Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə61/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

Mos manbalarni topish

Talabalar uchun istalgan kursda muvofiq manbani tez topish va tushuna olish muhim hisoblanadi. Bu bo‘lim:



1. Akademik matnlar

Siz veb sayt yoki jurnal maqolalari kabi matn turlarini o`qishingiz kerak . Demak, eng mos matnlarni aniqlash va ularning qiymatini baholashga yordam beradigan xususiyatlari bilan tanishish muhim sanaladi.

2. Adabiyotlardan foydalanish

Sizning o`qituvchinigiz qog`ozda chiqarilgan ro`yxatni berishi mumkin yoki u kutubxona veb sayti orqali onlaynda mavjud bo`lishi mumkin. Ro`yxat odatda darslik, jurnal maqolalari va veb saytlardan tashkil topadi. Agar ro`yxat elektron bo`lsa, materialning mavjudligini tekshirish uchun kutubxona katalogiga ishora beriladi. Agar ro`yxat qog`ozda chiqarilgan bo`lsa, siz matnni topish uchun kutubxona katalogidan foydalanishingizga to`g`ri keladi. Siz kitobning barcha so`zini o`qishingiz shart emas, chunki o`qiydigan joyingiz ro`yxatda berilgan. O`qituvchingiz qaysi betni o`qishingizni va qaysi qism muhimligini aytar. Adabiyotlar ro`yxatida quyidagi formatlarni ko`rasiz:

Kitoblar Miles T.R.Dyslexia: a hundred yearson /T. R. Miles and Elaine Miles, 2nded. Open University Press, 1999.

Jurnal maqolalari Paulesu E. etal.Dyslexia: madaniy xilma-xillik va biologic birlik. Science, 2001, 291, betlar2165–2167.

Vebsaytlar: www.well.ox.ac.uk/monaco/dyslexia.shtml
Kutubxona katalogidan foydalanish

Universitet va kollej kutubxonalarida odatda onlayn kataloglar bo‘ladi. Bular talabalarga istalgan materallarni qidirishga imkon yaratadi. Agar siz kitobning nomi va muallifini bilsangiz kitobning mavjudligini tekshirish oson bo‘ladi, agar siz alohida mavzuda material qidirsangiz, siz turli xil qidiruv natijalariga ega bo‘lasiz. Masalan, sizga esse mavzusi berilgan bo‘lsin:
Baland binolar balandligiga amaliy chegara bormi? Javobingizni yaqinda qurilgan bir necha osmono`par binolar misolida keltiring”.


Siz harakat qilishingiz mumkin:


  • Osmono`par dizayn


  • Osmono`par konstruksiya


  • Baland bino dizayni


  • Baland bino konstruksiyasi


Agar siz maxsus fraza ishlatsangiz, siz bir necha sarlavhalarni topishingiz mumkin. Masalan, “Osmono`par ko struksiya”ga bitta kutubxona katalogida 3 ta narsa bor, lekin “osmono`parlar” kabi umumiyroq so`zda 57 ta topiladi.


  • Siz kutubxona katalogiga “osmono‘par” so‘zini kiritdingiz va quyida dastlabki 10 ta natija berilgan. Yuqoridagi esse mavzusiga javob berish uchun, qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz? Sababingizni keltiring.



To`liq

detallar


Sarlavha


Yil


Manzil


Mavjudligi


1


Osmon o‘parlar: Juda ham noodatiy binolar tarixi / Judit Dupra; Adrian Smit bilan intervyu


2013


Asosiy kutubxona


Bor


2


Manhettan osmono‘parlari/ Erik P. Nash; Norman Macgratdan rasmlar. 3-nashr


2010


Asosiy kutubxona


Bor


3


Art deco San Francisco [electron manba]


2008


San’at kutubxonasi


Bor


4


XXI asr osmono‘parlari/ Karlio Aiello


2008


Ilmiy kutubxona


Bor


5


Taypey 101/ Jorj Binder


2008


Asosiy kutubxona


Bor


6


Baland binolar: osmono‘parlar rasmlari/ Skot Jonson


2008


San’at kutubxonasi


Bor


7


Osmono‘parlar: osmon yetgan hayratomuz binolar/ Gerbert Rayt


2008


Asosiy kutubxona


Bor


8


Ekoosmono‘parlar/ KenYeng


2007


Ilmiy kutubxona


Bor


9


Strukturani optimallashtirish qiymati: tushunarsiz mantiq, genetic algoritm va parallel hisoblash/ Hojjat Adeli, Kamal C. Sarma


2006


Ilmiy kutubxona


Bor


10


Osmono‘parlar: Amerika baland binolarining ijtimoiy tarixi/ Jorj H. Duglas


2004


Asosiy kutubxona


Bor



To‘liq detallar. Agar siz shuni bossangiz, kitob haqida ko‘proq ma’lumot olasiz. Agar kitobning birdan ortiq nashrlari bo`lsa mavzuyingizga mosini taklif etadi.

Yil. Kitobning qachon ro‘yxatga qo‘shilganini ko‘rsatadi, har doim yangilanganini ishlatishga urining.

Manzil. Ko‘plab katta universitetlarda bittadan ortiq kutubxonalar bor. Bu sizga kitob qaysi birida saqlanayotganini aytadi.

Mavjudligi. Agar siz borni bossangiz, kutubxonada necha nusxa borligini va olishga imkon borligini ko‘rsatadi.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin