Biznes muloqot va akademik yozuv


Portfolio bo‘yicha izohlar



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə125/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

Portfolio bo‘yicha izohlar. Taqdimotga tavsiya etilayotgan «Portfolio» materiallari puxta o‘ylangan, «portfolio»da keltirilgan barcha materiallar bo‘yicha muallifning shaxsiy fikrlari yoritilgan bo‘lishi zarur. U talabaning ushbu fan bo‘yicha olgan bilimlari, bo‘sh tomonlari, kelajakdagi rejalarining to‘liq mazmunini ko‘rsatishi lozim.

Talaba portfoliosining turlari

1. Hujjatlar portfoliosi - ta’lim sohasidagi shaxsiy yutuqlar uchun berilgan sertifikatlangan hujjatlar to‘plami (sinov daftarchasi, diplomlar, sertifikatlar, guvohnomalar va b.) Bu ma’lumotlar portfolioni sifat va soniy jihatdan ob’ektiv baholash imkonini beradi. Materiallar jadval ko‘rinishida bosqichlarga bo‘linib, ball hisobida baholangan holda beriladi. Hujjatlar yoki ularning nusxalari ilova sifatida keltirilishi mumkin.

Ushbu variantning afzalliklari: YAkuniy ball tizimi portfolioni talabaning ta’lim faoliyati bo‘yicha reytingini aniqlashning asosiy mexanizmi, talaba umumiy reytingining asosiy tashkil etuvchisiga aylantiradi.

Cheklanishlari, kamchiliklari: bunday tipdagi portfolio faqat talaba faoliyati natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi. U talabaning shaxsiy rivojlanish jarayonini, uning turli sohalar bo‘yicha ijodiy faolligini, o‘qish uslubini va qiziqishlarini aniqlash imkonini bermaydi.


1-jadval

«Hujjatlar portfoliosi»ning namunaviy tarkibi sxemasi va undagi materiallarni baholash mezoni

Faoliyat sohalari


Komponetlar


Natijalar

(ballar)

Blok A


Olimpiadalar

Viloyat: g‘olib, shahar: g‘olib, tuman: g‘olib, OO‘Yu: g‘olib


5 4 3 2 1


Blok B Boshqa

sertifikatlar

Qo‘shimcha ta’lim tizimi muassasalari, OO‘YU, jamoat fondlari, madaniy-ta’lim fondlarining tadbirlari va tanlovlari g‘olibi.

Fanlar bo‘yicha kurslar ishtirokchisi, OO‘YU yoki oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy jamiyatlar a’zosi va b.

5 4 3 2 1





Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin