Adabiyotlar ro`yxati:
1.Mahmudov N., Mahkamov N., Madvaliyev A. O`zbek tilida ish yuritish. T.: O`zbekiston, 2013.
2.Husanov N., Mirahmedova Z. Iqtisodiyot atamalari va ish yuritish. –T.: TMI, 2005.
3.Husanov.N., Husanova M., Xo`jaqulova R., Yusupov E. “Iqtisodiyotda texnik yozuv”. T.: “Fan va texnologiya markazi”, 2012. 152 b.
4.Jerald Alred, Charles Brusaw, Walter Oliu. Hahdbook of technical writing. New York, Copyright 2003.
[14: 101-104-betlar]
9-MAVZU: Iqtisodiyotda ilmiy matnlar yaratish
REJA:
1.Adabiy nutq va uning uslublari.
2.So`zlashuv, badiiy, publitsistik, ilmiy va rasmiy-idoraviy uslub.
3. Maqola va uning turlari, esse, taqriz, press-relizlar.
Adabiy nutq – yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo`lgan nutq ko`rinishidir.
Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o`ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib turadigan ko`rinishlari - uslublari mavjud.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishi nutq uslubi hisoblanadi.
Ayrim nutq uslubidagina qo`llaniladigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar, bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlardir. Olim na’matakka ilmiy izoh bersa, shoir esa unga badiiy tus beradi, metafora, o`xshatish, jonlantirish, leksik vositalar bilan shoirona kuylaydi.
Shu yo`l bilan ayni bir jumlada qo`shimcha uslubiy (modal) mazmun ham ifodalanadi. Masalan: Ol, jiyan, yo`l yurib kelgansan. Bu jumlada so`zlovchi suhbatdoshga qarindoshligini bildirishi bilan birga, unga o`z mehribonligini ham ko`rsatmoqchi.
Uslub –
so`zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga shaxsiy munosabatidir.
Uslubshunoslik uslub, sinonimiya, so`z, so`z birikmasi va gapning ana shu qo`shimcha (modal) ma’nosini o`rganadi.
Gapda uslubiy (modal) mazmun maxsus so`z va iboralar (undalma, kirish so`z, sinonimlar, frazeologik birlik va gaplar, sheva, biror kasbga oid so`zlar va h.k.) orqali ifodalanadi. Hamma so`z, ibora va sintaktik qurilmalar ham ma’lum bir nutq uslubini yaratishga xizmat qilavermaydi: qalam, kitob, daraxt va shunga o`xshash so`zlar o`z asl ma’nosida biror uslubga betaraf so`zlardir. Ular nutqning biror turini tashkil etishi uchun ko`chma ma’noda qo`llanishi kerak. Qalami o`tkir. Hasratim bir kitob bo`ladi. Daraxt bir joyda ko`karadi kabi. Tilimizda barcha uslublarda teng qo‘llanadigan so‘zlar bo‘lishi bilan birga, faqat ayrim nutq uslublari uchun xoslangan so`zlar ham mavjud.
Nutqning ijtimoiy vazifasiga qarab uslub turlari har xil bo`ladi: har bir ijtimoiy qatlam, toifaning o`z nutq uslubi bo`ladi. Shunga ko`ra, uslub, avvalo, so`zlashuv va yozma nutq uslublariga bo`linadi.
Turli sohalarda xizmat qiluvchi kishilar
Dostları ilə paylaş: |