Kredit maqsadi : Issiqxona tashkil qilish.
Urganch 2011y.
1. Rezume “__________”MCHJ yil davomida aholini issiqxona maxsulotlari bilan ta’minlash maqsadida tashkil qilingan.
Texnologik tavsif: Bunda iste’molchilarga ekologik toza va sifatli issiqxona maxsulotlarini yetishtirish va yetkazib berish uchun barcha talablarga javob beradigan issiqxona qurilmasidan foydalaniladi.
Amaldagi xizmat ko’rsatish quvvati: Yiliga ya’ni qish va bahor faslda aholini ekologik toza va sifatli issiqxona maxsulotlari(pomidor,bodring,qalampir,ko’katlar va h.k) bilan muntazam ta’minlash.
Rejadagi ishlab chiqarish hajmi: Kredit orqali jalb qilingan summa orqali yiliga ortacha 40-45 tonna maxsulot iste’molchilarga yetkazib berish orqali foydaga erishish.
Xizmat ko’rsatish ko’lami (hudud): Xorazm viloyat bozori
Umumiy qiymat : Loyihaning umumiy qiymati 15 mln so’m.
Ishchi tarkibi : Kasb – xunar kolleji bitkazuvchilari.
Raqobatchilik: Past bahodagi poliz va sabzavot maxsulotlarini taklif qilgan holda boshqa raqobatchilarni narx borasida ortda qoldirib iste’molchilar ehtiyojini to’laqonli qondirish orqali ushbu sektorni egallash.
Loyihaning o’zini qoplash muddati: Kredit mablag’i – 3 yil
2. Umumiy tavsif “____________”MCHJning ish faoliyatidan ko’zlagan asosiy maqsadi resurslardan oqilona foydalangan holda yangi texnologiyalarni joriy qilib hududdagi iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish. Yuqoridagi maqsadga muvofiq “__________”MCHJ quyidagilarni amalga oshiradi.
Pomidor, bodring, qalampir, ko’katlar va h.k
Maxsulotlarni soyishdan tushgan mablag’ bilan “________”MCHJ faoliyatini kengaytirish, ya’ni sitrus mevalar yetishtirishni tashkil qilish.
Sabzavot yetishtirish issiqxonasi:
Issiqxona maydoni 0.02 ga
Tomchilab sug’orish qurilmasi
Isitish tizimi: quyosh energiyasi, biogaz hamda tabiiy gazdan foydalanish. Elektr isitkich