Biznes rejaning asoslanganligi va ishonchliligi


Rejalashtirilayotgan biznesni sug’urtalash



Yüklə 32,94 Kb.
səhifə3/5
tarix23.02.2023
ölçüsü32,94 Kb.
#85295
1   2   3   4   5
biznes reja

5.3. Rejalashtirilayotgan biznesni sug’urtalash


Sug’urtalash – bozor infratuzilmasining muhim elementi bo’lib, fuqarolarning va xo’jalik subyektlarining mulkiy manfaatlarini himoya qilishi ko’zda tutiladi. Sug’urtalash sug’urtalovchining manfaatlarini uchinchi shaxslar e’tirozlaridan hamda bu shaxslarning o’z manfaatlarini ham himoya qiladi, chunki sug’urtalovchining moddiy imkoniyatlaridan qat’iy nazar etkazilgan zararni qoplash kafolatlanadi.

Sug’urtalashni huquqiy jihatdan tartibga solish har bir mamlakatda davlat tomonidan belgilab qo’yiluvchi qonun va qoidalarga asosan amalga oshiriladi. Masalan, Frantsiyada uch qismdan iborat bo’lgan Sug’urta kodeksi mavjud. Uning birinchi qismida qonun normalari, ikkinchi qismida hukumat qarorlari mavjud bo’lsa, uchinchi qismi boshqa ma’muriy idoralarning ko’rsatmalaridan iborat.

Buyuk Britaniyada sud jarayonlari sug’urta huquqining manbai hisoblanadi. AQSHda ham shunday holatni kuzatish mumkin. Shveytsariyada esa sug’urta huquqining asosiy manbai 1908 yilda qabul qilingan va keyinchalik ma’lum bir o’zgartirishlar kiritilgan «Sug’urta shartnomasi to’g’risida»gi qonun hisoblanadi. Rossiyada sug’urta munosabatlari avvalo Fuqarolik kodeksi hamda 1997 yil 31 dekabrda qabul qilingan «Rossiya Federatsiyasida sug’urta ishini tashkil etish to’g’risida»gi qonun bilan tartibga solinadi.

Sug’urtalash O’zbekistonda ham rivojlanmoqda. Mustaqillik qo’lga kiritilgandan so’ng, 1993 yilning mayida «Sug’urtalash to’g’rsida»gi qonun, 2002 yilning aprelida esa o’z tarkibi va bajaruvchi vazifalari bo’yicha jahon standarti talablariga yaqinlashgan «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Respublikamiz sug’urta tizimini bugungi kunda «O’zbekinvest» Milliy sug’urta kompaniyasi, «Kafolat» davlat-aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasi, «Madad» sug’urta kompaniyasi va boshqalar namoyon qiladi.

Sug’urtalash maxsus fan sohasi va xo’jalik amaliyoti bo’lganligi sababli bu erda sug’urtalashning tizim sifatidagi mohiyatiga chuqur kirib bormaymiz. Sug’urtalashni faqat biznesni qo’llab-quvvatlash hamda uni tabiiy ofatlar, iqtisodiy nobarqarorlik, uchinchi shaxslarning aybi kabi sabablar bilan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotish va zararlarning oldini olish imkoniyati sifatida ko’rib chiqamiz, xolos.

Biznes, ishlab chiqarish yoki faoliyatning boshqa bir turi, ayniqsa katta miqdorda moddiy va moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan bog’liq bo’lishi doim ham muvaffaqiyat yoki yutuqning garovi bo’la olmaydi. Bu ma’lum darajada tavakkalchilik ham bo’lib, biznes tili bilan aytganda, oldindan sug’urta qilinishi lozim.

Biznes va tadbirkorlik odatda sug’urta obyekti bo’lmaydi. Sug’urta tizimi butun dunyoda asosan uch yo’nalishni nazarda tutadi: shaxsiy sug’urta, mulk sug’urtasi va javobgarlikni sug’urtalash. Biznes sohasida moddiy qadriyatlar, mulk va yuk, depozitlar, tijorat tavakkalchiliklari va boshqalar sug’urta obyekti vazifasini bajaradi.

Tavakkalchiliklar, ularni baholash va bashorat qilish bilan bog’liq masalalar biznes-rejani tayyorlashda ham, kelgusida uni amalga oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, investorlar, bankirlar va boshqa kreditorlar odatda korxona yoki tadbirkor oldida ishlab chiqarishni tashkil etishda qanday muammolar vujudga kelishi va ular bunday vaziyatlardan qay tariqa chiqib ketishini bilishni istaydilar. Buni baholash odatda muayyan faoliyat turiga yoki bugungi til bilan aytganda mo’ljallanayotgan biznes-loyihaning miqyosiga bog’liq bo’ladi.

Sug’urtalash majburiy tarzda ikki tomonning – sug’urtachi va sug’urtalanuvchining ishtirok etishi, shuningdek, belgilangan sug’urta badalini nazarda tutishi sababli sug’urtalanuvchi, bizning holatda korxona yoki tadbirkor tomonidan, bu ishning barcha jihatlarini chuqur o’ylab ko’rish lozim bo’lib, bu badallar asosida kelgusida umumiy sug’urta jamg’armasi shakllanadi. Xususan, quyidagilarni amalga oshirish zarur:

  • vujudga kelishi mumkin bo’lgan barcha tavakkalchiliklarni aniqlash;


  • har bir tavakkalchilikning vujudga kelish ehtimolini aniqlash;


  • ular natijasida etkazilishi mumkin bo’lgan zarar miqdorini hisoblash;


  • ularni vujudga kelish ehtimoli bo’yicha ajratish;


  • yo’l qo’yish mumkin bo’lgan tavakkalchilik darajasini belgilash va vujudga kelish ehtimoli ushbu chegaradan past bo’lgan barcha tavakkalchiliklarni bir chetga surib qo’yish.



Yüklə 32,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin