Biznes muloqot va akademik yozuv


-qoida. Odamlarni kichkinagina yutuqlari uchun ham maqtang. 7-qoida



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə172/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

6-qoida. Odamlarni kichkinagina yutuqlari uchun ham maqtang.

7-qoida. Insonlarning obro’sini joyiga qo’yib muomala qiling. Shunda ular Siz ko’rsatgan obro’ga yarasha ish qilishadi.

8-qoida. Rag’batlantirishga intiling. Qilingan har qanday xato osonlik bilan to’g’rilanishi mumkinligi haqida taassurot tug’diring.

9-qoida. Siz taklif etgan ishni odamlar og’rinmasdan, bajonidil bajarishlariga erishing.
10-topshiriq. Charchash va bezovtalikning oldini olishga imkon beradigan ko’nikmalar:

    • Ish stolingizni (shu jumladan, kompyuteringiz ish stolini ham) hozirgi paytda hal qilinayotgan masalalarga bog’liq bo’lmagan barcha ma’lumot, fayl, papka va qog’ozlardan tozalang.


    • Ishlarni ularning muhimligiga bog’liq ravishda bajaring va kuningizni rejalashtiring. Rejalashtiruvchi dasturlardan foydalanish nur ustiga a’lo nurdir!


    • Agar oldingizda biror-bir muammo paydo bo’lgan bo’lsa, uni mavjud dalillarga tayanib, darhol hal qiling. Oldingizda turgan masalalarni hech qachon keyinga qoldirmang.


    • Ishni ratsional tashkil qilishga, vazifalarni maqsadga muvofiq ravishda taqsimlashga va ularni rejali tarzda bajarishga o’rganing hamda doimiy nazoratni uyushtiring.




11-topshiriq. Sizga hayotingizda ruxiy sokinlik va baxt keltiradigan asosiy qoidalarni ham quyida keltiramiz:
Bizning hayotimiz ma’nosi biz u haqda fikrlashimiz asosida paydo bo’ladi. Siz o’zingiz fikran yaratgan inson emas, balki qanday qilib o’ylaganingiz bilan aniqlanadigan insonsiz. Atrof-muhitga ijobiy yondoshishga o’rganing. O’z muammolaringizni hal qilish haqida unutmang, ammo ular haqida judayam bezovta bo’lmang. Aksariyat xollarda bezovta bo’lmoqlik aylana bo’yicha doimiy yurishni anglatib, insonni ancha toliqtirib qo’yadi. Bundan qutulish uchun fikrlash tarzimizni o’zgartirishimiz lozim bo’ladi. Boshqalar bilan hisob- kitob qilib olishga intilish juda qimmatga tushadi. Agar biz dushmanlarimizni juda ham yomon ko’rsak, ularga bizning ustimizdan xukmronlik qilishga imkon bergan bo’lamiz. Shuning uchun ham ular bizning uyqumizni bezovta qiladilar, ishtahamizni bo’g’adilar, qon bosimimizning ko’tarilishiga sabab bo’ladilar, sog’ligimizga tahdid qilib, baxtimizga rahna soladilar. Bizning ularni yomon ko’rishimiz ularga hech qanday zarar keltirmaydi, ammo bu holat bizning kun va tunimizni izdan chiqaradi. Shuning uchun Siz yomon ko’radigan insonlar haqida hech qachon bir lahza ham o’ylamang. Qilgan yaxshi ishlaringiz uchun boshqalardan minnatdorchilik kutmang, chunki uni kutsangiz, minnatdorchilik bildirilmagani uchun hafa bo’lib qolishingiz va bezovtalanishingiz mumkin. Baxt yaratishning birdan-bir usuli – savob ishlar qilish hamda o’z quvonchingiz uchun yaxshiliklar qilish va yaxshi narsalar yaratishdir. Sizda bor narsalar haqidagina o’ylang va zinhor o’zingizda yo’q narsalar haqida bezovtalanmang. O’z omadsizligingizni emas, omadingiz kelgan lahzalaringizni hisoblang. Boshqalarga o’xshashga urinmang – o’zligingizni toping va o’zingiz bilan o’zingiz bo’ling. Sizga xos bo’lgan salbiy xususiyatlarni ijobiylarga aylantirishga harakat qiling. Agar taqdir Sizga nordon limon bergan bulsa, uni shirin limonadga aylantiring. Agar Siz melanxolik bo’lib qolib, o’zingizning muammolaringiz bilan haddan tashqari o’ralashib qolgan bo’lsangiz, o’zingiz haqingizda unuting va atrofingizdagi insonlarga qiziqish uyg’oting. Har kuni kimningdir chehrasida quvonchli tabassum uyg’otadigan qandaydir yaxshi narsalar qilishga intiling.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin