Quyida o’zaro munosabatlarda va tadbirkorlik faoliyatida albatta rioya qilish zarur bo’lgan hamda muvaffaqiyat eshigini ochib berishi mumkin bo’lgan ko’nikmalar va turli xil insonlar bilan muomala qilishning ba’zi bir qonun-qoidalarini qisqacha xolda keltirib o’tamiz:
Boshqa insonlarni, ular kim, qaerda va qanday holatda bo’lganlariga qaramay, zinhor tanqid qilmang. Haqiqatan ham birovni tanqid qilish tamoman foydasiz, chunki tanqid qilinayotgan inson o’z obrusini yo’qotmaslik uchun o’zini turli xil usullar bilan himoya qila boshlaydi. Insonlar bilan muloqot qilishning yana bir muhim siri bor bo’lib, unga asosan, insonlarga biror narsa qildirish uchun ularda bunday qilishga istak uyg’otish kerak bo’ladi. Har bir inson boshqasidan nimasi bilandir ustun turadi va shuning uchun ham undan nimanidir o’rganib olish mumkin. Shuning uchun insonlardagi ijobiy jihatlarni topishga urining va uning bu afzalliklari haqida rostguylik bilan chin dildan gapiring.
Insonlarga ta’sir ko’rsatishning birgina usuli bor, u ham bo’lsa ular nima hoxlayotganliklari haqida gapirish va bu istaklarini qanday qondirishlari mumkinligini aytishdir.
Agar Siz insonlarga qiziqish bilan yondoshsangiz va shunga mos xolda ular bilan muomala qilsangiz, Sizni hamma erda xursandchilik bilan qabul qiladilar. O’z do’stlaringizning tug’ilgan kunlarini, to’ylari bo’lgan sanani va boshqa muhim kunlarni yodda tuting. Xuddi o’sha kunlarda ularni tabriklash yoki eslashni unutib qo’ymang. Insonlarni ular uchun muhim bo’lgan kunlarda alohida xurmat va e’tibor bilan tabriklang.
Kerakli odamlarning nimalarga juda ham ishqiboz ekanliklarini bilib oling va ular bilan shu haqda gaplashishni boshlang – bunda ular Sizni juda yaxshi bilimdon odam ekan degan xulosa chiqaradilar va ishingizning bitishi ancha osonlashadi.
Insonlarda yaxshi taa’surot qoldirishning eng oddiy usuli nima? Boshqa insonlarda yaxshi taa’surot qoldirish va ularning Siz bilan bo’lgan muloqotdan xursand bo’lishlari uchun ular bilan uchrashganda va muloqot qilganda ochiq chehra bilan jilmayib turing va ich-ichingizdan xursandchilik his eting hamda buni chin dildan qiling. Orzuingizdagi baxtingizga erishish uchun eng avvalo Siz o’z fikrlaringizni boshqara olishingiz kerak bo’ladi.