Talabalar uchun o‘qish qobiliyatining muhimligini chamalash oson. Asosiy kurs uchun talab qilingan miqdorda akademik matnlarni o‘qish katta kuch va g‘ayrat talab qiladigan vazifa. Talabalarga faqat ma’ruza va seminarlarga qatnashish kifoya qilmaydi, asosiysi yozish vazifalari ko`p o‘qishni talab qiladi.
Akademik matnlar ko‘pincha yangi so‘z va frazalarni o‘z ichiga oladi.
Matn rasmiy uslubda yozilishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, siz boshqa tilda o‘qiyotganingizda muhim bo‘lgan, talab qilingan matn miqdorini uddalashda maxsus usullarni o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Qisqa qilib aytganda, mavzuda bayon etilgan har bir so‘zni o‘qishga sizning vaqtingiz kam, shuning uchun siz birinchi nimani o‘qishingizni diqqat bilan tanlashingiz kerak, so`ng, uni to‘laligicha tahlil qiling.
Ro`paradagi xarita mos matnlarni tanlash uchun eng yaxshi yondashuvni ifodalaydi.
Xaritadagi bo‘sh qutilarni quyidagi usullar bilan tugallang:
Asosiy nuqtalarda eslatma qilish uchun jadalni o`qing.
Sizga kerak bo‘lgan ma’lumot uchun matnni tekshiring (masalan, ismlar)
Matn xususiyatlarini ko`rib chiqing (masalan abstrakt, tarkib, ko‘rsatkich)
Eski yoki ishonchsiz matnlarga siz vaqtingizni sovura olmaysiz. Agar siz o‘qish ro‘yxatingizda bo‘lmagan materialdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, siz uni ishonsa bo‘ladigan materiallarni yo‘qmi tekshirishingiz kerak.