5-topshiriq. Namunaga asoslanib har bir harfga bittadan iqtisodiy so‘zni keltiring. Namuna:
Aa – aksioner
|
Qq – qism
|
Bb – byudjet
|
Rr – rentabellik
|
Dd – delegatsiya
|
Ss – ssuda
|
Ee – eksport
|
Tt – tadbirkor
|
Ff – foiz
|
Uu – ulgurji
|
Gg – garov
|
Vv – veksel
|
Hh – hamkor
|
Xx – xususiy
|
Ii – import
|
Yy – yig‘imlar
|
Jj – jamgarma
|
Zz – zarar
|
Kk –kompaniya
|
O‘o‘ – o‘lja
|
Ll – litsenziya
|
G‘g‘ – g‘azna
|
Mm –marketing
|
Sh sh– shartnoma
|
Nn – narx-navo
|
Ch ch – chakana
|
Oo – omonat
|
Ng ng – teng
|
Pp – pul
|
6-topshiriq. Matnni o’qing. Ibrat oling. O’z fikr mulohazalaringizni bildiring.
RIVOYAT
O’tmishda ovi yursa ham dovi yurmay, tobora kambag’allashib borayotgan bir dehqon yo’l chetida o’ylanib tursa, faqirgina yo’lovchi o’tib qolibdi. Shunda dehqon:
Ey donishmand, nima eksam, men boyib ketaman? - deb maslahat so’rabdi.
Yo’lovchi unga piyoz ekishni tavsiya etibdi. Qarangki, notanish yo’lovchining gapiga kirgan dehqon o’sha yili chindan ham boyib ketibdi. Shodligidan bosar – tusarini bilmay qolgan dehqonga yana o’sha odmigina yo’lovchi uchraganida:
Ey gado, nima eksam, men yanada boyib ketaman? – deb ikkinchi marotaba murojaat qilibdi.
Shunda u yana bir ekinning nomini aytib, yo’lida davom etibdi. Falakning gardishini qarangki, keyingi yili dehqonning omadi chopmay, ilgarigidan ham kambag’allashib ketibdi.
Bundan g’oyatda g’azablangan dehqon haligi yo’lovchini sabrsizlik bilan kuta boshlabdi. Nihoyat, u notanish yo’lovchi bilan duch kelibdi va:
Ey notavon yo’lovchi, nega meni aldading? Sening gapingga kirib, yanada boyish o’rniga butkul kambag’allashib ketdim-ku?, - deb g’azab qilibdi.
O’zingni bos, - debdi yo’lovchi. – Birinchi yili sen menga “donishmand” deb murojaat qilding. Men senga donishmandning javobini berdim. Natijada sen boyib ketding. Keyingi safar esa menga “gado” so’zini munosib ko’rding va men senga gadoning javobini berdim, - degan ekan...
7-topshiriq. Iqtisodiyotga tegishli so`z va terminlarning qo`shib yozilishiga e`tibor bering va imlo qoidalarini qisqacha konspektlashtiring.
Bojxona, arznoma, shartnoma, talabnoma, kamxarj, umumdavlat, o‘rinbosar, so‘zboshi.
8-topshiriq. Rus va boshqa tillardan o‘zlashtirish yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish orqali yasalgan 20 ta qo‘shma (iqtisodiy) so‘zni yozing va ularning har biriga gap tuzing.
Dostları ilə paylaş: |