Publitsistik uslub - matbuot, radio,
Publitsistik uslubning
o`ziga xos xususiyati - muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo`lish, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so`zlar ko`proq qo`llaniladi. M., isyon, irqchilik, qo`poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim va b.
teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo`ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o`rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda «muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so`ziga ko`ra, muxbirimiz voqea ro`y bergan joydan xabar beradi ...» va hokazo iboralar qo`llanadi.
Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo`yiladiki, bu hol o`quvchining diqqatini jalb qiladi. («Qonun barchaga barobarmi?», «Kafolat va‘da emas», «Chetlatilgan mutaxassis», «Tuya ko`rdingmi – yo`q», «Chumchuq so`ysa ham qassob so‘ysin»).
Ayrim hollarda vaqtli matbuotda felyeton, kichik hikoyalar, romandan parchalar ham beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub bilan qo`shilib ketadi. Ommabop uslub kundalik ijtimoiy hayot ko`zgusidir. Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalardan iborat bo`ladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tangligi va b. Publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir.
Publitsistik uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir.
Ilmiy uslub. Ilmiy uslubga mantiqiylik, aniqlik, ilmiy atamalarning keng qo`llanishi xos bo`lib, barcha ilmiy asarlar, jumladan, maktab darsliklari ham shu uslubda yoziladi. Ilmiy uslubning asosi atama, ta’riflar, qoidalar, qonunlardir. Atamalar faqat bir ma’noda qo`llanilib, o`zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko`rsatadi, masalan o`zak, negiz, yasovchi qo`shimcha, turlovchi va tuslovchi qo`shimchalar, shakl yasovchilar kabi atamalar so`z tarkibiga oid lingvistik tushunchalarni ifodalaydi. Masalan: Har qanday grammatik ta’rif yoki qoidada uchta tushuncha birlashgan boladi: tushunchaning mohiyati, xususiy va umumiy tomoni. (Ona tili darsligidan).
Nuklein kislotalar dastlab hujayra yadrosidan ajratib olinganligi sababli («nukleis» - «yadro») nuklein kislotalar deb atalgan. Hozirgi vaqtda nuklein kislotalar faqat yadroda emas, balki xloroplast va mitoxandriyda ham mavjudligi aniqlangan. (Biologiya darsligidan).
Fan va texnika tili
ilmiy uslub deyiladi.
Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslubdir.
Jismni tashkil qilgan molekulalar xaotik
harakatining kinetik energiyasi bilan ularning o`zaro ta’sir potensial energiyalarining yig`indisi jismning ichki energiyasini tashkil qiladi («Fizika» darsligidan).
Dostları ilə paylaş: |