Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə98/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

2- topshiriq. Ajratilgan soʽzlardagi xatolikni izohlang va ularni to’gʻrilab daftaringizga ko’chiring. Qo`shimchalarni o`rnida qoʻllamaslik nutq to`g`riligiga qay darajada putur yetkazishi to`gʻrisida fikr yuriting.
San`atning katta yoʻl chiqish uchun iqtidor, izlanish va mehnatning oʽzigina kifoya qilmaydi. Kishini ilgariga yetaklov “ichki kuch” ham boʻlishi zarur. Ustoz san`atkor Muhammadjon Mirzayev saboqlarini tinglashganim, bastakor Shavkat Mirzayev sinfiga tahsil olganim, bu ikkisining chin ustozlik mehri mendandagi “ichki kuch”ni yillar davomida ulgʻaytira bordi. Ovozning sozlash, talaffuz ustida ishlash, gʻazal matnini qayta-qayta o’qish mazmunini tushuntirishga, so`z tugul har bir harfning aytilish qoidasi amal qilish… ularning bu talabchanligini oʽz samarasini berdi.

3-topshiriq. Berilgan gaplarda nutqning qaysi kommunikativ sifati buzilgan? Ushbu gaplarning to`g`ri variantlarini yozib chiqing.
- Ro`yxatga olish kitobi joriy etildi.
- Avlodlar merosini o`rganamiz.
- Tarbiyachi kitobni xontaxta tortmasiga qo`ydi.
- Hozir o`zbek tili sabog`idan dars o`tamiz.
- Ismi-sharifingiz nima?
- U o`z hadyasini tuhfa etdi.
- Yangi texnologiya iqtisodiy sarf-xarajatlarni ancha tejaydi.
- O`tgan asrning 1920-yili tavallud topgan.
- Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya o`rnatildi.
- Turgenev asarlarining hammasi ham juda o`qimishli.

4-topshiriq.“Oʻzbekistoning kelajagi porloq” mavzuida nutq tayyorlang. Frazeologik ibora, maqol, matallardan foydalaning. Nutq ko’tarinki ohangga ega boʻlishi kerak.

5-topshiriq.Lug‘atdan foydalanib mutaxassisligingizga oid kichik atamalar lug‘atini tuzing. Ularning ma’nosini puxta o‘zlashtiring.
6-topshiriq. O`qing. Quyidagi hikmatli ibora va fikrlarning ma’nosini izohlang.
So`zlaringda bo`lsin bo`sin fikru o`y yoniq,
Bo`lsin har so`zingda bir nuqta aniq (Xisrav Dehlaviy).
“O`ylamasdan so`zlama, har bir so`zni oʻylab gapir, to aytgan so`zingdan pushaymon boʻlmagaysan” (Kaykovus).
“Ey farzand, so`zning yo`z va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so`zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir” ( Kaykovus).
“Shunday so`zlagilki, bu so`z bekor va zoye ketmasin” ( Kaykovus).
“So`z eshitishdan qochma, kishi so`zni eshitish bilan notiq bo`ladi” (Kaykovus).
“Agar nutq noaniq bo`lsa, u maqsadga erishmaydi” (Aristotel).
"So`zingga ehtiyot bo`l, boshing ketmasin,
Tilingga ehtiyot bo`l, tishing sinmasin." (Yusuf Xos Hojib).
"Bilib so`zlasa, so`z donolik sanaladi,
Nodonning so`zi o`z boshini yeydi" (Yusuf Xos Hojib).
"Aql ko`rki so`zdir va til ko`rki so`z,
Kishi ko`rki yo`zdir, bu yo`z ko`rki koʻz" (Yusuf Xos Hojib).
"Tug`ilgan o`ladi, ko`r, nom-nishonsiz qoladi,
So`zingni ezgu so`zla, oʻzing abad o`lmaysan." (Yusuf Xos Hojib).


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin