitini topishga so’nmas ishtiyoq uyg’otishdir. Albatta muvaffaqiyatga erishish uchun ma’lum bir qoidalarga, tartiblarga, ko’rsatmalarga, ogohlantirish va ehtiyotkorliklarga rioya qilish kerak bo’ladiki, bunday tartib-qoidalar yoki boshqa so’zlar bilan aytganda “Biznes etikasi” jamiyatning har bir qatlamida, xududlarda va mamlakatlarda xilma-xil ko’rinishlarda bo’ladi. Ammo, afsuski, texnokratik jamiyat rivojlanishi va uning turli sohalarga jadal kirib borishi bu muammolarga bag’ishlangan adabiyotlar yaratishni ancha chegaralab qo’ydi va natijada mamlakatimizda bunday kitob hamda qo’llanmalar qisman yoki umuman yozilmadi va shuning uchun ham kerakli nushalarda nashr etilmadi. Demak, shuning uchun ham ko’pchilik bo’lajak tadbirkorlar jamiyatda, ishxonada, chet ellik tadbirkorlar orasida, boshqalar bilan o’zaro muloqotda va oilada qanday qilib muomala qilish, o’zini tutish, biznes suhbatni olib borish, janjalli holatlarga duch kelmaslik uchun nimalar qilmoq kerak ekanligini oliy ta’lim muasasasidagi ta’lim olish jarayonida yaxshi anglay olmaydilar. Bu esa yana boshqa va kerak bo’lmagan qo’shimcha muammolarni keltirib chiqarishga sabab bo’ladi hamda busiz ham murakkab bo’lgan hayot tarziga salbiy ta’sir qiladi. Albatta, tadbirkorning faoliyatidagi va jamiyatdagi qiyinchiliklarini faqatgina to’g’ri muloqot qoidalarni yo’qligi bilan izohlash kulgili bo’lar edi, lekin bu samarali muloqot tartib-qoidalarining yoki biznes etikasining juda katta tarbiyaviy, ahloqiy va insoniy ahamiyatini rad qilish ham telbalik bo’lishi tushunarlidir. Xozirgi tadbirkorlik va ishbilarmonlik jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan davrimizda biz murakkab insoniy munosabatlarda adashib qolmasligimiz, xatolardan holi bo’lishimiz, insonni va uning intilishlarini yaxshi tushunishimiz hamda his tuyg’ularimizni maqsadga muvofiq ravishda jilovlab olishimiz uchun bunday samarali muloqot tartib-qoidalari yoki biznes etikasi hayotiy zarur va muhim bo’lgan bir ashyoga aylanib borayapti. Haqiqatan ham bizning barchamizda o’zimizga xos bo’lgan hayot tarzimiz tufayli yuzaga kelgan ishonchsizlik, talabchanlik, shubha, qattiqqo’llilik va nodo’stona munosabatlar o’zimiz uchun ishimizni rivojlantirishga halaqit beradigan qandaydir kishanga aylanib bormoqda. Ushbu kitobda bular bilan bog’liq muammolarning ko’pchiligi ko’rib chiqiladi va holis nuqtai-nazardan tahlil qilinadi hamda tadbirkorning muvaffaqiyatga erishish uchun nimalarga diqqat-e’tiborini qaratishi lozimligiga urg’u beriladi. Bu esa har bir insonga va birinchi navbatda bizning muhtaram hamyurtlarimizga ularning turfa xil murakkab muammolarini hal qilishga yordam beradi deb umid qilamiz. Sizlar bu ma’lumotlarga muhtojsizlar, chunki Siz hayotda albatta muvaffaqiyatga erishishingiz va munosib hayot tarziga ega bo’lishingiz kerak. Bu ma’lumotlar Sizni yana o’ylashga, ijodiy fikrlashga majbur qiladi va ular yangi narsalar, biznes g’oyalar kashf etishga, o’z ijodiy potetsialingizni muvaffaqiyatga erishish yo’lida to’la safarbar etish uchun hayotiy zarurdir.
Biz ishonamizki, ushbu ma’lumotlar barchaga qandaydir darajada ko’mak beradi va har kimga nima bilandir yordam beradi.
Siz tug’ilganingizda hech bir aybsiz, beg’ubor inson bo’lasiz va Sizning bundan buyon rivojlanishingiz oilangiz, atrof-muhit va o’zingizga bog’liq bo’lib qoladi. Biroz vaqtdan keyin o’zingizni-o’zingiz va aqlingizni taniysiz hamda endi Sizning etuk inson bo’lib etishishingiz va kamolot sari yana ham dadilroq ravojlanishingiz faqat o’zingizga bog’liq bo’lib qoladi. Buning uchun esa ilm, bilim, mehnatsevarlik, tirishqoqlik kerak bo’ladi. Agar insoniyat asrlar davomida yaratgan bilimlarni yaxshilab o’zlashtirib olsangiz va ularni amalda qo’llashga kuch-quvvat va imkoniyat topsangiz, boylik Sizga o’z-o’zidan oqib kelaveradi. Shuning uchun ham ota- bobolarimiz “Sen pulning ketidan emas, balki pul sening ketingdan quvsin
  • deb bekorga aytmaganlar.


