Foyda:1 kg shirinlikdan olinadigan foyda. Bizning korxonamiz o’rtacha narxda 6000 so’mdan sotishni rejalashtirdik.
1 kg shirinlikdan o’rtacha 1500 so’m daromadni tashkil etmoqda, bundan:
Rahbar hodimlarning oyligi o’rtacha 195000 so’mni tashkil etadi.
Xarajatlardan kelib chiqib korxonaning sof foydasi:
1 kgdan 4500 so’mni tashkil etadi.
1 kunda 300 kgdan 1350000 so’m sof foyda.
1 oyda 351000000 so’m sof foyda.
1 yilda 421200000 so’m sof foyda.
IV. Korxonamizning tashqi muhitga ta’siri. Korxonamizda hech qanday kimyoviy moddalar ishlatilmaydi, kimyoviy chiqindilar chiqarilmaydi va atrof-muhitga zararli tomonlari yo’q. Korxonada faqat tabiiy – toza va hammabop mahsulot ishlab chiqariladi. Mahsulotimizga hech qanday sun’iy narsalar qo’shilmagan. Undan turli xil bayramlarda, to’y-marosimlarida, tug’ilgan kunlarda va boshqa ko’ngil ochar joylarda iste’mol qilish mumkin.
V. Xulosa. Xulosa qilib shuni aytamizki, korxonamiz faoliyatidan tushgan foydani “nogironlar uyiga”, “qariyalar uyiga”, “mehribonlik uyiga”, “kam ta’minlangan oilalar uchun maktab formasi, o’quv qurollari”, “ko’p qavatli uylar oldida suv havzalari, sport maydonchalari”ni qurishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Sifatli mahsulotlarni bozorga olib chiqish va aholini ish bilan ta’minlash orqali yurtimizga foydamiz tegishini hoxlaymiz.