Qanday qilib insonlarda Sizga nisbatan ishonch uyg’otish mumkin?
Buning uchun suhbatdoshingizda qandaydir qoyil qoldiradigan, boshqalarda qaytarilmaydigan va ajoyib bir xususiyat toping hamda bunga qoyil qolganingizni bildiring. U hozir buni kutmagan va Siz uchun hozir hech nima qila olmagan taqdirda ham unga qandaydir bir yoqimli amal qiling. Obru-e’tiborli inson yoki xurmatga sazovor amaldor yoki boy odam bo’lmasdan burun ham atrofingizdagi insonlarning afzalliklarini tan oling. Bu amallar yordamida deyarli har kuni juda ajoyib natijalarga erishasiz. Doimo hurmat va ehtiromni anglatadigan “Bezovta qilganim uchun kechirasiz”, “Iltimos”, “Sizga katta raxmat”, “Minnatdorchilik bildiraman”, “Sizning yordamingizsiz menga juda qiyin bo’lar edi” kabi so’zlarni ishlating. Esingizda tursin, katta natijalarga erisha olmagan muvaffaqiyatsiz insonlargina o’zlarining kamchiliklarini baqiriq, janjal, maqtanchoqlik va hafaqonlik bilan berkitishga harakat qiladilar. Bu esa atrofdagilarda juda ham yomon taa’surot qoldiradi. O’z suhbatdoshingizga uning xurmatga sazovor ekanini uqtirishga harakat qiling va uni bunga chin dildan ishontiring. Agar kimdir Sizni yaxshi ko’rib qolishini istasangiz, u haqda faqat yaxshi va ijobiy ma’lumotlarnigina gapiring. Aks xolda dushman orttirib qolishingiz mumkin bo’ladi.
Gap talashishning o’ntadan to’qqiztasining natijasi-o’laroq, har bir tomon o’zining to’g’riligiga oldigidan ham ko’proq ishonib qoladi. Agar Siz gap talashishda g’olib chiqsangiz, demak Siz mag’lub bo’lgan tomonning g’azabiga uchraysiz, u Sizning g’alabangizdan qattiq hafa bo’ladi. Insonni yuzaki jihatdan ishontirgan bo’lsangiz ham, u hech qachon o’z fikridan qaytmaydi.
Dushman topishning eng oson usuli va qanday qilib bundan qutulish mumkin?
Agar Siz suhbatdoshingizga “Sen nohaqsan” desangiz, bu bilan uning obrusiga putur etkazgan bo’lasiz.
Juda kamchilik insonlar mantiqiy fikrlaydilar. Ko’pchilik hayotga to’g’ri nazar bilan qaramaydi, nimalargadir ishonadi, boshqa obru-e’tiborli shaxslarning fikrlari bilan zaharlangan, o’zi haqida juda yuqori fikrda, qizg’anchiq, maqtanchoq va o’ziga juda ishongan bo’ladi. Shuning uchun ham ular o’z odatlari va ishongan narsalarini o’zgartirishni istamaydilar. Fikringizni qat’iy bildiradigan so’zlarni ishlatmang, ularning o’rniga “Fikrimcha”, “Qo’rqamanki”, “Faraz qilamanki”, “Menimcha” degan so’zlardan foydalanganingiz ma’qul.
|