Biz barchamiz, talabalar va o’qituvchilar, ishchilar va hizmatchilar, oddiy mulozimlar va katta amaldorlar, boylar va kambag’allar, yoshlar va qarilar, o’qimishli bo’lganlar va kitob betini umuman ko’rmaganlar, hammamiz bu dunyoga kelganimizdan beri bizga ta’sir ko’rsatayotgan barcha salbiy va ijobiy hodisalarning, yaxshi va yomon insonlarning, oila a’zolarimizning, ustozlarimiz va hayot tarzimizning in’ikosimiz desak, hech ham yanglishmasak kerak. Bizning har bir xatti-harakatimiz, fikrimiz va insonlar bilan aloqalarimiz bizning shaxsimiz xususiyatlariga albatta ta’sir qilgan. Har bir ko’rilgan film, o’qilgan kitob, televizion ko’rsatuv, birinchi sevgi,


oilaviy va jamoa suhbatlari, muloqotlar, Internet ma’lumotlari, chatlar, katta va kichik g’alabalar, o’qish jarayoni, shubha va orzular, sayohatlar – bular barchasi bizga o’zining qandaydir ta’sirini o’tkazgan albatta. Bu foniy dunyoda biz kim edik-ku, kim bo’ldik va keyin kim bo’lishimiz mumkin, bular hammasi bizga o’z ta’sirini o’tkazgan ma’lumotlar majmuasi tufaylidir. Inson o’z muvaffaqiyatsizliklarini tashqaridan axtarishga moyil bo’ladi. U o’z muvaffaqiyatsizliklariga sabab qilib kimnidir yoki nimanidir ko’rsatishi mumkin. Masalan, u o’z muvaffaqiyatsizliklari uchun davlatni, rahbarlarni, hamkasblarni, hamkorlarini, inflyatsiyani, ob-havoni, hayot muammolarini, raqobatchilarni yoki qo’shnilarni ayblashi mumkin. Lekin, bizga qachonlardir ta’sir ko’rsatgan hamda bizning hayotimizda yaxshi yoki yomon iz qoldirgan voqea-hodisalar va insonlar endi orqada qolgan. Agar bu hodisalar ancha oldin emas, balki kecha ruy bergan bo’lsa ham, agar biz bunga izn bermasak, ular bizga aslo ta’sir qila olmaydi. Biz uchun kattaroq ahamiyatga molik bo’lgani - kim va nimaning bugun va bundan keyingi kunlar davomida ta’sir qilishi mumkinligidir. Bizning kim ekanligimiz allaqachon amalga oshgan va rad qilib bo’lmaydigan dalildir. Biz kelajakda kim bo’la olishligimiz, bizga qanday imkoniyatlar paydo bo’lishi va buning uchun nimalar qilishimiz kerakligigina muhimroq va hayotiydir. Shuning uchun o’tmish yumushlari va hissiyotlari bizning kelajakda erishishimiz mumkin bo’lgan imkoniyatlarimizga yuk yoki to’siq bo’lishiga, bizning imkoniyatlarimizni kamaytirishga yo’l qo’yish aslo mumkin emas. O’tmishning eng katta qimmati uning saboqlarini kelajakda qanday qilib va qanchalik aql-farosat bilan ishlata olishimizdan iboratdir. Shuning uchun asosiy niyatimiz – bizning o’tmishimiz bizning kelajagimizni yanada quvonchli, baxtli va rang-barang qilish uchun hizmat qilishidir.
Agarda kimdir o’zini muvaffaqiyatga erishishiga loyiq deb bilsa va bir kunmas bir kun moliyaviy va ma’naviy mustaqillikka erishishiga ishonsa, u xolda bu inson orqaga nazar tashlashni bas qilishi kerak va butun diqqat-
e’tiborini oldinga, ya’ni, kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan katta va rang- barang imkoniyatlarga qaratsin. Bu inson tadbirkormi, oddiy insonmi yoki o’quvchi-talabami, o’zining katta muvaffaqiyatlar sari zafarli yurishini hozirgi paytda unga ta’sir ko’rsatayotgan insonlar va shart-sharoitlarga e’tibor berishdan boshlasin hamda shu orqali kelajagi qanday bo’lishini sarhisob qilishga o’rgansin. Agarda atrofimizda xuddi oldingidagidek qandaydir toifa odamlar doimo mavjud bo’lsa va hayotimiz tarzi ham shunga yarasha bo’lsa, bizning kelajagimiz ham xuddi o’tmishimiz singari bo’ladi, albatta.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin