Biznes muloqot va akademik yozuv


Yaxshi press-reliz xususiyatlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə87/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

Yaxshi press-reliz xususiyatlari


1. Matbuotda yoritilishi uchun loyiq bo‘lishi kerak: yaxshi press-reliz uchun asosiy matbuotda yoritilishi bosh mezondir. Hech qanday yangilik qiymati bo‘lmasligi sababli, hech kim uni o‘qishga qiziqmagan bo‘lardi va nashrga hech qaysi gazeta qabul qilmagan bo‘lardi.

2. Faktlarga asoslangan bo‘lishi kerak: faktlarga asoslanganlik rostgo‘ylik asosidir, biznes aloqasining muhim prinsipidir. Kompaniyalar yana ommaning noto‘g’ri tushunishi kechiktirib bo‘lmaydigan foydalar olib kelishi mumkin, ammo bunday qadam ertami kechmi teskari zarba bo‘lib qaytadi.

3. U qisqa va aniq bo‘lishi kerak: gazetalar bo‘sh joy uchun doimo qattiq bosimda bo‘ladilar, ularning muharrirlari ham uzun relizni qisqartirish yoki tahrirlash uchun va mos nusxani tayyorlash uchun yetarlicha bo‘sh vaqtlari bo‘lmaydi. Agarda reliz qisqa va aniq bo‘lsa, uning qo‘shilish imkoniyatlari ko‘proq bo‘ladi. Milliy miqyosdagi gazetalar uchun press-reliz mahalliy gazetanikiga ko‘ra qisqaroq bo‘ladi.

4. Uning xomaki shakli sodda va og’zaki uslubda bo‘lishi kerak: agar yangilik osonlik bilan o‘qilmasa, o‘quvchi keyinga qoldiradi. U o‘qishmaslikka yoki keyinroq qaytishga qaror qiladi, bu esa o‘qimaslikka teng bo‘ladi. Shunday qilib, press-reliz aniq uslubda tayyorlanishi kerak.

5. Nashrga mos bo‘lishi jo‘natilayotgan gazeta yoki jurnalga: kompaniya press-relizlari adabiy, sport yoki film jurnallariga jo‘natilmasligi kerak.

6. Kim, nima, qachon,qayerda, nima uchun 5 savollar orasida muvofiqligiga amin bo‘ling.

Kim? Jalb etilgan odamlarning nomlarini ayting. Ismlar odatda yangiliklar uchun loyiq bo‘ladi.

Nima? Nima sodir bo‘lgani va yangilik uchun loyiqligini ayting.

Qachon? Vaqtni eslatib o‘ting. Oldingi berilgan xabarlar yangilik hisoblanmas ekan, press-relizning vaqtini belgilash muhimdir.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin