Biznes muloqot va akademik yozuv
4-topshiriq. Matnni o`qing va ushbu matn asosida esse yozing. Muloqot biznesning hayotiy kuch manbaidir. Hech qanday biznes samarali muloqot tizimi mavjud boʻlmaganda rivojlana olmaydi.Muloqot biznesning qandayligi va oʻlchamidan qat’i nazar tashkilotni birgalikda ushlab turuvchi poydevordir. Insonlarning tashkilot ichida bir-birlari bilan muloqot qilishlari ichki muloqot, tashkilotdagi xodimlarning tashkilotdan tashqaridagi shaxslar bilan muloqotlari tashqi muloqot deb ataladi. Jamoada yaxshi ishlash qobiliyati, qoʻl ostidagilaringizni boshqarish va sizdan yuqori lavozimdagi shaxslar, xaridorlar va hamkasblar bilan munosabatingiz sizning muloqot qilish mahoratingizga bogʻliq boʻladi. 5-topshiriq. “Sinkveyn” texnologiyasi “SINKVEYN” texnologiyasi haqida tushuncha “SINKVEYN” – bu besh satrdan iborat boʻlib, unda berilgan tushuncha birinchi satrdan to toʻrtinchi satrgacha kengayib boradi. Birinchi qatorda mavzu (kalit soʽz) beriladi,ikkinchi qatorda unga bir yoki ikkita aniqlovchi tanlanadi. Uchinchi qatorda uni harakat-holat (fe’l) bilan toʻldiriladi. Toʻrtinchi qatorda soʻz har xil usul bilan yoyiq gapga aylantiriladi. Beshinchi qatorda kalit soʻzning ma’nodoshi (sinonimi) keltiriladi. 6-topshiriq. Sxemada keltirilgan shakllarni muloqot uslublari bilan to`ldiring va ularni izohlang. Yüklə 0,91 Mb. Dostları ilə paylaş: |