Biznes rejalashtirish fanining predmeti reja biznes-rejaning mohiyati va vazifalari


Biznes-rejaning resurslar bilan ta'minlanganligi



Yüklə 26,83 Kb.
səhifə2/4
tarix22.10.2023
ölçüsü26,83 Kb.
#159855
1   2   3   4
referat 2

Biznes-rejaning resurslar bilan ta'minlanganligi
Ma'lumki, biznes-reja korxona faoliyatining joriy va istiqboldagi strategiyasini amalga oshirish, birinchi navbatda, nimani, qancha va kim uchun ishlab chiqarish vazifasini bajarishga xizmat qilishi lozim. Mazkur ishlab chiqarish strategiyasi, tabiiyki, biznes- rejani tuzish bosqichidaѐq resurslar ta'minoti bilan mustahkamlanishi lozim.Resurslar bilan ta'minlanganlik – biznesning asosiy qoidalaridan biri bo‘lib, mulkchilik qaysi shaklida ekanligidan qat'i nazar majubriy hisoblanadi. Moddiy, mehnat, moliyaviy va texnik-texnologik resurslarsiz mahsulotni ishlab chiqarish jaraѐnining imkoni yo‘qligi ham isbot talab qilmaydigan qoidadir. Shu sababli yangi ѐki joriy ishlab chiqarishni tashkil qtish vazifasi hal qilinaѐtgan har safar resurslar bilan ta'minlaganlik masalasi yuzaga chiqadi. To‘g‘ri, bu vazifani hal qilish metodikasi ko‘p jihatdan resurslar turi, ishlab chiqarish miqѐsi va xarakteriga bog‘liq bo‘ladi.Aytish kerakki, o‘tmishda, iqtisodiѐtda davlat mulki asosiy o‘rinni egallagan, korxonalarni zarur moddiy-texnik va moliyaviy resurslar bilan ta'minlash davlatning vazifasi bo‘lgan paytlarda bu masalar korxonalarning «boshini og‘ritmas» edi. Korxona davlatga qarashli bo‘lganligi sababli davlatning o‘zi uning iqtisodiy barqarorligi, jumladan, uning resurslar bilan ta'minlanganligi uchun javobgar bo‘lgan.Bugungi kunda iqtisodiѐtda vaziyat umuman o‘zgacha. Iqtisodiѐtning asosini mulkchilikning turli shakllari tashkil etadi. Davlat iqtisodiy faoliyat va tadbirkorlik erkinligini, qonunda ko‘rsatilgan hollardan tashqari korxonalarning ishlab chiqarish- xo‘jalik faoliyatiga aralashmaslikni kafolatlaydi, mulkchilikning barcha shakllari tengligi va huquqiy himoya qilinishini ta'minlaydi. Korxona unga tegishli bo‘lgan mulkni o‘z hohishiga ko‘ra boshqaradi. Shu bilan bir paytda u ishlab chiqarishni zarur resurslar bilan ta'minlash masalalarini mavjud qonun-qoidalarni buzmasdan, aylanma vositalarni tovar-moddiy qadriyatlarga aylantirib qo‘ymasdan hal qilishi lozim bo‘ladi.Shuni qayd etib o‘tish joizki, biznes-reja tuzish bo‘yicha, ayniqsa, xorijiy tavsiyalarda ishlab chiqarish rejasi, menejment, moliyaviy va boshqa masalalrni hal qilishda bo‘lgani kabi resurslar ta'minotiga bag‘ishlangan maxsus bo‘lim yo‘q. Biroq biznes- reja korxonaning asosiy qonuni ekanligi har damda eslatib turiladi. Haqiqatdan ham, g‘arb mamlakatlari jamiyatda tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, o‘z fuqarolarida ishbilarmon va tadbirkorlarni ko‘rishdan tashqari ularni bu ishga o‘rgatadi ham.Xorijda va mamlaktaimizda to‘plangan tajribalarning ko‘rsatishicha, har qanday ish, har qanday ishlab chiqarish moddiy, material va boshqa resurslar yetarli bo‘lgan hollardagina rivojlanishi va kutilaѐtgan natijalarni berishi mumkin. shuning uchun ham resurslar, ayniqsa, moddiy resurslar butun yil davomida ishlab chiqarish suratining bir xilligini ta'minlash uchun sifat va miqdor jihatidan yetarli bo‘lishi kerak. Bunda zahiralarning normativdan oshib ketishiga ham yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bu korxonaning pul resurslarini «ushlab» turadi va ularning xo‘jalik aylanmasida ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaydi.Biznesning (tadbirkorlikning) resurslar bilan to‘liq ta'minlanganligi ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida chiqarilaѐtgan mahsulot sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmagan va belgilangan texnologik jaraѐnlarni buzmagan holda moddiy resurslarni tejash bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, korxonaning resurslar ta'minoti sohasidagi siѐsatiga resurslarni tejash siѐsati hamkorlik qilishi lozim bo‘lib, bu bozor munosabatlaridan tashqari ayrim resurs turlarining taqchilligi va to‘liq emasligi bilan ham asoslanadi.Moddiy resurslarni tejashning asosiy yo‘nalishlari sifatida amaliѐtda quyidagilardan foydalanish mumkin:
• yo‘qotish va chiqitlarni kamaytirish;
• brakni yo‘qotish;
• xom-ashѐ va materillar sarflashning progressiv usullarini ishlab chiqish;
• yangi texnologiyalarni joriy qilish;
• o‘rnini bosuvchi moddalarni qo‘llash, ikkilamchi xom-ashѐdan foydalanish va hokazo.
Biznesning rivojlanishi, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish bilan birga investisiyalar ham muhim ahamiyat kasb etdai. Investisiyalar yangi korxona yaratish uchun ham, mavjud korxonani rivojlantirish uchun ham kerak bo‘ladi. Bugungi sharoitlarda chet el investisiyalarini jalb qilishning ahamiyati katta bo‘lib, ular respublikaning asosiy kapitaliga, jumladan, korxonalarga kiritiluvchi mablag‘lar miqdorini oshirishda bilan birga ishlab chiqarishni modernizasiyalash, zamonaviy raqobatbardosh mahsulot turlarini chiqarish va ularni jahon standartlari talablariga yetkazishga imkon beradi.Biznesni (tadbirkorlikni) resurslar bilan ta'minlash oddiy va bir zumda yechiladigan masala emasligi shubhasiz, albatta. U korxonaning ishlab chiqarish dasturi va marketing rejasini ishlab chiqish bilan bir paytda hal qilinishi lozim. Korxona xodimlarining malakasi va mahorati bu ishda yetakchi rollardan birini o‘ynaydi. Resurslar bilan ta'minlanganlik korxona biznes-rejasining muhim bo‘limi bo‘lib, iqtisodiy, texnik, tashkilotchlik va boshqa bilimlarni talab qiladi.

Yüklə 26,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin