Biznes rejaning asoslanganligi va ishonchliligi



Yüklə 32,94 Kb.
səhifə5/5
tarix23.02.2023
ölçüsü32,94 Kb.
#85295
1   2   3   4   5
biznes reja

Moliyaviy, innovatsion, ijtimoiy va boshqa tavakkalchilik turlari.

Qisqa xulosalar


Biznes-reja – korxonaning muhim hujjati bo’lib, uni tayyorlash ko’p vaqt va xodimlarning ishtirokini talab qiladi. Shu sababli biznes-rejani ishlab chiqish jarayoni korxona rahbariyati tomonidan ma’lum ma’noda boshqarilishni talab qiladi.

Biznes-rejani ishlab chiqarishga rahbarlik qilish mos ravishda javobgarlik va mas’uliyatni ham anglatadi. Bajarilgan hisob-kitoblar, ko’rsatkichlar va biznes-reja tarkibining ishonchliligi uchun asosan korxona rahbari javobgar hisoblanadi.

Biznes-rejani tayyorlashni samarali boshqarishdan uni tayyorlash uchun eng kam vaqt sarflanishi dalolat beradi. Eng optimal variant – rejadagi yangi yil boshiga biznes-rejaning tayyor bo’lishidir.

Biznes-rejaning resurslar bilan ta’minlanganligi ushbu hujjatning muhim bir talabi va shu bilan bir paytda uning hayotiyligini aks ettiruvchi ko’rsatkich hamdir. Bu erda rejadagi davr uchun mahsulot ishlab chiqarishda qachon, qancha va qanday resurslar talab qilinishi va ularni qoplash manbalarini aniqlash kabi masalalar hal etilishi lozim.

Korxona bozor subyekti sifatida hozirgi sharoitlarda istasa-istamasa biznes va tadbirkorlik bilan bog’liq bo’ladi. Bozor talabi korxona faoliyatini o’lchab turuvchi o’ziga xos «barometr» vazifasini bajaradi. Bu esa korxonani o’z biznesini sug’urtalash, ayniqsa, tijorat, moliyaviy va boshqa bir qator tavakkalchiliklarning oldini olishni talab qiladi.


Muhokama va nazorat savollari


  1. Biznes-rejani ishlab chiqish jarayonini boshqarish qaysi elementlardan tarkib topadi?


  2. Biznes-rejani ishlab chiqish jarayonini boshqarishda bajariluvchi asosiy vazifalarni sanab bering?


  3. Biznes-reja qanday talablarga javob berishi lozim?


  4. Biznes-rejani ishlab chiqishni o’z vaqtida amalga oshirishning ahamiyati nimada?


  5. Biznes-rejaning resurslar bilan ta’minlanganligi deganda nimani tushunasiz?


  6. Moddiy resurslarni tejashning asosiy yo’nalishlarini tushuntiring.


  7. Biznes-rejaning asoslanganligi va ishonchliligi uchun kim javob beradi?


  8. Sug’urtalashning biznesga qanday aloqasi bor?


  9. Biznesda sug’urtalashning maqsadi va asosiy yo’nalishlarini aytib bering.


  10. Tavakkalchilik nima va uning biznesga ta’sirini qanday hisobga olinadi?



Yüklə 32,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin