Tanqid tufayli bezovta bo’lishdan himoyalanish uchun quyidagilarga rioya qilishingiz lozim bo’ladi:
Esingizdan chiqmasin – Siz qanchalik katta muvaffaqiyatlarga erishsangiz, Sizni shunchalik ko’p tanqid qiladilar. Demak, bu tanqidlarning asosi Sizga havas va Sizday bo’lishga intilishdir. Agar haqligingizga astoydil ishonsangiz, boshqa odamlar Siz haqingizda nimalar deyishiga ahamiyat bermang va bu haqda bezovtalanmang ham. Olomondan balandroq ko’tarilsangiz, Sizni yomon ko’ra boshlaydilar va Siz bunga ko’nikishingiz kerak bo’ladi. Agar Sizni noo’rin ayblasalar, ularning betiga qarab kuling – chunki Siz haqsiz. Qachonlardir bilib- bilmay qilgan bema’ni xatolaringizni yoddan chiqarmang va bundan so’ng bunday xatolarni aslo qaytarmang. Shundagina Siz o’zingizni murakkab holatlarga tushib qolganda ham boshqara olasiz. Xatolaringizda o’zingizdan boshqa hech kim aybdor emasligini esdan chiqarmang. Har kuni kechki paytlarda o’z ustingizda ishlang va shu kuni yo’l qo’ygan kamchiliklaringizni aniqlang, ularni yana qaytarmaslikka urining. Sizni tanqid qilishlarini befarq kutib o’tirmang, o’z- o’zingizning murosasiz tanqidchingiz bo’ling. Dushmanlarimizning biz haqimizdagi fikrlari, bizning o’z haqimizdagi fikrimizga nisbatan haqiqatga ancha yaqinroqligini hech qachon unutmang.
TESTLAR
1. “Biznes muloqot va akademik yozuv” fanining vazifasi -
a) mutaxassislik terminologiyasi, til qoidalarini chuqur oʻzlashtirish mantiqli va mazmunli matn tuzish
b) dastlabki ilmiy tatqiqot ishlarini yozish, adabiyotlarni tahliliy va tanqidiy baholash malakasini egallash
c) nutqning kommunikativ sifatlari, nutqiy etiket, nutq tuzish usullarini egallash
d) mutaxassislik terminologiyasi, til qoidalarini chuqur oʻzlashtirish mantiqli va mazmunli matn tuzish, dastlabki ilmiy tadqiqot ishlarini yozish, adabiyotlarni tahliliy va tanqidiy baholash malakasini egallash, nutqning kommunikativ sifatlari, nutqiy etiket, nutq tuzish usullarini egallash
Dostları ilə paylaş: |