Agar shu ishni qilmasangiz, Sizning ishingiz unchalik yurishmaydi! Agarda o’z do’stlaringizning va hamkorlaringizning nomini aniq bilmasangiz, ular Sizni unchalik xurmat qilmaydilar va Siz bilan hisoblashmay qo’yadilar, bu esa Sizga ancha noqulayliklar tug’diradi. Shuning uchun barcha tanish va do’stlaringizning nomlarini, oilalarini, qiziqishlarini, ish sohalarini va odatlarini, siyosiy qarashlarini juda yaxshi bilib oling. Chunki o’rtacha odamni eng avvalo uning ismi qiziqtiradi va u bunga alohida ahamiyat beradi.
diqqat bilan tinglashdir. Iloji bo’lsa faqat u so’zlasin, Siz faqatgina uni tinglang va uning fikrlarini maqsadga muvofiq ravishda yo’naltirib turing. U so’zlayotgan chog’da uning aytayotgan gaplari va fikrlari bilan juda
ham qiziqishingizni ko’rsating. Jahli chiqib ketgan va hafa bo’lgan xaridorni Sizning ishingizdan qoniqqan odamga aylantiring. Buning uchun:
a) Uning barcha gaplarini birortasini ham qoldirmay va e’tiroz bildirmay eshiting;
b) Albatta xaridor tomoni bo’ling va Sizning magaziningizda (korxonangizda) yomon tovar yoki hizmatlar sotilishi mumkin emasligini va ishlab chiqarilmasligini uqtiring;
v) Siz ayb nimada va kimda ekanligingizni bilmasligingizni ochiq va oydin bildiring. So’ngra uni bezovta qilganligingiz uchun kechirim so’rang va unga yana kelishini hamda bu gal unga albatta qoniqarli hizmat ko’rsatilishini ayting.
Xaridorning e’tiroz va shikoyatlarini tinglay olmaydigan boshqaruvchilarni insonlar bilan muloqotdan chetlashtirish maqsadga muvofiq, chunki aks xolda Sizning barcha ishingiz barbod bo’lishi mumkin.
Kerakli insonlar va mijozlar haqida barcha narsalarni to’liq bilib olishga intiling, chunki faqat shundagina ular bilan foydali muloqot qilishga muvaffaq bo’lasiz.
Qanday qilib insonlarni biror nimaga qiziqtirish mumkin?
Inson ishonchini qozonishning eng yaxshi va oson usuli – u qiziqadigan va u juda ham katta baho beradigan narsalar, hodisalar, ma’lumotlar haqida u bilan suhbat qilishdir. Shuning uchun biror bir kishi bilan suhbat qilishdan avval u nimaga qiziqishini va nimalar uning jonli hamda faol qiziquviga sabab bo’lishi mumkinligini bilib olishga harakat qiling. U bilan faqat uni qiziqtiradigan narsalar va ma’lumotlar haqida suhbatlashing.