Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə141/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

KENGASH RAISI


_____________ I.Qo’ziyev


Kirish
Biznes muloqot Shaxsiy va ijtimoiy muloqotga nisbatan rasmiyligi bilan xarakterlanadi. Har qanday biznesning muvaffaqiyati gʻoyatda yaroqli va samarali muloqotga bogʻliq boʻladi. Bu muloqot tashkilotlar va ishchilarning turli xil guruhlari, biznes egalari va ishchilari, xizmat ta’minotchilari va mijozlar, savdo va tashkilot xodimlari hamda matbuot xodimlari oʻrtasida ham sodir boʻladi. Bu kabi barcha muloqotlar biznesga oʻz ta’sirini oʻtkazadi. Diqqat bilan qilingan bu kabi muloqot biznes manfaatlariga koʻmaklashadi. Aks holda, u tashkilotni nochor ahvolda koʻrsatadi.
Muloqot har qanday tashkilot uchun hayotiy kuch manbaidir. Har qanday tashkilotda asosiy masalalardan biri samarali muloqot jarayonidir.

Fanining maqsadi va vazifasi

Fanni o’qitishdan maqsad – iqtisodiyot sohasida bilimli, zukko, og’zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda iqtisodiy til bilimlarini – soʻz va terminlarni qoʻllash, gap va matnlarni to`g`ri va mantiqli tuzish, nutqiy etiketni va notiqlik mahorati boʻyicha bilim, koʻnikma va malakani shakllantirishdir.


Fanning vazifasi - talabalarni turli masalalarni tahlil etishga, mustaqil fikrlashga, notiqlik, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqiy etiket, nutq tuzish usullari, notiqlik masalalarini, shuningdek, so’z va atamalarni tanlash, matn tuzish va matnni tahrir qilish, matn va hujjatlarni to’g’ri yozishni o‘rganish uchun tayyorlashdan iborat.


Fan bo’yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko’nikma va malakalariga

qo’yiladigan talablar
“Biznes muloqot va akademik yozuv” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

lotin yozuviga asoslangan alifboni va imlo qoidalari, savodxonlik masalalari, oʻzbek iqtisodiyot tilining shakllanishi va rivojlanish xususiyatlari, nutq odobi, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqninig kommunikativ sifatlari to’grisida tasavvurga ega bo’lishi kerak;

mutaxasislikka oid matn, maqolalarni mazmunli va xatosiz yozish, - matnlarning turlari va tuzilishini puxta bilishi, tinish belgilarini to’g’ri qo’llashni, tadqiqotga taqriz yozishni, iqtisodiy terminlarning yasalishi va qoʻllanish usullarini, iqtisodiy so`zlar va birikmalarni toʻgʻri tanlashni, iqtisodiy matnlar tuzishni bilishi va ulardan foydalana olishi lozim;

ilmiy, rasmiy, publitsistik, so`zlashuv uslublariga xos nutqiy faoliyat va etiketni amalga oshirish koʻ nikmalariga ega bo‘lishi kerak;



nutqning tarkibiy qismlari va nutq tuzish usullaridan xabardor bo’lish, aniq, to’g’ri, mantiqiy va ta’sirli nutq tuza bilish, notiqlik mahoratini puxta egallash, nutqning kommunikativ sifatlarini to’g’ri qo’llay olish, notiqlik maktabi va nutq sirlaridan voqif bo`lish, nutqning noverbal vositalarini puxta egallash malakalariga ega boʻlishi kerak.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin